3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari asoslarini 
joriy etish tajribasiga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, robototexnika oʻquv mazmunining, birinchi 
navbatda, informatika fanining yangi va juda muhim elementiga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, 
robototexnikani joriy etish ikki jihatdan amalga oshiriladi: oʻrganish predmeti va oʻqitish vositasi sifatida. 
Umumiy oʻrta ta'lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida sinfdan tashqari ta'limni joriy etish muhimligini 
inobatga olgan holda “Robototexnika” toʻgaraklari faoliyatini tashkillashtirish zamonaviy ta’limning asosiy 
omillaridan biri hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda robototexnika elementlari “Informatika va axborot texnologiyalari” va “Texnologiya” 
umumta’lim fanlarida oʻrganilmoqda. Oʻqitish vositasi sifatida robototexnika imkoniyatlari hali toʻliq koʻrib 
chiqilmagan. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar orqali robototexnikani oʻrganish bu muammoni hal qilishga 
yordam beradi. 
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining yangi Davlat ta’lim standartlarida ta’lim muassasalari faoliyatiga 
alohida urg‘u berilgan boʻlib, u sinf-dars tizimidan “chiqib ketishni”, sinfdan tashqari ishlarning rolini 
oshirishni taklif qiladi, bu bolaning oʻz-oʻzini anglashi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi va har bir 
oʻquvchining ijodiy rivojlanishini, innovatsion idrok etishini, turli yangi loyihalarni tafakkur qila olishini 
ta’minlashga qaratilgan. Davlat ta’lim standartining konsepsiyasiga binoan, sinfdan tashqari ishlar, majburiy 
fanlar doirasidagi ta’lim faoliyati bilan birgalikda oʻquvchilarda DTSda bayon qilingan ta’lim natijalariga 
erishishga yordam beradi. 
“Robototexnika” toʻgaraklarini tashkil qilishda virtual didaktik vositalardan foydalanish yuqori samara 
beradi. Virtual didaktik muhitning potensialini, fikrimizcha, uni erkin va faol shaxsning oʻzini oʻzi 
rivojlantirish uchun ijodiy muhit deb ta’riflash bilan cheklanib boʻlmaydi. Virtual didaktik muhitda interfaol 
mustaqil ta’lim olishning didaktik tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya samaradorligi va 
tabiatning muvofiqligi nuqtayi nazaridan ta’riflash biz uchun juda muhimdir, shuningdek, didaktikaning 
asosiy tamoyiliga rioya qilish: “rivojlanish va ta’lim hech kimga berilmaydi yoki yetkazilmaydi. Biror 
narsani oʻrganishni istagan har bir kishi bunga oʻz faoliyati, oʻz kuchi va oʻziga xos yuklanishi orqali 
erishishi kerak. Shuning uchun mustaqillik ta'lim vositasi va shu bilan birga natijasi hamdir”. Virtual 
didaktik ta’limda interfaol mustaqil ta'lim olishning yuqori darajasini ta’minlaydigan eng muhim didaktik 
shartlar quyidagilardir:
- oʻquv materiallarini taqdim etishda oʻzgaruvchan yondashuvni amalga oshirish;
- oʻquv ma’lumotlarini hissiy qabul qilish darajasini oshirish;
- har xil mustaqil ishlarni bajarish orqali oʻrganish uchun motivatsiya darajasini oshirish;
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish