• 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
  • ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg’ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet185/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg’ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil 
    fikrlash, ijodiy fikr maxsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda toʻg’ri, ravon 
    ifodalash koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim” [2]. Demak, ona tili 
    ta’limining bosh maqsadida asosiy e’tibor oʻquvchining tafakkuriga, ijodiylik, mustaqil fikrlash urug’ini sepa 
    olish va ijodiy fikrlash mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda toʻg’ri, ravon 
    ifodalashni uddalay olishga oʻrgatish masalasi qoʻyilar ekan, demak, mazkur muddaoning uch tomoniga 
    asosiy e’tiborni qaratishimiz lozim:
    1) oʻquvchini ijodiylik, mustaqil fikrlashga oʻrgatish; 
    2) oʻquvchini toʻg’ri, ravon, asosli, mantiqli soʻzlay olishga oʻrgatish; 
    3) oʻquvchini toʻg’ri, ravon, asosli, mantiqli yoza olishga oʻrgatish.
    Ona tili ta’limining bosh maqsadini amalga oshirish uchun “Ona tili” dasturida “5-sinf oʻquvchilari 
    oʻzlashtirishi kerak boʻlgan zaruriy bilimlar” silsilasi quyidagicha belgilangan: 
    Tilning kishilik jamiyati hayotidagi ahamiyati. Oʻzbek tilshunosligi, oʻzbek adabiy tili, oʻzbek xalq 
    shevalari, turkiy tillar oilasiga mansubligi, til va yozuv, tilning paydo boʻlishi, tillar oʻrtasidagi 
    munosabatlar, dunyo tillari, yozma adabiy nutq, og’zaki adabiy nutq. Oʻzbek tilshunosligi: asosiy boʻlimlar.
    “Davlat tili haqida”gi Qonunning tarixiy va ijtimoiy ahamiyati.
    Sintaksis. Soʻz birikmasi, gap, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari (darak gap, soʻroq gap, buyruq 
    gap, his-hayajon gap) gap boʻlagi. Gapning bosh boʻlaklari: ega, kesim.
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    139 
    Sodda gap, yig’iq sodda gap, yoyiq sodda gap. Gapning ikkinchi darajali boʻlaklari: toʻldiruvchi, 
    aniqlovchi, hol. Tinish belgilari, koʻchirma gap. 
    Uyushiq boʻlakli gaplar. Undalma.
    Fonetika. Toʻg’ri talaffuz (orfeopiya). Grafika, imlo. Nutq a’zolari. Nutq tovushlari va harflar, harf 
    birikmalari. Unli va undosh tovushlar. Jarangli va jarangsiz undoshlar. Soʻzda tovushlarning almashinishi. 
    Unli va undosh tovushlar imlosi.
    Ochiq va yopiq boʻg’in. Boʻg’in koʻchirish qoidalari. Soʻzni boʻg’inlarga ajratish. Soʻz urg’usi va 
    mantiqiy urg’u.
    Grafik: alfavit, soʻz oxiri, bosh harf, tutuq belgisi, koʻchirish belgisi, harflar birikmasi, qator kelgan bir 
    xil kelgan undosh harflar, oʻzbek tili imlosining asosiy tamoyillari, imlo qoidalari.
    Oʻzbek tilining soʻz boyligi. Lug’atning asosiy boyish manbalari. Soʻz ma’nosi, lug’aviy ma’no, bir 
    ma’noli soʻzlar. Soʻzning bosh ma’nosi. Soʻzning oʻz va koʻchma ma’nosi. Soʻzning oʻz va ma’noda 
    qoʻllanishi - borliqni aniq va ramziy ifodalash vositasi sifatida. Sinonim (ma’nodosh), uyadosh soʻzlar, 
    antonim (zid ma’noli), omonim (shakldosh) va paronimlar. Iboralar, ularning lug’aviy ma’nosi, uslubiy oʻrni 
    va nutqdagi vazifasi.
    Izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati.
    Lug’at va lug’atlarning turlari.
    Oʻzbek tilining imlo lug’ati. Oʻzbek tilining izohli lug’ati. Oʻzbek tilining sinonimlar lug’ati. Oʻzbek 
    tilining anonimlar lug’ati. Oʻzbek tilidagi iboralar.
    Morfologiya. Soʻz tarkibi. Oʻzak. Soʻz yasalishi. Yasovchi asos. Soʻzning oʻzak qismlari. Oʻzakdosh 
    soʻzlar. Qoʻshimchalarning turlari: soʻz yasovchi, soʻz shaklini hosil qiluvchi, soʻz oʻzgartiruvchi 
    qoʻshimchalar.
    Soʻzlarning turkumlarga boʻlinish mezonlari. 
    Mustaqil soʻz turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish). 
    Yordamchi soʻz turkumlari (bog’lovchi, koʻmakchi, yuklama, undovlar, modal soʻzlar, taqlid soʻzlar).
    Ot, uning lug’aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintaktik vazifasi. Otning ma’no turlari. Atoqli 
    otlarning uslubiy qoʻllanishi. Otlarda son shakllari. Koʻplik qoʻshimchasi. Turlanish. Kelishiklar. Egalik 
    qoʻshimchalari. Otlarning tuzilish jihatdan turlari (sodda, juft, qoʻshma va qisqartma otlar). 
    Fe’l, uning lug’aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintaktik vazifasi. Boʻlishli va boʻlishsiz fe’l. 
    Fe’lning tuslanishi. Fe’l zamonlari. Oʻtgan zamon, hozirgi zamon, hozirgi-kelasi zamon, kelasi zamon 
    fe’llari. Koʻmakchi fe’llar.
    Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, 5-sinf oʻquvchilariga bolalar oʻrta umumta’limda oʻrganishi zarur 
    boʻlgan kompleks bilimlarning ibtido koʻrinishi beriladi. Ammo, bu oʻquvchilar xotirasini nazariy bilimlar 
    bilan toʻldirish degani emas. Zero, bu borada DTS talablari quyidagicha:
    5-sinf oʻquvchilarining egallashi zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar: soʻz va soʻz shakllarini imlo qoidalari 
    asosida toʻg’ri yoza olish.
    Til birliklari, uning muhim belgilarini, ma’nosi va qoʻllanishini izohlay olish.
    Nutq tovushlari bilan harfni, unli va undosh tovushlarni, jarangli va jarangsiz undoshlarni, umumxalq 
    soʻzlari bilan qoʻllanish doirasi cheklangan soʻzlarni, soʻzlashuv leksikasi bilan kitobiy leksikani, soʻzlarning 
    turlanishi va tuslanishi bilan soʻzlarning egalik qoʻshimchalarini olib oʻzgarishi, soʻzning lug’aviy va 
    grammatik ma’nolarini, tub soʻzlar bilan yasama soʻzlarni: sodda, qoʻshma va juft soʻzlarni, soʻz 
    turkumlarini, mustaqil soʻz bilan yordamchi soʻzni, soʻz bilan soʻz birikmasini, sodda gaplarning turlarini, 
    gap boʻlaklarini, sodda gap bilan qoʻshma gapni oʻzaro farqlay olish. 
    Fonetik, lug’aviy, leksik, morfologik jihatdan qisman sintaktik tahlil qila olish. 
    Grammatik atamaga asoslanib grammatik vositani va qoidani, grammatik vositaga asoslanib 
    grammatik atama va qoidani eslay olish.
    Matn yaratish darajasida gap tuza olish, mustaqil gaplarni oʻzaro bog’lay bilish, gapda soʻz tarkibini 
    toʻg’ri belgilay olish.
    Tinish belgilaridan (undalmali gaplarda) uyushiq boʻlaklarda, ajratilgan izoh boʻlaklarda, 
    undalmalarda va qoʻshma gap qismlarini bog’lashda, koʻchirma gapda, dialogda toʻg’ri foydalana olish.
    Grammatik atama va tushunchalardan, qoida va ta’riflardan matn yaratish jarayonida foydalana olish. 
    Turli xil lug’atlardan foydalana olish. Oʻrganilgan gap qurilishlariga mos keladigan matn yaratish. 
    Darak, soʻroq, buyruq gaplarni, uyushiq boʻlakli, ajratilgan izoh boʻlakli, qoʻshma va koʻchirma 
    gaplarni ifodali oʻqiy olish.
    Unli va undosh tovushlarni orfoepiya qoidalariga muvofiq toʻg’ri talaffuz qilish.
    Nutqda sinonim, omonim, antonim va uyadosh soʻzlardan oʻrinli, uslub talabiga koʻra toʻg’ri 
    foydalanish.
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg’ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish