• Tarqatma material namunasi
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
  • Tarqatma material namunasi




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet188/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Tarqatma material namunasi 
    Sen gulsen-u men faqir bulbuldurmen, 
    Shu’lasen-u shu’lag’a men quldurmen. 
    Nisbat yoʻqdir deb ijtinob aylamakim, 
    Shohmen elg’a, vale seng’a quldurmen. (Z.M. Bobur) 
    Tarqatma material namunasi 
    Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila, 
    Aylamak boʻlmas ado, oning haqin yuz ganch ila. (Alisher Navoiy) 
    Tarqatma material namunasi 
    Yashash soatining oltin kapgiri
    Har borib kelishi bir olam, zamon. 
    Koinot shu damda oʻz kurrasidan
    Yasab chiqa olur yangidan jahon. (G’. G’ulom) 
    Oʻquvchi “Zid ma’noli soʻzlar” oʻquv lug’atidan quyidagi siralarni topadi:
    1. Faqir – boy, badavlat, davlati, davlatmand (12-bet). 
    2. Shu’la soʻzi “Zid ma’noli soʻzlar” oʻquv lug’atida berilmagan, bu oʻrinda oʻquvchiga “OʻTIL” 
    yordamga keladi: shu’la soʻzining ma’nodoshlari - yorug’lik, nur, oydinlik kabilarni topadi va “Zid ma’noli 
    soʻzlar” oʻquv lug’atidan ulardan birini izlaydi: yorug’lik - qorong’ilik (33- bet). 
    3. Qul - podsho, podshoh, shoh, hoqon, elig. 
    4. Yoʻq - bor, mavjud va b. 
    Oʻqituvchi tarqatma materialni har bir oʻquvchi alohida tayyorlaydi yoki sinf oʻquvchilarini kichik 
    guruhchalarga bajartirishi ham mumkin. Bunda oʻquvchi jamoa boʻlib, hamkorlikda ishlashga odatlanadi [9]. 
    Tabiiyki, bolalarning oldida maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan Qomus, izohli lug’at hamda 
    antonimlar lug’ati [10] boʻlishi talab etiladi.
    https://buxdu.uz


    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    142 
    Asosiysi, bola mustaqil ishlash, oʻzi izlab topish, saralash, oʻxshash va farqli jihatlarni ajratish, amalda 
    qoʻllay olish imkoniyatiga ega boʻladi.
    Yoki shu sinfda “Fonetika. Grafika” sathini oʻqitishda ham oʻquv lug’atlaridan foydalanish oʻrinli va 
    foydalidir.
    3-namuna 
    Unlilar talaffuzi va imlosi. Sinf oʻquvchilari oltita kichik guruhga boʻlinadi va har bir kichik guruhga 
    oʻquv topshirig’i alohida beriladi. Ya’ni, 
    1-guruhgacha -/i/ unlisi ustida ish (bu toush talaffuzini boshqa tovushlar bilan qiyoslash, turli 
    qurshovlarda kelishi va bu qurshovda talaffuz xususiyatlar, /u/ sifatida talaffuz etilib /i/ yoziladigan soʻzlarga 
    misollar topish, birinchi boʻg’inda /oʻ/, ikkinchi boʻg’inda /i/ tovushli soʻzlar talaffuzi va imlosi. /i/-/e/, /i/-
    /u/, /i/-/a/ bilan farqlanuvchi soʻzlar topish v.h.),
    2-guruhgacha -/e/ unlisi ustida,
    3-guruhgacha -/a/ unlisi ustida, 
    4-guruhgacha -/u/ unlisi ustida, 
    5-guruhgacha -/oʻ/ unlisi ustida, 
    6-guruhgacha -/o/ unlisi ustida ishlash topshirig’i beriladi. Bunda sinf oʻquvchilari imlo oʻquv 
    lug’atidan foydalanadilar. Oʻquvchilarga topshiriqni bajarishlari uchun darsning 7-8 daqiqasini ajratgan 
    ma’qul. 
    Oʻquvchilar berilgan topshiriqni bajarish asnosida oʻzlariga tushgan unli bilan boshlanuvchi 
    soʻzlarning deyarli barchasini imlo oʻquv lug’atidan topadilar, talaffuz qilib koʻradilar. Ular qaysiki, soʻzlar 
    sirasida alifbo tartibida ular izlayotgan nutq tovushining harfiy ifodasini topsalar, albatta, ularni talaffuz etib 
    koʻradilar va imlosi hamda talaffuzi boshqa soʻzlarni ajratishga erishadilar.
    Xulosa. Oʻquv lug’atlariga boʻlgan talabning oshayotgani maʼlum. Turmush tarzi, hayot surʼatlarining 
    oʻzgarishi birinchi navbatda tilda aks etadi. Bugun yangi tushunchalar, nomlar paydo boʻldi, ichki va tashqi 
    imkoniyatlar asosida tilimiz leksikasi keskin boyidi. Koʻpgina tushunchalar iqtisodiy-siyosiy, maʼnaviy-
    madaniy jihatdan eskirdi, talaygina soʻzlar isteʼmoldan chiqib bugungi avlod uchun izohtalab boʻlib qoldi. 
    Bundan 15-20 yil avval maktab darsliklarida lug’at deyarli ilova qilinmas edi. Endilikda har bir maktab, 
    litsey, kasb-hunar kolleji uchun yaratilgan darsliklarning soʻngida, hatto baʼzan har bir boʻlim oxirida 
    lug’atlarga koʻzimiz tushadi. Bu lug’atlarning tabiiy ravishda taʼlimning tarkibiy qismiga aylanib 
    boʻlganligidan dalolat bermoqda. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish