• Muhokamalar va natijalar.
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet186/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    140 
    Imlo lug’atidan va ikki tilli lug’atlardan, izohli va boshqa lug’atlardan foydalanish.
    Uyadosh soʻzlarga misollar keltira olish.
    Atamalar va soʻzlarni uslubiga xos soʻzlarni ajrata olish, ular orasidagi ma’noviy farqlarni aytib bera 
    olish [3]. 
    DTS talablaridan koʻrinib turibdiki, 5-sinf oʻquvchisi “turli xil lug’atlardan”, ya’ni “imlo lug’atidan va 
    ikki tilli lug’atlardan, izohli va boshqa lug’atlardan foydalanish” qobiliyatiga ega boʻlishi zarur. Buning 
    uchun oʻrta umumta’lim maktablarining har bir ona tili mashg’ulotida oʻqituvchi oʻquvchida oʻquv 
    lug’atlaridan oʻrinli va samarali foydalanish malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishi, rivojlantirib 
    borishi, bu ona tili ta’limi maqsadining roʻyobini ta’minlashda poydevor vazifasini oʻtaydi.
    Xoʻsh, oʻquv lug’atlaridan 5-sinf ona tili mashg’ulotlarida qanday foydalanish mumkin?
    Odatda, oʻqituvchilarimiz ona tili mashg’ulotlarida, asosan, darslikdan foydalanadilar. Oʻquv dasturi 
    asosida tuzilgan darslik ta’lim mazmunini aks ettiruvchi oʻquv materiali, uning oʻquvchi tomonidan 
    oʻzlashtirish usullari, oʻquvchi uchun zarur hisoblangan tahlil, umumlashtirish uchun material, oʻquv 
    materiallari mazmunini uyg’unlashtiruvchi qonuniyatlarni oʻz ichiga oladi. Darslik – ta’lim oluvchi uchun 
    ma’lum miqdordagi bilimlarni, malaka, koʻnikma, odatlarni oʻziga singdirishga moʻljallangan manba. 
    Ammo, faqat darslik bilan ishlash tom ma’nodagi ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga 
    toʻsqinlik qiladi [4]. 
    Muhokamalar va natijalar. Darslikda beriladigan oʻquv topshiriqlari oʻquvchining mustaqil izlanishi 
    uchun yoʻllanmalar berganda, ularning axborot banklariga doimiy ehtiyojini qondirganda, ijodiy faoliyatga 
    undagandagina ta’lim maqsadiga muvofiq kelishi mumkin. Shuning uchun darslik bilan dasr davomida 
    oʻquvchi bajarishi nazarda tutilgan topshiriqlar tizimi va zaruriy oʻquv materialini aralashtirmaslik lozim. 
    Biz darslik deganda, mavzu talqini, oʻquv materiali, oʻquvchi bajarishi lozim boʻlgan mashq, masala, 
    topshiriqlar tizimi oʻz ichiga olgan majmuani tushunamiz. Haqiqiy ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish va 
    rivojlantirishga moʻljallangan darslik bugungi kunda mavjud boʻlgan darsliklardan farq qilishi lozim. 
    Demak, ta’limning yangi maqsadiga erishish uchun yangi tipdagi darsliklar zarur. Ijodiy tafakkur sohibini 
    shakllantirish uchun oʻquv materiali darslik materiallaridan ancha keng boʻlishi talab etiladi. 
    Jumladan, ona tilidan darsliklar oʻquvchilarga xilma-xil lug’atlar (axborot banklaridan), qomuslar, 
    ma’lumotnoma (spravochnik)lardan, maktabda oʻqitiladigan boshqa oʻquv predmetlari boʻyicha olgan 
    bilimlari va ma’lumotlaridan, tajribali kishilar (oʻquvchilarning yaqinlari)dan qoʻshimcha material olishga, 
    bu – darslikda berilmagan material ustida ijodiy ishlar tizimini loyihalashtirgan taqdirdagina koʻzlagan 
    maqsadiga erisha oladi.
    Oʻqituvchi darslikda berilmagan materiallar hisobidan har bir darsda oʻtiladigan oʻquv materiallarini 
    kengaytirgan holda oʻquv-biluv jarayonini loyihalashtirishi kerak. Ta’limning yangi maqsadiga erishish 
    yangi tipdagi darsliklarni taqozo qiladi. Bunday darsliklar yordamida tadbirkor, axborot manbalarini chuqur 
    biladigan, undan oʻziga kerakli ma’lumotlarni tez topa oladigan, bulardan oʻzi yashab turgan muayyan 
    sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan faol shaxsni yetishtirish imkonini beradi. 
    Shuning uchun yangi darsliklar mashq, masala, qoida yoki aksiomalar majmuasidan emas, balki oʻquv 
    topshiriqlari tizimidan iborat boʻlmog’i kerak [5]. Masalan, 5-sinf “Ona tili” dasturida “Ma’nodosh 
    soʻzlar”ning oʻqitilishiga 3 soat vaqt ajratilgan. Darslikda “Eslab qoling” rukni ostida 3 ta qoida, 14 ta mashq 
    (505-518-mashqlar) hamda 3 ta topshiriq berilgan [6]. Qoidalarda ma’nodosh soʻz deb nimaga aytiladi, 
    ma’nodosh soʻzlar qatorida bosh soʻz (dominant) nima, uslubiy ma’nodoshlarda ijobiy hamda salbiy boʻyoq 
    nimaligi toʻla yoritib berilgan. Berilgan mashqlar qoidadagi misol-namunalarni takrorlashdan iborat boʻlib 
    qolgan.
    Bizningcha, darslikda mavzu quyidagi algoritmda berilishi muhim: 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish