European science international conference:
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS
273
BOSHLANG’ICH SINFLARDA BAYONLARDAN FOYDALANISH
Isomiddinova Umida Fazliddinovna
Farg’ona viloyati Bag’dod tumani
38-umumiy o’rta ta’lim maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ijodiy tafakkur sohibini, ya’ni o’sayotgan, rivojlanayotgan va tarqqiyot sari yuz
tutayotgan mamlakatimiz uchun zarur bo’lgan ijodiy va mustaqil fikrlay oladigan
shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish biz muallimlar oldida turga eng muhim va
dolzarb vazifa hisoblanadi.
Abu Nasr Farobiyning “Ta’lim tarbiya berish usullari” asarida “Bilim, ma’rifat
yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli,yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning
uchun ta’lim jarayonini o’qituvchi tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, boshqarilishi va
ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim”,- degan fikri boshlang’ich sinflarga ona tili
o’rgatishda ham asosiy bosh mezon vazifasini o’taydi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida O’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish
o’qituvchidan yuqori pedagogik mahorat talab etadigan muhim va asosiy ish
turlaridan biridir. Bayon bolalarda adabiy nutqning to’g’ri shakllanishiga yordan
beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy estetik jihatlarini tarbiyalaydi, tilga
sezgirlikni oshiradi.
Bayon o’qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan
so’ng qayta hikoyalashdir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon
yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoya qilishga nisbatan murakkabroq
faoliyatdir.Bundan tashqari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozish sur’ati sekin
shunga ko’ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomonidan ham
mos matn tanlanadi.
Bolalarda o’z fikrini mustaqil yozishga, o’qilgan matnni qayta hikoya qilishga
o’rgatishni iloji boricha erta boshlash ma’qul.Buning uchun o’quvchilar og’zaki
hikoya qilayotganda qo’llangan alohida so’zni yozishdan gapni yozishga, so’ng
matnning qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan matn
asosida bayon yozishga o’rgatiladi.
Bayon uchun tanlangan matnni o’quvchilar bir ikki marta o’qiydilar;
bolalarning matn mazmunini to’g’ri tushunganliklarini aniqlash, o’qilgan matnni
uning g’oyaviy mazmunini qismlari orasidagi bog’lanishni to’liq bilib olishga
qaratilgan suhbat o’tkaziladi, matn rejasi tuziladi lug’at ishi o’tkaziladi, muhimroq
sintaktik tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim
gaplar, hatto matn qismlari tuzdiriladi, o’quvchilar bayon matnini mustaqil
yozadilar, o’qituvchi esa ular ishini kuzatadi, O’qituvchi sinfdagi boshqa
o’quvchilarga halaqit bermay ayrim bolalarga individual yordam beradi: bolalar
yozgan bayonlarini o’zlari tekshiradilar.
O’quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni
bayon matniga qiyoslash maqsadga muofiq bo’lib, bu ish mazmunda va bolalar
bayoni tilida yo’l qo’yilga xato va kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi
European science international conference:
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS
274
Bayon o’tkazishda o’quvchilar matn mazmunini qanday
tushunganliklari, o’z fikr va tushunchalarini ijodiy va mustaqil ifodalaganlari, yozma
nutq malakasi va savodxonligi sinab ko’riladi.
Bayon uchun matn tanlashda esa o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
1.Bayon turi o’quvchilarning kuchiga qarab belgilanadi.
2. Matnlar mazmuni o’quvchilar uchun mos bo’lishi shart.
3.Bayon ustida ishlash o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishga
qaratilgan mashg’ulotlarning boshqa turlari bilan chambarchas bog’langan bo’lishi
zarur.
Boshlang’ich sinf ona tili dasturiga ko’ra 3-sinfda 40-60 so’zdan iborat matnning
mazmunini jamoa bo’lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish ko’zda tutiladi.
O’quv yilining 1- yarmidan yoziladigan bayonlar rejasi asosan o’qituvchi
yordamida tuziladi, 2- yarim yildan mustaqil reja tuzish talab etiladi.
Bunda dars quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1.O’qituvchi bayon matnini o’qib beradi, mazmun yuzasidan savol-javob
o’tkazadi.
2. O’quvchilar reja tuzishga kirishadilar, qiynalsalar, hikoya 2 marta o’qib
beriladi.
3. O’quvchilarning tuzgan rejasini taqqoslash: 1-o’quvchi o’qiydi, qolganlar o’z
rejalarini taqqoslaydilar.
O’quvchilar tuzgan rejalari asosida bayon yozadilar.
Reja har qanday o’gzaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog’onasi, uning
“loyihasidir”. Reja tuzishga o’rgatishda oldin nima haqida to’xtalish, keyin uni
qanday davom ettirish, undan so’ng nima haqida aytish, nihoyat hikoyani qanday
tugatish kerakligini o’quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi.Reja avval
so’roq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida tuziladi.Bolalar
avval o’qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar,
keyin bayon rejasini tuzib shu asosda bayon yozadilar.O’quvchilar yozgan bayondagi
so’zlar soni dasturda talab qilinganidan oshmasligi kerak.
Dastlab bayonlarga tayyorgarlik ko’rishda o’quvchilarni matnni qismlarga
bo’lib gapirtirishga ko’proq e’tibor berish kerak va reja savollariga sodda gaplar bilan
to’g’ri javob olishga erishish kerak.Shu bilan birga bayonlarga puxta imloviy
tayyorgarlik ko’riladi.Bayon darsigacha va shu darsda o’tkazilgan imloviy
tayyorgarlik o’quvchilarni bayon yozishlariga zamin hozirlaydi.O’quvchilar butun
fikrlarini ishning mazmuniga qaratadilar, har bir so’z va gapni xotirjam o’ylab
yozadilar.
Masalan, 3-sinf darsligida berilagan “Aqlli bog’bon” ertagi asosida bayon
yozishni ko’rib chiqamiz.
“Aqlli bog’bon” ertagi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi.
Ertak matni yuzasidan suhbat o’tkaziladi.suhbatdan o’quvchilar oltin yerda emas,
balki mehnatda ekanligini tushunib yetadilar O’quvchilar berilgan reja asosida
ertakni qayta hikoya qiladilar.
Lug’at ustida ishlash:
1.Ertak matnidan o’quvchilar uchun notanish bo’lgan so’zlar aniqlanadi.
European science international conference:
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS
275
Olamdan ko’z yumdi iborasining ma’nodoshlarini topish topshirig’i
beriladi.
Imlo: matnda uchraydigan (bog’bonnig, o’g’illarini,chunonam, topilmapdi,
mehnatda) so’zlar imlosi ustida ishlanadi.
2. O’quvchilarga berilgan rejadan foydalanib, ertakni qismlarga bo’lish va
har qaysi qismni yangi qatordan boshlab yozish topshirig’ beriladi.
Uchinchi sinf o’quvchilarining bayonlarini tekshirganda ,o’qituvchi barcha imlo
xatolarini tuzatishi shart emas , balki diktant va boshqa tekshiruv ishlardagi
xatolarni ko’rsatishda qo’llangan usullardan foydalanishi ham mumkin.Bayonlar
muhokamasiga maxsus darslar ajratilmay, navbatdagi ona tili darsida bayon
matninig mazmunini yoritishda va gaplarni tuzishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish
ishiga 12-15 daqiqa vaqt ajratish kifoya qiladi.O’quvchilarning xatolariga barham
berish ishini shunday rejalashtirish kerakki, bu ona tili darsida navbatdagi
grammatik – imloviy mashqlar bilan qo’shilib ketsin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ona tili darslarida o’quvchilarni bayon yozishga
to’g’ri yo’naltirish o’quvchining ijodiy tafakkurini o’stirish bilan bir qatorda ularni
so’z boyligini oshirishga va o’z fikr tushunchalarini izchil va erkin bayon eta olishga
o’rgatishi bilan o’ta munimdir.
|