• Tarqatma material namunasi. Qadim shahardagi eski koʻchaning koʻhna hovlisida yashab oʻtdi u, Davron majruh qilgan tilning yoʻliga umridan poyandoz toʻshab oʻtdi u.
  • 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT 141 Tarqatma material namunasi
  • Tarqatma material namunasi
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet187/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    1-namuna 
    Ma’nodosh soʻzlar (sinonimlar). 
    1. Sinonimlar (ma’nodosh soʻzlar) deganda nimani tushunasiz? Misollar ayting.
    2. Berilgan parchadan sinonimlarni toping va har bir soʻzning oʻziga xosligi nimada ekanligini 
    aytishga urining.
    3. Parchadagi soʻzlarning har birini sinonimlari bilan almashtirishga harakat qiling. Ma’noda farq 
    boʻladimi?
    4. Soʻzning sinonimlarini toping, ularni qoʻllab gaplar tuzing, ma’no nozikliklarini ayting.
    5. Koʻp ma’noli soʻzlarning sinonimlari qanday boʻladi?
    Tarqatma material namunasi. 
    Qadim shahardagi eski koʻchaning koʻhna hovlisida yashab oʻtdi u,
    Davron majruh qilgan tilning yoʻliga umridan poyandoz toʻshab oʻtdi u. 
     
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    141 
    Tarqatma material namunasi 
    Har qanday baland minora ham yerdan, birinchi g’ishtdan boshlanadi.
    Tarqatma material namunasi
    Mustaqillik maydonida bunyod etilgan Mustaqillik va Ezgulik monumenti har bir bayramlarimiz va 
    tantanali marosimlarimizga guvohdir. 
    Maydon maftun etdi koʻplarni g’oyat, 
    Bu joyda aytildi qancha rivoyat,
    Bir kuni ona-bola kirib keldi-yu
    Bu maydon egasini topdi nihoyat. (A.Oripov)
    Tarqatma material namunasi 
    Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar, 
    Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar,
    Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
    Tog’laring izimdan ergashib yurar. (Muhammad Yusuf)
    Tarqatma material namunasi 
    Sen bilan oʻtgan har kun bayram-bazm,
    Sensiz bir on qolsam rahmim keladi.
    Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
    Seni bilmaslarga rahmim keladi. (Muhammad Yusuf) 
    Darslarni bunday holatda tashkil etish uchun, albatta, bolaning oldida maktab oʻquvchilari uchun 
    moʻljallangan Qomus [7], izohli lug’at hamda sinonimlar lug’ati [8] boʻlishi talab etiladi.
    Tasavvur qiling, agar sinfda 25-30 oʻquvchi yig’ilgan boʻlsa, har bir oʻquvchi mustaqil lug’at 
    ma’lumotnoma-yu qomuslar bilan ishlasa, mavzu mohiyatini ochishga uzog’i bilan 20 daqiqa mobaynida 
    kamida 20 oʻquvchi tayyor boʻladi va bolalar bir-birining talaffuzini boyitadi, kengaytiradi.
    2-namuna 
    Zid ma’noli soʻzlar ( antonimlar) 
    1. Antonimlar (zid ma’noli soʻzlar) deganda nimani tushunasiz? Misollar ayting.
    2. Berilgan parchada antonimik juftiga ega soʻzlarni toping va har bir antonimik juftlikning oʻziga 
    xosligi nimada ekanligini aytishga urining.
    3. Parchadagi soʻzlarning har birining antonimlarini toping. Antonimlarni oddiy inkorlardan farqini 
    izohlang.
    4. Soʻzning antonimlarini toping, ularni qoʻllab gaplar tuzing, ma’no nozikliklarini ayting.
    5. Koʻp ma’noli soʻzlarning antonimlari qanday boʻladi?

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish