• M. O. Dolivo-Dobrovolskiy
  • 1. Rasm. Uch fazali tormoqga istemolchilarni uchburchak usulda ulash sxemasi. 2. Rasm. Istemolchilarni uchburchak usulida ulash, tok va kuchlanish vektor diagrammasi.
  • Elektr istemolchilarni yulduz usulida ulash
  • 3-rasm. Uch fazali tok zanjiriga istemolchilarni yulduz usulida ulash sxemasi 2-masala.
  • 4-rasm. Faza toklarining vektor divgrammasi. Umumiy quvvatni hisoblash. Mustaqil echish uchun masalalar: 1-masala.
  • 3 amaliy mashg‘ulot mavzu: Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarini hisoblash Mashg‘ulot maqsadi




    Download 104.26 Kb.
    Sana25.03.2024
    Hajmi104.26 Kb.
    #176640
    Bog'liq
    3-Amaliy
    ALT ergonomika 6 mavzu, RD, 4- ma’ruza. Chiziqli tenglamalar sistemasi Reja, MUSTAQIL ISH, IF, Barcha tadbirlar-64-betlik, Mavzu; Har xil bosqichlarda mehnat gigienasi, 978-5-8050-0542-9, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, maftuna stajirovka, B.B.Tugalov , 2017 35 UYKURR, Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko`rsatgichlarini, Cyber Security Task 2 - Model Answer

    3 - AMALIY MASHG‘ULOT
    MAVZU: Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarini hisoblash


    Mashg‘ulot maqsadi.
    Uch fazali tok tarmoqi tug‘risidagi bilimlarini mustaxkamlash, uch fazali tok tarmoqlariga iste'malsilarni ulash usullari bilan tanishtirish va hisoblash ishlarini o‘rganish.
    Bir xil chastotali, bir-biriga nisbatan bir xil burchakka siljigan va bitta generatorda induksiyalangan bir necha sinusoidal EYUK larga ko‘p fazali tizim deyiladi. Hozirgi vaqtda uch fazali tizim eng keng tarqalgan buning sabablari:

    1. Uchta bir fazali Liniyaga nisbatan uch fazali tizim simni tejash imkoniyatini beradi;

    2. Uch fazali tok yordamida asinxron dvigatellarda qo‘llaniladigan aylanuvchi magnit maydonni osongina olish mumkin;

    3. Uchta bir fazali generatorlarga nisbatan bitta uch fazali generator qulayroq, bu uch fazali dvigatel va transformatorlarga ham tegishli;

    4. Iste'molchilar uchun ikkita, ya'ni fazaviy va Liniyaviy kuchlanishlarni olishga imkoniyat beradi.

    Uch fazali tokning asoschisi M. O. Dolivo-Dobrovolskiy. U uch fazali generator, uch fazali transformatorlarni yaratgan va dunyoda birinchi bo‘lib uch fazali tok energiyasini uzatishni amalga oshirgan.
    Iste'molchilarni uch fazali tok zanjiriga ulashda uchburchak va yuldiz usullarda amalga oshiriladi. Iste'molchilarni uchburchak usulida ulash.
    Iste'molchilarni uchburchak usulida ulash uchun har bir faza iste'molchini generatordan kelayotgan Liniya simlariga ulanadi. SHuninsh uchun iste'molchilarning faza va liniya kuchlanishlari bir xil bo‘ladi.
    UAB=UA, UBC=UB, UCA=UC

    1. Rasm. Uch fazali tormoqga iste'molchilarni uchburchak usulda ulash sxemasi.


    2. Rasm. Iste'molchilarni uchburchak usulida ulash, tok va kuchlanish vektor diagrammasi.
    Faza kuchlanishi:
    Faza toki:



    Bunda ZF - bitta fazaning to‘la qarshiligi


    Liniya toki



    1-masala. Uchta gruh chug‘lanma lampalar uchburchak usulida yig‘ilgan (har bitta fazada 40 ta parallel ulangan lampa, har bir lampadagi tok I=0.4) va liniya kuchlanishi Ul=127 V uch fazali tok manbaiga ulangan. Faza kuchlanishining va liniya tokining amaliy qiymatlarini, to‘la quvvatini va fazaning qarshiligini aniqlang.
    Echish:
    Faza kuchlanishi liniya kuchlanishiga teng ya'ni:



    Faza qarshiligi:






    Liniya toki:

    To‘la quvvat aktiv quvvatga teng bo‘ladi.



    Elektr iste'molchilarni yulduz usulida ulash
    Elektr iste'malchilarni yulduz usulida ulaganda uch fazal tizim to‘rt simli yoki uch simli bo‘lishi mumkin. Iste'molchilar yulduz usulida ulanganda faza va liniya toklari o‘zaro teng bo‘ladi.
    YA'ni:

    Iste'molchilarning aloxida fazalardagi toklar quyidagi formulalarga ko‘ra xisoblanadi.




    , , .
    3-rasm. Uch fazali tok zanjiriga iste'molchilarni yulduz usulida ulash sxemasi
    2-masala. Liniya kuchlanishi 380 V bo‘lgan uch fazali tok tarmoqidan ishchilar shaharchasining uy-ro‘zg‘or asboblari ta'minlanadi. Hamma iste'molchilar to‘rt simli sxema bo‘yicha yulduz shakilda ulangan bo‘lib uch gruppaga taqsimlangan.
    Agar A fazaga ulangan iste'molchilarning quvvati - 3.52 kVt, V fazaniki - 2.64 kVt, S fazaniki - 3.96 kVt bo‘lsa, tarmoqning barcha simlardagi toklar va uning kuvvati aniqlansin.
    Uy-ro‘zg‘or bo‘lganligi sababli tarmoqdagi quvvat aktiv quvvat bo‘lib aktiv quvvat koeffitsienti tenglab olamiz.
    Liniya kuchlanishlarining berilgan qiymati



    Faza kuchlanishlari

    Faza toklarini hisoblash.



    Neytral simdagi tokni aniqlash uchun vektor diagramma quriladi va diagramma asosida komleks faza toklari xisoblanadi






    4-rasm. Faza toklarining vektor divgrammasi.

    Umumiy quvvatni hisoblash.



    Mustaqil echish uchun masalalar:
    1-masala. Liniya kuchlanishi UL=220 V bo‘lgan uch fazali tok tarmoqiga faza kuvvatlari PAB=1.1 kVt, PBC=1.76 kVt, PCA=2.64 kVt dan bo‘lgan iste'molchi uchburchak sxemada ulangan. Iste'molchining VS fazasida uzulish sodir bo‘ldi. Uzulish sodir bo‘lishiga qadar va undan keyingi vaziyatlar uchun faza va liniya toklari aniqlansin.
    2-masala. Liniya kuchlanishi UL=380 V bo‘lgan uch fazali tok tarmoqiga induksion pech ulangan. Uning quvvat koeffitsienti sosφ=0.8 va quvvati P=5 kVt. Pechning ыizdirish elementlari yulduz sxemada ulangan. Har bir fazaning qarshiliklari aniqlansin.
    3-masala. Umumiy quvvati 2.4 kVt bo‘lgan cho‘g‘lanish lampalari uch gruppaga taqsimlangan va uch fazali tokning to‘rt simli tarmoqiga ulangan. Agar neytral simda tok nolga, faza kuchlanishi esa 220 V ga teng bo‘lsa, Liniya simlaridagi toklar aniqlansin va masshtabda vektorlar diagrammasi qurilsin.
    4-masala. Liniya kuchlanishi 380 V bo‘lgan to‘rt simli tarmoqga ulangan iste'molchilarning fazalardagi toklar nisbati IA:IB:IC=1:3:4. Hamma iste'molchilar aktiv va umumiy quvvat 3.2 kVt ni tashkil qiladi. Liniya simlardigi va neytral simdagi toklar xisoblansin.
    Download 104.26 Kb.




    Download 104.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3 amaliy mashg‘ulot mavzu: Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarini hisoblash Mashg‘ulot maqsadi

    Download 104.26 Kb.