Ikki taktli o‘zgartirgichlar




Download 435,62 Kb.
bet3/4
Sana18.05.2024
Hajmi435,62 Kb.
#242172
1   2   3   4
Bog'liq
3 амал.машгулот РЭВЭТ

Ikki taktli o‘zgartirgichlar. Eng sodda tuzilgan ikki taktli o‘zgartirgich sxemasida TV1 kuch transformatorining ikki birlamchi cho‘lg‘ami VT1 va VT2 tranzistorlarning bazalari bilan ulangan, birlamchi ta’minot manbai Ukir esa tranzistorlar emitterlari va TV2 transformator birlamchi yarim cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasi orasiga qo‘yilgan (3.3-rasm).

3.3-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi
Agar kuch tranzistorlarini nolli uzilishsiz to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulslari bilan qo‘zg‘atilsa (3.4 d-rasm), u holda bazadagi asosiy bo‘lmagan tashuvchilarning zaryad so‘rish vaqtiga teng bo‘lgan vaqtda har ikkala tranzistor ochiq bo‘ladi, bu esa kuch transformatori birlamchi cho‘lg‘amining qisqa vaqtli tutashuviga tengdir. Bunday har bir yarim davr oxiridagi qisqa vaqtli tutashuvlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun invertor sxemasiga qo‘shimcha elementlar kiritish lozim bo‘ladi.
Invertor aktiv-induktiv xarakteridagi yuklamada ishlaganida yuklama toki qutblarining o‘zgarishi momentlari chiqish kuchlanish qutblari o‘zgarishi momentlariga, shuningdek, kuch tranzistorlarini qayta ulanish momentlariga nisbatan kechga qoladi. Bu har bir yarim davrning boshlang‘ich qismida kuch tranzistori orqali teskari yo‘nalishda tok o‘tishiga, ya’ni teskari tokni vujudga kelishiga olib keladi.
Tranzistorlarning kommutatsiyalanishini osonlashtirish maqsadida to‘g‘rilagich tarkibiga qo‘shimcha zaryadsizlash diodi kiritiladi (3.3-rasm). Avval ochiq bo‘lgan diodning yopilishidan so‘ng chiqishdagi kuchlanish sakrash orqali o‘z kutbini o‘zgartiradi va bu qutb o‘zgarishiga so‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlar sabab bo‘ladi (3.5-rasm).

3.4-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning vaqt diagrammalari
Bu tebranishlar transformator induktiv tarqalishining qayta zaryadlanishi, o‘ramlararo sig‘im va montaj sig‘imlari oqibatida vujudga keladi. Katta quvvatli o‘zgartirgichlarda ular radiohalaqitlarning intensiv manbai hisoblanadi. Shuning uchun ba’zida yuklamasi induktiv elementdan boshlanuvchi o‘zgartirgichlardan foydalanmaslikka majbur qiladi.

3.5-rasm. So‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlarning paydo bo‘lishi
Mustaqil qo‘zg‘atishli invertorlar tranzistorlarining kollektor toklarining keskin ortib ketishi ham yuqori chastotali halaqitlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ular tranzistorlarning ortiqcha yuklanishiga sabab bo‘ladi. Bunday kamchiliklardan qutulishning faqat yagona usuli, birinchi tranzistor ochilishini ikkinchi tranzistorning yopilishigacha kechiktirish usulidir. Bu shart invertor tranzistorlarini nosimmetrik impulslar yoki nolli uzilish impulslar bilan boshqarilganda bajariladi. Bu har ikkala usul qo‘zg‘atkich sxemasini qurishda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga ega va to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zgaruvchan bo‘lganda yaxshi natijalarni bermaydi. Tranzistorning uzilish vaqti kollektor tokiga bog‘liq, shuning uchun ulanishni kechiktirish invertor yuklamasining o‘zgarishiga mos almashishi kerak.
Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertor sxemasi bu kamchiliklardan holidir (3.6-rasm). Undagi invertor transformatorining qo‘shimcha W2 cho‘lg‘amlaridan olinadigan kuchlanish tranzistorlar ochilishini kechiktirish uchun xizmat qiladi. U chiqish kuchlanishini qutbi o‘zgarmaguncha yopiq bo‘lgan tranzistorni ochilishini ushlab turishga imkon beradi. Shuning uchun faqat bir elka tranzistori yopilgandan keyingina, ikkinchi elka tranzistori bazasiga ochuvchi kuchlanish keladi. Tranzistor uzilganda baza zanjiridagi diod yopiladi va W2 qo‘shimcha cho‘lg‘amlardan olinadigan yopuvchi kuchlanish bazaga kelmaydi.

3.6-rasm. Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertorli o‘zgartirgichning sxemasi
3.7-rasmda keltirilgan invertor kuch zanjiri TV1 transformatordan VT1 va VT2 tranzistorlardan, VD1 va VD2 diodlardan iborat. Invertorning yuklamasi transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi L1 induktiv element va Ryu rezistor hisoblanadi. Tranzistorlar pauzalarsiz to‘g‘ri burchakli impulslar orqali kommutatsiyalanadi.

3.7-rasm. Kommutatsion xususiyatlari yaxshilangan invertorli o‘zgartirgich sxemasi
Bu impulslar qo‘zg‘atgichdan tranzistor bazalariga R1 va R2 rezistorlar orqali beriladi. Shuningdek, bu rezistorlar to‘yingan tranzistorlar baza toklarini cheklaydi. Avval aytib o‘tilganidek, bunday qo‘zg‘atish kuch zanjirida qisqa vaqtli qisqa tutashuvlarni vujudga keltiradi. Bu vaqtlarda har ikkala tranzistorlar ochiq bo‘ladi va ularda transformatorning birlamchi cho‘lg‘amlarida kommutatsion toklar keskin ortadi. VT1 va VT2 tranzistorlar kommutatsion toklari transformatorning birlamchi cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasidan UKIR ta’minot manbaining minus qutbiga oqib o‘tadi, ya’ni transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amiga transformatsiyalanmaydi va shuning uchun bu toklar qaytar toklar deyiladi.

3.8-rasm. Boshqarish sxemasida mantiqiy elementlardan foydalanilgan kommutatsion xususiyatlari yaxshilangan invertorli o‘zgartirgich sxemasi
Kommutatsiya jarayonini yaxshilash maqsadida invertor sxemasiga qo‘shimcha ravishda qaytar toklardan qutulish sxemasi (QTQS) kiritiladi (3.7-rasm). U ikkita kirishga (11 va 21) va ikkita chiqishga (12 va 22) ega. VT1 tranzistorning yopiq holatiga mos keladigan invers chiqish kuchlanishining qutbiga sxemaning 12 ochiq va VT1 tranzistorning emitter-baza o‘tishini shuntlaydi va qo‘zg‘atish zanjirini VT1 tranzistorni ochishiga VT2 tranzistor yopilmaguncha va chiqish kuchlanishining qutbi o‘zgarmaguncha, ya’ni sxemaning 21 kirishida musbat potensial bo‘lmaguncha yo‘l qo‘yilmaydi.
3.8-rasmda tasvirlangan o‘zgartirgich invertorining qaytar toklardan qutilish sxemasida uchta DD1, DD2 va DD3 mantiqiy elementlardan foydalanilgan.

Download 435,62 Kb.
1   2   3   4




Download 435,62 Kb.