|
3-amaliy mashg‘ulot
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 435,62 Kb. | | #242172 |
Bog'liq 3 амал.машгулот РЭВЭТ 3-AMALIY MASHG‘ULOT
Kuchlanish o‘zgartirgichini hisoblash.
3.1. Nazariy qism.
Ko‘chma apparaturalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli o‘zgarmas tok manbalari (galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr ta’minoti uchun esa turli nominaldagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun bir nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishni ikkinchi nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartirish talab qilinadi. Bu vazifani o‘zgartirgichlar bajaradi. O‘zgartirgichlar elektr ta’minot manbai kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr ta’minoti uchun talab qilingan turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
O‘zgartirgichlar ikki turga bo‘linadi. O‘zgarmas tok energiyasini o‘zgaruvchan tok energiyasiga o‘zgartirib beruvchi o‘zgartirgichlar invertorlar deyiladi va o‘zgartirish jarayoni invertorlashdan iborat bo‘ladi.
Invertor har qanday o‘zgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi. Invertorlar quyidagi belgilariga qarab sinflarga bo‘linadi:
o‘zgartiriluvchi kattalik turiga qarab: tok invertorlari va kuchlanish invertorlari;
ish taktiga qarab: bir taktli va ikki taktli invertorlar;
kalit elementlari turiga qarab: tranzistorli va tiristorli invertorlar;
qo‘zg‘atish usuliga qarab: mustaqil va o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli invertorlar;
Tranzistorli invertorlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
tranzistorlarning ulanish sxemalariga qarab: umumiy emitterli va umumiy kollektorli invertorlar;
teskari aloqa turiga qarab: kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali, tok bo‘yicha teskari aloqali, tok va kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali invertorlar;
Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:
tiristorlar kommutatsiyasiga qarab: tarmoq orqali va avtonom;
yuklamaga nisbatan kommutatsiyalovchi sig‘imning ulanishiga qarab: ketma-ket, ketma-ket parallel va parallel. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarning afzalliklari ishonchlilik, yuqori FIK, kichik hajm va ishlatish muddatining uzoqligidir.
|
| |