Tashkilotlar quyidagi Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni tuzadilar




Download 122,5 Kb.
bet5/7
Sana30.01.2024
Hajmi122,5 Kb.
#148522
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Byudjet-soliq siyosati

Tashkilotlar quyidagi Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni tuzadilar:

- Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi;
- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
- qonunchilikda belgilangan boshqa barcha Byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning Byudjetdan tashqari jamg’armalariga yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha, Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun yuqorida aytib o’tilgan Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetada Byudjetdan tashqari mablag’lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag’lardan foydalanish yo’nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarning daromad qismiga Byudjetdan tashqari mablag’larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbaalari bo’yicha kutilayotgan mablag’lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag’lar qoldig’i kiritiladi.
Qonunchilikka muvofiq Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalar hisobidan xodimlar birliklari saqlangan hollarda, smetaga shtatlar jadvali ilova qilinadi. Bunda, ro’yxatdan o’tkaziladigan Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta bilan birga shtatlar jadvali ham ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim qilinadi. Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali, shuningdek amaldagi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar ular moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi.
Tashkilotlarning tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish mazkur tashkilotni moliyalashtirish amalga oshiriladigan tegishli Byudjetning parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab qirq kundan kechiktirmay (ammo, moliya yilining 10 fevralidan kechikmagan holda) tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya organlarining rahbarlari, qaramog’ida quyi tashkilotlari bor bo’lgan yuqori tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda, har bir tashkilotni ro’yxatdan o’tkazish muddatlarini belgilangan muddatda ro’yxatga olishni butunlay tugatishni hisobga olgan holda belgilaydilar.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta va vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro’yxatdan o’tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
-O’zbekiston Respublikasining respublika Byudjeti tasarrufidagi tashkilotlar – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
-Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika Byudjeti, viloyatlar Byudjeti va Toshkent shahrining shahar Byudjeti tasarrufidagi tashkilotlar – Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida;
-shaharlar va tumanlar Byudjeti tasarrufidagi tashkilotlar – shaharlar va tumanlar moliya bo’limlarida.


Download 122,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 122,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkilotlar quyidagi Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni tuzadilar

Download 122,5 Kb.