|
Byudjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro’yxatdan o’tkazish
|
bet | 6/7 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 122,5 Kb. | | #148522 |
Bog'liq Byudjet-soliq siyosati4.Byudjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro’yxatdan o’tkazish.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so’ng choraklar (oylar) kesimidagi xarajatlarni yillik umumlashmasi Byudjet tasnifining bo’limlari, kichik bo’limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo’yicha choraklarga (oylarga) bo’lingan holda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo’yicha umumlashtirilgan ko’rsatkichlar taqdim etiladi.
Umumiy smetalar tasdiqlangandan so’ng markazlashgan buxgalteriyalar bu smetalar bo’yicha moliyalashtiriladigan tashkilotlarga quyidagilarni xabar qiladilar:
shtatlar va tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari haqidagi ma’lumotlar;
tashkilotlarning xo’jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yilda ajratiladigan yoqilg’i miqdori, elektroenergiya va suv bo’yicha natural ko’rsatkichlar;
Byudjet mablag’lari doirasida sotib olishga mo’ljallangan inventarlar va asbob-uskunalar ro’yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo’yicha asosiy ishlar ro’yxati;
hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo’limlari tomonidan, yuqori moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tashkilotlarga xabar beriladigan ko’rsatkichlar va shakllari ro’yxati.
Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga har bir tashkilot bo’yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo’linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o’rnatilgan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq ravishda tuziladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv, o’quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni,
xodimlar va mehnatga haq to’lash bo’yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo’lishi shart:
belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga;
hodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;
tashkilotlar turlari bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvallariga;
davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko’rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.
Tarifikatsiya ro’yxatiga muvofiq mehnatga haq to’lanishi hisob-kitob qilinadigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo’yicha (o’qituvchilar, tarbiyachilar, vrachlar, o’rta tibbiy hodimlar va boshqalar), to’lovlarning turlari bo’yicha (pedagoglarga daftar tekshirishga, sinf rahbarligiga, maxsus unvon uchun va boshqalar) oylik mehnatga haq to’lash jamg’armasini ko’rsatgan holda va tarifikatsiya ro’yxatini shtatlar jadvaliga ilova qilgan holda kiritiladi.
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo’yicha alohida qatorda mehnatga haq to’lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to’lash jamg’armasi va yil bo’yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to’lashga, qo’shimchalar va xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltiriladigan mablag’lar ko’rsatiladi, masalan:
• mehnatga haq to’lash jamg’armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Byudjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi;
• uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag’batlantirishni to’lash, moddiy yordam ko’rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
• mehnat ta’tilidagi shaxslarning o’rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to’lash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
• umumta’lim muassasalari, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg’armasi va boshqalar.
yxatdan o’tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo’limlari va xarajatlar smetalarini tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan boshqa tashkilotlar, O’zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga muvofiq ularga yetkazilgan ajratilgan mablag’lar hajmlari, belgilangan tartibda rejalashtirilgan yil uchun tasdiqlangan Davlat Byudjeti parametrlari doirasida o’z qaramog’idagi tashkilotlarning kelib tushgan xarajatlar smetalarini sinchiklab ko’rib chiqishni ta’minlaydilar.
Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko’rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
qonunchilik talablariga, shuningdek kelgusi yil smetalarini tuzish bo’yicha ko’rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash;
iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun mablag’lar ajratishga yo’l qo’ymaslik;
alohida tadbirlarni o’tkazish muddatlari va ularni moliyalashtirish imkonini ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo’yicha ajratilgan mablag’larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash;
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti tasdiqlangandan so’ng unga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo’limlari o’z tasarruflarida bo’lgan tashkilotlar xarajatlar smetalariga kerakli tuzatishlar kiritadilar.
Shundan keyin O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo’limlari ular tomonidan ilgari belgilangan tashkilotlar smetalari bo’yicha yillik mablag’lar miqdorlarini Byudjet bo’yicha barcha smetalar xarajatlari umumiy summalariga mos keladigan qilib aniqlik kiritadilar.
Bunda, tegishli tuzatishlar o’zlarida qoladigan nusxalarga kiritiladi. Shundan keyin O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo’limlari belgilangan yillik Byudjetning choraklar (oylar) bo’yicha taqsimotiga amal qilgan holda, hajmlari Byudjet bilan har bir chorakka (oyga) alohida belgilangan xarajatlarning umumiy summasi, shuningdek ish haqi, ish beruvchilarning ajratmalari, kapital qo’yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasi Byudjetning tasdiqlangan choraklar (oylar) bo’yicha taqsimotiga to’g’ri kelishini hisobga olgan holda tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo’yicha qabul qilingan yillik xarajatlar summasini choraklar (oylar) bo’yicha bo’lishlari kerak.
Xarajatlar smetasini tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yoki tegishli viloyatlar, shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining Byudjet haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddat ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa) va tegishli Byudjetlarda turuvchi tashkilotlar uchun xarajatlar tasnifi moddalari bo’yicha bo’lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o’rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko’rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o’zida xarajatlar smetasi bo’yicha umumiy summasini yuqori o’ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to’lash jamg’armasining umumiy summasini ajratib ko’rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
|
| |