|
Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
|
bet | 1/4 | Sana | 19.03.2021 | Hajmi | 77 Kb. | | #13287 |
Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, hududlarning an’anaviyligiga e’tibor berib, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablarini va texnologiyalarni hisobga olgan holda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish, hududni rejalashtirish tarxlari xamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va o‘z hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, ularning ma’qullanishini va ekspertizadan o‘tkazilishini hamda tasdiqlanishini tashkil etish;
- shahar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalarida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari hududlarini me’moriy rejalashtirish va tashkil qilish;
- aholini joylashtirish sxemalari, hududlarni rejalashtirish, shaharlarning bosh rejalari bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqish tizimini yanada takomillashtirish, bunda hududiy tizimlarni, ya’ni moliya, er kadastri va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish hamda hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti va relefini, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik hususiyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo‘llab qishloqda yakka tartibdagi uy-joylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ob’ektlar loyihalarini takomillashtirish ishlarida ishtirok etish;
- hududlarda shaharsozlik ob’ektlari qurilishi uchun er tanlash va ajratilishida, ob’ektlarning joylashtirilishida bosh reja muallifi bilan kelishish, navbatchi bosh rejalarning yuritilishi, noqonuniy qurilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va unga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish va qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash
- shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish;
- tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
- binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik berish;
- tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib borish;
- “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqish;
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy
- islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda viloyat hokimligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etish;
- loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- shaharlar, qishloq aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, arxitektura yodgorliklari va madaniy meros ob’ektlari saqlab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura – rejalashtirilishi va arxitektura-badiiy sifatlari bo‘yicha nazorat ishlarini olib borish va arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirib borish.
- qishloq aholi punktlarini rivojlantirish va istiqbolini belgilashda asos hisoblangan kompleks shaharsozlik xujjati ishlab chiqilgan va tasdiqdan o‘tgan qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarining me’moriy-rejaviy tashkillashtirish loyihasini amalda tadbiq etish tizimini yaratishda ishtiroq etish;
- mavjud qishloq aholi punktlarini ob’ektiv baholash, bugungi ahvolini keng qamrovda o‘rganib chiqish hamda kelajakda qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarining me’moriy-rejaviy tashkillashtirish loyihasi asosida qurilish loyihalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqilishini tashkillashtirish;
- dastur asosida qishloqlarda uy-joylar qurilishi uchun ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishni rejalashtirishda ularning mavjudligi va talab etiladiganlari yuzasidan aniq ma’lumot bazasini shakllantirishda, barcha zarur ijtimoiy va kommunikatsiya infratuzilmasiga ega bo‘lgan, uy-joy bozorini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda qatnashish;
- fermer xo‘jaliklari kontseptsiyasini amalga oshirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqish va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilma ob’ektlari tarmog‘ining kengaytirilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
- ekologik vaziyatni yaxshilash, tarixiy va madaniy obidlar, qiymatga ega landshaftlar va suv resurslarining muxofazasi hamda erdan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
- qishloq aholi punktlarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va kichik o‘rta biznes sub’ektlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashda ko‘maklashish;
- O‘zbekiston milliy avtomagistralining viloyat hududidan o‘tuvchi yo‘llarida qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha dasturni amalga oshirishda infratuzilmaviy servis inshootlarini yaratish monitoringini muntazam ravishda tizimli olib borilishini ta’minlash.
|
| |