|
Impressionizm uslubining musiqa san’atida rivojlanishi
|
bet | 4/7 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 73,57 Kb. | | #149124 |
Bog'liq Yusufjonova 11.2 Impressionizm uslubining musiqa san’atida rivojlanishi
Ayrim manbalarda musiqa insondan avval paydo bo‘lgan degan nazariy tushunchalar keltirilgan. Tarixshunoslarning ta’kidlashlaricha, musiqaning olti davri bor va har bir davrda bugungi kunda musiqaning turlanishiga hissa qo‘shgan ma’lum uslublar mavjud. VI asrni XVI asrga oid o‘rta asrlarda “O‘rta asr musiqasi” aks etgan. Ushbu O‘rta asr musiqasi nomenklaturasi O‘rta asr musiqa tarixidagi muhim voqeliklarni masalan, musiqiy notikaning boshlanishi va polifoniyani namoyish etadi. Shu vaqt mobaynida ikkita umumiy musiqiy uslub mavjud edi: monofonik va polifonik. Musiqiy asarlarning asosiy shakllari Gregoryenning ovozi va Plainchant edi. Plainchand - cherkov musiqasi shaklidir, unda hech qanday musiqiy-instrumental asar yo‘q, va u faqat qo‘shiqni o‘z ichiga oladi. Bir muncha vaqt mobaynida bu xristian cherkovlarida ruxsat etilgan yagona musiqa turi edi. IV asr atrofida dunyoviy musiqa tobora mashhur bo‘lib, “Uyg‘onish davri”1 deb ataladigan musiqa davri sahnasiga aylandi. Uyg‘onish davriga kelgunga qadar musiqa o‘zida turli shakl-shamoyillarni mujassamlashtira oldi. Etnik davr musiqani paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Aynan shu davrda qabila va urug‘chilik tamoyiliga asoslanib yashayotgan xalq bevosita musqani shakllanishiga o‘zi bilmagan holda hissa qo‘shgan. Bunga sabab, etnik davrda insonlar orasida “so‘zlashuv” uslubi hali shakllanmagan bo‘lgan.
Ular ilohiy berilgan ne’mat “til”dan foydalanishni bilmaganlar. Shu tariqa ular birbirini tushunshlari uchun dastavval “pontomimo” uslubini o‘ylab topganlar. Bu uslub ularni hissiy kechinmalarini qo‘l harakatlari yordami ko‘rsatish orqali ifodalab berishga yordam berdi. Oradan vaqt o‘tib ular ov paytida turli ovoz (qushlar, hayvonlar ovozi)larni chiqarish orqali musiqaning ilk yaratilishiga sababchi bo‘lishdi. Keyinchalik esa, ular omadli ovdan qaytib kelib, olov yoqib, o‘ljani pishirish mobaynida gulhan atrofida aylanib, raqsga tushib, qo‘shiq hirgoya qilishgan. Shu tarzda musiqaga ehtiyoj tobora ortib borgan. Renessans - uyg‘onish, “qayta tug‘ulish” degan ma’noni anglatadi. VI asrga kelib, cherkov san’atiga qaram bo‘lib qoldi. Shunday qilib bastakorlar bu davrda yaratilgan asarlarga ozgina bo‘lsa ham hissiyot qo‘shishga haqlari bor edi. Musiqaning rivojlanishi bevosita aynan shu davrda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun xalq qo‘zg‘olonlari, fransuz revolyutsiyasi yoki polyaklar bosqini kabi tarixiy to‘ntarilishlar. Musiqadagi “uyg‘onish” davri boshqa janrlarni yuzaga chiqishida asosiy turtki bo‘ldi. “Borokko” davri shular jumlasidandir. Ushbu termin italyancha “borokko” so‘zidan olingan va qanday bo‘lsa shundayligicha talaffuz qilinadi. Lug‘aviy ma’nosi esa “g‘alati” so‘ziga juda yaqin.
Ya’ni ushbu davr insonlardan jiddiy bo‘lishni talab qilgani uchun ayrimlar uni g‘alati va tushunarsiz asarlar davri deya ta’kidlab o‘tgan. Borokko davrida konpozitorlar forma, musiqiy kontrastlar, uslublar va asboblar bilan tajriba o‘tkazgan payt edi. Bu davrda musiqalar o‘z ovoz imkoniyatlarini ko‘rsata oldi.2 Borokko davrining asarlari insonni o‘yga toldirishi bilan ham qolgan oqimlardan ajralib turadi. Buning asosiy sababi, ushbu davr musiqa asarlarining ma’nosi dunyo ishlarini unutib, faqatgina ohiratni o‘ylashga undovchi qo‘shiqlar bo‘lgan. Asarlarning asosiy qismi cherkovlarda ijro qilingan va cherkovlar uchun yozilgan. Shu sababli aksariyat insonlar bu davrdagi oqimni “zerikarli va tushunarsiz” deb atashgan. Ushbu davrning o‘ziga xos xususiyati bu - asarlarning polifonik (ko‘p ovozli) shaklada yozilishidadir. Borokko asrining eng mashhur asarlarida ko‘pincha fortepiano bilan birgalikda skripka, violonchel, lira va gaboy singari cholg‘u sozlari uchrab turadi.
Yuqori barokko davri 1700-yildan to 1750-yilgacha davom etdi. Ushbu davrda Italayada operalar dramatik va kengroq talqin qilina boshladi. Ushbu davr bevosita yangi oqim bo‘lgan klassitsizmga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Klassitsizm XVIII asrda G‘arbiy Yevropa adabiyoti va san’atida grek va rim adabiyoti va san’atiga taqlid qiluvchi oqim sifatida paydo bo‘ldi. “Klassitsizm” so‘zi lotincha bo‘lib, “namunali” degan ma’noni bildiradi. Demak, klassitsizm antik merosga norma va ideal namuna, deb qarashdan iborat uslub va yo‘nalishdir. Klassitsizm XVIII asrda adabiyot va san’atning barcha turlarida rivojlandi. XVIII asrda bu oqim burjua ma’rifatparvarligi bilan aloqador bo‘lib, grajdanlik ideallarini, burjua-revolyutsion intilishlarni aks ettirdi. Klassitsizm falsafiy ratsionalizm g‘oyalariga, dunyo haqidagi oqilona qonuniyatlar, go‘zal va nafis tabiat haqidagi tasavvurlarga tayanib, katta ijtimoiy mazmunni ulug‘vor, qahramonona va axloqiy g‘oyalarni ifodalashga intildi. Ushbu davrda Vena klassik maktabining hissasi kattadir. Ushbu maktab musiqadagi klassitsizm rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisidir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Avstriyaning poytaxti Vena shahrida musiqa san’ati juda tez sur’atlarda rivojlandi. Vena ko‘p millatli shahar bo‘lib, unda turli xalqlar musiqasi doim yangrab turardi. Klassitsizm davrida musiqa yozish uslubi o‘zgarib, polifoniya (ko‘p ovozli) uslubi o‘rniga gomofon-garmonik (kuy va garmoniya) uslubi rivojlandi. Vena klassik maktabi kompozitorlari ijodida yuzaga kelgan muhim yangiliklardan biri - sonata-simfonik turkum va sonata shaklining yaratilishi bo‘ldi. Hayotiy jarayonlarning jadal sur’atlar bilan o‘zgarishini aniq his qilish, bu klassik shakllarning yaratilishiga olib keldi. Yakka cholg‘u sozi uchun yoziladigan sonata, simfonik orkestr uchun yoziladigan simfoniya janridagi asarlar shu shaklda yoziladigan bo‘ldi.
XVIII asrda G‘arbiy Yevropa san’atida rasm bo‘lgan klassitsizm oqimi o‘z o‘rnini XIX asrda yangi oqim bo‘lgan romantizmga bo‘shatib berdi. Ikki asr chegarasida sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar san’atdagi oqimlarning ham o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Insoniyat tarixida yangi davrni boshlab bergan Buyuk fransuz revolyutsiyasi ma’naviyatning o‘sishiga olib keldi. Demokratik qadryatlarning g‘alaba qozonishi uchun intilish shu davrga xosdir. Adolat qonunlarining tantana qilishi, inson dunyoqarashini eskilik sarqitidan to‘la halos qilish uchun kurashuvchi ijodkorlar yetishib chiqdi. Shu bilan birga keng ijtimoiy qatlamlarning Buyuk frantsuz revolyutsiyasi natijalaridan havsalasi pir bo‘lishi ham bu yangi davr ijodkorlarining dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
“Ozodlik, tenglik va birodarlik” shiorlari ushalmagan orzuligicha qolib ketdi. Hokimiyatni qo‘lgan kiritgan burjuaziya xalqni ezishni davom ettirdi. Aldangan, orzu-umidlari puchga chiqqan ijodkorlar yangi tartibga qarshi noroziliklar bildirdilar. Shu tariqa san’atning yangi yo‘nalishi romantizm paydo bo‘ldi va butun XIX asr davomida asosiy oqim bo‘lib qoldi. Insonning ichki dunyosini, ruhiy olamini, his-tuyg‘ularini ko‘rsatib berish bunga yorqin misoldir. Romantizm davrida qo‘shiq eng keng tarqalgan janrlardan biriga aylandi. Oradan bir asrdan oshiqroq vaqt o‘tib musiqa san’ati yangi oqimni qarshi oldi. Va bu impressionizm oqimidir. Impressionizm G‘arbiy Yevropa san’atida XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo‘lgan oqim bo‘lib, avval tasviriy san’atda, keyin esa she’riyat va musiqada rivojlandi. “Impressionizm” so‘zi fransuzcha bo‘lib, “taassurot” degan ma’noni bildiradi. Borliqdan, atrof muhitdan olingan taassurotni bir lahzali o‘tkinchi lavhalarda bir-birini almashtirib turadigan obrazlarda tasvirlashga intilish - bu ijodiy uslubning asosidir. Impressionizm uslubi dastlab fransuz rassomlari Eduart Mane, Klod Mone, Ogyust Renuar, Edgar Dega, Kamil Pisarro asarlarida namoyon bo‘ldi. Musiqa san’atida esa impressionizm fransuz kompozitorlari Klod Debyussi va Moris Ravel ijodida qaror topdi.
Impressionist rassomlar va kompozitorlar ijodida umumiy mavzular paydo bo‘ldi. Ular o‘z asarlarida turli hayotiy sahnalar va epizodlar, kishilarning portretlari va ayniqsa peyzajlarni tasvirlashga katta e’tibor berdilar. Shuning uchun badiiy uslubda ham umumiylik yaqqol sezildi. Impressionist rassomlar ham kompozitorlar ham hodisadan olingan eng birinchi, ilk taassurotni asarlarida ko‘rsatib berishga harakat qilganlar. Lad, garmoniya, metr va ritm, cholg‘ulashtirish kabi ifoda vositalarini o‘ziga xos va boshqacha bo‘lishiga erishdilar. Kuy (melodiya)ning asosiy ifoda vositasi sifatidagi mavqesi pasaydi. Uning o‘rniga kompozitorlar turli ladlar - pentatonika, xalq musiqasi ladlarida doriya, frigiya, miksolidiya va boshqalarni, xususan, butun tonli gammani ko‘p qo‘lladilar. Klassik garmoniya va akkordlar o‘rniga ko‘proq tovush birikmalaridan foydalanish ham impressionistik musiqaga o‘ziga hos xususiyat bag‘ishladi. Impressionist kompozitorlar musiqaning programmalilik xususiyatiga katta e’tibor berdilar. Chunki dastursiz bunday asarlarni tinglovchi tushunishi qiyin.
Debyussi va Ravel o‘z ijodida tarixiy, qahramonlik va ijtimoiy mavzularga deyarli e’tibor bermaganlar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, musiqiy peyzaj, hayotiy manzaralar va musiqiy portret ular ijodidagi asosiy mavzulardir. Ertak va afsonalarga kam e’tibor berganlar. Bu kompozitorlar asarlarida insonning tabiiy kechinmalari ba’zan dramatik va fojiali, ko‘proq quvonchli tomonlari aks ettirilgan. Shuningdek ko‘p asarlar tinglovchiga tabiatning go‘zal obrazlari va dunyosini yangidan ochib beradi. Ifoda vositalarini yangiligi, go‘zalligi va o‘ziga xosligi buning asosiy sababidir. Keyinchalik esa, XX asrga kelib yangi va rangbarang oqim, yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bularga misol: modernizm, 12 tonli tizim, neoklassik, jazz, konsert musiqasi, serializm, tasodifiy musiqa, elektron musiqa, yangi romantizm va miniamlizmlardir.
|
| |