|
Musiqadagi impressionizm yo’nalishi vakillari
|
bet | 6/7 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 73,57 Kb. | | #149124 |
Bog'liq Yusufjonova 12.2. Musiqadagi impressionizm yo’nalishi vakillari
Musiqaning tarixiy taraqqiyoti davomida insoniyat XX-XXI asr ijodiyoti chuqur o’rganilmaganligi, yangi modernistik qarashlar, o’quv qo’llanmalarda davrlarning to’xtab qolganligi, estetik yo’nalishlar, yangilik ma’nosini anglatuvchi oqimlarda ijod qilgan kompozitorlar adabiyotlaridan keng foydalanildi. Yevropa kompozitor novatorlaridan Anton Vebern, Per Bules, Luidji Nono, Karixaynts Shtokxauzen, Arnold Shyonberg, Dmitriy Shostakovich, Benjamin Britten, Milton Babbit, John Keydj, Elliot Karter, Genri Kovalli, Iogannes Brams, I. Stravinskiy, Ravel, va boshqalar yangi 20-21 asr zamonaviy musiqa va atonal davrni o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar. Murakkab izlanishlar yo’lidan borib kechki romantizm, neoklassisizm, yangi dinamizm, neofolklorizm kabi oqimlarni eksperimental yechimlarni yengib o’tdilar. Bu izlanishlarning oliy maqsadi yangi klassikani, ya’ni 20-asr klassikasini yaratish edi. Musiqa - san’at turlaridan biridir. Rassomchilik, me’morchilik, teatr va boshqa san’at turlari bilan bir qatorda musiqa inson hayotida muhim o’rin tutadi. Musiqa san’ati asarlari ma’naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi, ularga ma’naviy ozuqa bo’ladi va estetik didini tarbiyalaydi. Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan dam maroqli bo’ladi. Kishilarning bayramlari, to’y-tomoshalari ham, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o’tadi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 2-fevral kuni imzolagan “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori esa madaniyat va sanʼat sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz qarori biz, sanʼat ahli yuragiga yoqimli bir navoday singib, koʻnglimizga xushnudlik, sohamizga yanada muhabbat bilan yondashib xizmat qilishni va kelajak avlod qalbiga san`at sehri bilan eng goʻzal xislatlarni singdirib borishimizda muhim va nurli bir dovondir.1 Atonal musiqa yunoncha “a” – inkor qoʻshimchasi va “tonal” – ton – 20-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida odat tusiga kirgan tonallik, lad, garmoniya va boshqalarning oʻta erkin oʻzgaruvchanligiga asoslanib yaratiladigan musiqa. Atonal musiqa konsonans va dissonans kontrasti, modulyatsiyalarni inkor etadi. Ayrim Atonal musiqa parchalari soʻnggi romantiklar va impressionistlar ijodida uchraydi. 20-asr boshida Avstriya kompozitori A. Shyonberg, uning shogirdlari A. Vebern, A. Berg va boshqa ijodida an’anaviy yevropacha ladtonallik asosidan toʻla yoki qisman voz kechish natijasida Atonal musiqa yoki R. Kolish (1896 – 1978) tomonidan kiritilgan atonallik tushunchasi yuzaga kelgan. Atonal musiqani ma’lum darajada dodekafoniya texnikasi tartiblashtirgan. Undan Oʻzbekiston kompozitorlari kino, telekoʻrsatuv, teatr musiqasi va boshqalarda foydalanmoqdalar. Zamonaviy musiqa" va "Zamonaviy san'at musiqasi" bu erga yo'naltirizgan. Zamonaviy musiqa hozirgi kunga yaqin tuzilgan. 21-asrning boshlarida u odatda 1945 yildan keyingi davrni nazarda tutadi zamonaviy shakllar vafotidan keyingi tonal musiqa Anton Vebern va shu jumladan serial musiqa, electron musiqa, eksperemental musiqa va atonal musiqa. Musiqaning yangi turlari spektakl musiqa va post-minimalizm va boshqalar zamonaviy musiqaning boshqa turlariga kiradi.
XX asr zamonaviy musiqa. Yigirmanchi asrning boshlarida mumtoz musiqa kompozitorlari tobora ko'proq tajriba o'tkazmoqdalar kelishmovchiliklar bilan o’tkazilgan tajribalar ko’p to’siqqa uchradi, baland ovozli til, ba'zida bunga erishdi atonal qismlar ta’kidlandi. Birinchi jahon urushidan so'ng, ular kech romantizmning haddan tashqari oshirib yuborilgan imo-ishoralari va shaklsizligi deb bilgan narsalarga qarshi kurashish sifatida, ba'zi bastakorlar neoklassik oldingi uslublarning muvozanatli shakllari va aniq seziladigan tematik jarayonlarini qaytarib olishga intilgan uslub yangi ob’yektevlik va ijtimoiy realizm bilan olib bordilar. Ikkinchi Jahon urushidan so'ng, modernist bastakorlar o'zlarining kompozitsiya jarayonida yuqori darajadagi nazoratga erishishga intildilar masalan: o’n ikki tonal texnikasi va keyinchalik jami serializm yo’nalishi bo’ldi. Shu bilan birga, aksincha, bastakorlar nazoratdan voz kechish, noaniqlik yoki aleatorik jarayonlarni kichikroq yoki kattaroq darajalarda o'rganish bilan tajriba o'tkazdilar. Texnologik yutuqlar elektron musiqaning tug'ilishiga olib keldi. Tasmaning ilmoqlari va takrorlanadigan to'qimalar bilan tajriba paydo bo'lishiga hissa qo'shdi minimalizm yo’nalishi. Boshqa bastakorlar musiqiy spektaklning teatr imkoniyatlarini o'rganishni boshladilar ijrochilik san’ati, aralash vositalar, oqimlar zamonaviy klassik musiqaning yangi asarlarini yaratishni davom etirmoqdalar. Har yili Berlindagi Boston konservatoriyasi 700 spektaklni namoyish etadi. Zamonaviy klassik musiqa dasturi talabalarining yangi asarlari ushbu spektakllarning taxminan 150 tasini o'z ichiga oladi.
XX asrning dastlabki ikkita oʼn yilligi chegarasi musiqa tarixida burilish yasadi. Аynan shu vaqtda bir qator kompozitorlar ijodida keskin sakrash bilan Yevropa musiqasi lad tonal tizimini markazlashtirmaslik jarayoni yakunlandi va uning sifat jihatidan boshqacha musiqa, yaʼni qayta tugʼilishi boshlandi. Bu hodisa ilk bor Shyonberg ijodida namoyon boʼldi. Hodisaning mohiyati quyidagicha edi: klassik ladlarning funktsional moyilliklari ahamiyatli tarzda boʼshashdi, natijada avvallari usul va aniq fikrdan erkin boʼlgan lad tuzilmasi endi har bir alohida asarda (koʼp hollarda uning har bir lavhasida ham) mavzuviy majmua singari individuallashgan koʼrinishni oldi. Tabiiyki, lad tonal tizimni individuallashtirish uchun uning konstruktiv samarasini kamaytirishga toʼgʼri kelar edi. Lad tonal tizim yangi holatining alomati sifatida notertsiyali ohandoshlikning erkin harakati ham olinadi. Аvvallari faqat akkordli tovushlar akkordsiz tovushlar bilan birlashuvchi “tasodifiy” yoki figuratsiyali moslashmalar sifatida buning imkoni bor edi. Bunday ohangdoshlik kechki romantik garmoniyasidayoq harakat erkinligiga ega emasdi, ular qoʼshni akkordlar (yaʼni tertsiyali tuzilma ohangdoshliklari) bilan qattiq bogʼlangan boʼlib, albatta ulardan surilib yoki ularga yumshoq oʼtilardi. Musiqani tovushbalandligi tashkil etilishidan nomarkazlashuv tomon evolyutsiyasida ikkita turli xil yoʼl koʼzlandi: tonal aniqlik va diatonik asosning saqlanishi yoki tonal (umumiy) xromatizatsiyada ularni inkori orqali. Birinchi yoʼl orqali bir vaqtning oʼzida Stravinskiy, Prokofyev va Bartok (keyinroq Onegger, Xindemit, Shostakovich), ikkinchi yoʼldan esa bir necha yil ilgariroq Shyonberg, Vebern va (baʼzi bir kamchiliklar bilan Berg) bordi. 1909 yili Shyonberg ijodida ikkinchi – atonal deb nomlanuvchi davr boshlandi. Kompozitorning yangi musiqiy tili uning ladtonalligi klassik tizimini chidamlilik yuzasidagi sinovdan oʼtkazgan oxirgi tonal asarlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri tayyorlangan edi. Аmmo bevosita tinglash taassurotiga koʼra kompozitor oʼtmish bilan aloqani butkul uzadi.
Shyonberg ijodidagi nashr qilingan yiliga va opus raqamiga koʼra birinchi atonal asar (musiqa tarixida ham) deb hisoblanuvchi fortepiano uchun Uchta pьesasi or.11 ning (1909) boshlangʼich taktlari kabi taktlar uning avvalgi asarlarida umuman boʼlishi mumkin emas edi. Bu yerda mustaqil majmua sifatida keskin oxangdosh ges-fh-g tovushlarning birlashmasi oldinga chiqadi, bu birlashma kechki romantik garmonik talqinda faqatgina (agar mumkin boʼlsa) figuratsiyali hamohanglik sifatida oldinga chiqishi mumkin edi. Shyonberg pьesasining birinchi taktidayoq bu birlashma akkorddan kelib chiqmaydi va unga oʼtmaydi. Bunday boshlanish yakkalangan, koʼrilmagan hodisa emasligi darhol aniqlanadi (Birinchi kamer simfoniya va “Pelleas va Melizanda” simfonik poemasining baʼzi lavhalarida akkordlar huquqiga ega boʼluvchi kvartali ohangdoshliklardan farqli oʼlaroq), bunday boshlanish oʼzida bu asarning va yana boshqa koʼpgina shu kabi asarlarning muhim uslubiy meʼyorini oʼzida aks ettiradi, tonal aniqliklik butkul yoʼqoladigan holgacha yetib boruvchi ladtonallikdan ketishdan dalolat beradi.
Fortepiano uchun uchta pьesa va 1909 yilda yaratilgan orkestr uchun Beshta pьesa or.16 – kompozitor atonal davr instrumental ijodiyoti uchun xos boʼlgan namunalardir. Ularda musiqiy matoni mavzulashtirish ahamiyatli darajaga erishadi, ammo har bir pyesadagi mavzuiy unsurlarning oʼzi koʼpsonli va turli jinslidir, ularning birligi faqatgina assotsiativ darajadagina aniqlanadi. Impul’siv motivlarning katta tezlik bilan chatishib va ketma-ket keluvchi, ularning qatlamlashuvining quyuqligi va joʼshqin jadalligini doimo oʼzgartirib boruvchi uzluksiz oqim endilikda hech bir toifa qolipiga mos kelmaydigan shaklni hosil qiladi. Lad funktsionalligini rad etish natijasida musiqiy ochib berish toʼliq “qochish estetikasi” talablari bilan nazorat etiladi, bu esa musiqiy tuzilmaning inertsiyali kuchlarini batamom bostirishga olib keladi. Tovushbalandligi matosining intonatsiyali va garmoniyali kuchlanishi (napryajennostь), “musiqiy hodisalar” ning jipslashuvi (kontsentratsiya) va bu bilan bogʼliq boʼlgan musiqiy oqimning “informatsion zichligi” keskin koʼpayadi. Musiqa oʼzida kuchlanishdan qotib qolgan tahlikali qalb holatini mujassamlashtiradi. Ohang yozuvi sohasida yangi sifat – deklamatsiyali, nutqiy intonatsiyalarning ustuvorligini sezish mumkin. Bu bilan kompozitor ifodaning zaruriy intensivligiga erishadi, chunki joʼshqin inson bayonini imitatsiya qiluvchi kuylarning nutqiy oqimi kantilenali kuydan farqli oʼlaroq oldindan aniqlangan tuzilmali chegaralarga sigʼmaydi melodikaning bu ikki turining mutanosibligini, nasr va nazm orasidagi mutanosiblikka oʼxshatish mumkin). Deklamatsiyalilik kuylarning atayin “oqsoq” ritmikasiga, kuchli hissadagi ligalashgan tovush choʼzimi boʼyicha kuchsiz hissadagiga nisbatan kattaroq boʼlgan “notoʼgʼri” sinkopalarga ham taʼsir etadi, bu esa oʼlchovli urgʼuni sayozlashtiradi va melodik iboraga bayoniy erkinlikni beradi.
Yangilikni Shyonberg kuylarining grafik qiyofasida ham sezish mumkin: agar avvallari (ayniqsa “Yorugʼlashgan tun” da) ularda yumshoq pogʼonali harakatga asoslangan choʼzilgan qismlar (uchastki) uchrasa, endilikda katta ekspressiyali sakrashlar (ayniqsa katta septima va kichik nona dissonanslashuvchi intervallarga sakrashlar xosdir) ustuvorlik qiladi. Bu sakrashlar turli tomonga roʼy beradi, buning natijasida Shyonberg kuylari keskin chiqib-tushishli (perepad) egri siniq chiziq xarakterini oladi. Аytib oʼtilgan qirralar orkestr uchun Beshta pьesaning quyidagi mavzuli lavhalarida namoyon boʼladi: bu pьesalarning orkestr matosi ijroning nozik tembrli differentsiyasi, yoqimli oʼzgaruvchanligi orqali erishiladigan juda katta nafosati bilan ajralib turadi. Shyonbergning “Klangfarbenmelodie” (“tovushli boʼyoqlar kuyi”) gʼoyasi uchinchi pьesada (“Boʼyoqlar”) ayniqsa yorqin namoyon boʼlgan. Bunda bir xil akkordlarning tembrli aks etishi juda yumshoq oʼzgargan. 1911 yilda yaratilgan fortepiano uchun Oltita kichkina pьesalar, or.19 (oxirgi pьesaning motamona xususiyati Maler vafoti haqidagi xabar tufaylidir) musiqiy aforizm kabi yangi, oʼziga xos janrni namoyon etadi. Ular “qochish estetika” siga maksimal darajada mosdir: agar ochib berilgan (razvernutye) pьesalarning juda individuallashtirilgan kompozitsiyasida mikroreprizalik unsurlari hali saqlanib qolgan boʼlsa (ular mavzuiy unsurlar rivojlanishi davomida koʼrinishini oʼzgartiruvchi davriy qaytishlar bilan ifodalangan), Kichkina pьesalarda bunday qaytishlar yoʼqdir. Musiqiy mato nafaqat atonal, balki mavzusiz hamdir, yaʼni turgʼunlikning oxirgi omilidan ham holi. Bu yerdan esa asarlarning shakllaridagi lavhaviylik kelib chiqadi.
Аlbatta, Shyonberg uchun bu kabi “negativizm” yagona maqsad emas. Uning estetik tafakkuri umumiylikni, maʼlumlikni, shartlilikni rad etib, individuallikni, betakrorlikni, asllikni ushlab qolishga intiladi. Haqiqatan ham, pьesalar mos shakllarga toʼsatdan joylashtirilgan tabiat hodisalari taassurotini hosil qiladi. Bu maʼnoda Tomas Manning “Doktor Faustus” romanining qahramoni kompozitor Аdrian Leverkyunning soʼzlarini keltirish mumkin: “Faqatgina juda qisqa, juda zichlashtirilgan musiqiy daqiqa haqiqiy va jiddiydir”. Bu qahramon tisollaridan biri Shyonberg edi, bu borada Shyonberg asar muallifi bilan munozaralar olib bordi. Keyinchalik doimo musiqiy iboralarning koʼlamligiga moyil boʼlgan Shyonberg hech qachon bu kabi aforizm koʼrinishidagi shakllarga murojaat etmadi, ammo bu shakl Vebern uchun asosga aylandi.
Mazkur davrda yaratilgan asosiy vokal kompozitsiyalar – bir aktli musiqiy dramalar “Kutish” (Mariya Pappenxaym matni, or.17, 1909 y.) va “Baxtli qoʼl” (oʼzining matni, or.18, 1913 y.) hamda ovoz va kamer orkestr uchun melodramalar (vokal turkum) – “Oydin Pьero” (or.21, 1912 y.) kabi asarlarning shakllari ochiqroqdir. Mazkur davrda kompozitor uslubini ayniqsa “Kutish” va “Oydin Pyero” toʼliq namoyon etadi. Bir aktli “Kutish” monodramasi (bitta qatnashuvchi shaxsli opera) syujetida muhabbat va rashk, qoʼrquv va ilojsizlik motivlari chatishib ketgan. Tunda oy yoritib turgan oʼrmonda oq kiyingan ayol oʼz maʼshuqasini izlab yuribdi. Uning xavotiri tobora oshib bormoqda, yovvoyi, fantastik soyalar uning koʼziga koʼrinmoqda. Uning qalbi sevglisi taqdiri uchun qoʼrquv hissi bilan toʼladir. Nihoyat, u bir nimaga qoqilib ketadi: qay koʼz bilan koʼrsinki, oyoqlari ostida murda yotibdi. U qidirayotgan narsasini topganiga ishonishni istamaydi. Betartib shamolday oʼtib borayotgan hayolida boshqa ayolning obrazi namoyon boʼladi. Ilojsizlik sevgilisidan judo qilgan ayolga nisbatan nafrat hissi bilan almashadi. Tuman bilan yoʼgʼrilgan, bezargan tong otadi. I.I. Solertinskiy taʼbiricha, u musiqada ekspressionistlarcha “qichqirik drama”sini mujassamlashtirib, oliy xayajonlanish va qabul qilishning katta keskinligi onlaridagi inson kechinmalarini ifodalaydi. “Kutish”ning jadal rivojlanuvchi musiqiy matosi “qochish estetikasi” talablariga toʼliq javob beradi. U anʼanaviy tuzilmali tashkil qilishning eng kichik alomatlaridan ham holidir va butunlay mavzusizdir (bu maʼnoda monodrama, uning yirik koʼlamini hisobga olganda hatto XX asr musiqasi, Shyonberg ijodi uchun ham yagonadir). Monodramaning nomi oʼziga xos kayfiyatni tugʼdiradi: Shyonbergning yorqin ijodiy yutugʼi sifatida u oʼzining obrazli sohasi bilan kompozitor ijodini bir tomonlama tafakkur etish uchun sharoit yaratdi, yaʼni falokatni cheksiz ilojsizlikni kutish kayfiyati orqali ifodaladi.
Bunga kompozitor tomonidan aytilgan baʼzi fikrlar ham sabab boʼldi. Masalan, xatlarining birida Shyonberg amerikalik xoreograf M. Kreg aytib oʼtgan musiqasining tavsifini maʼqullaydi: “Makabr, mistika, oʼzi bilmagan narsani izlash, haqiqatdan qochish, kelajagimizdan qoʼrqish”. “Oydin Pyero» melodramasi ovoz va fleyta (pikkolo ham), klarnet (bas-klarnet ham), skripka (alьtni ham), violonchelь va fortepianoni oʼz ichiga olgan instrumental kvintet uchun yozilgan. Uning vokal partiyasi oʼziga xos, Shyonberg tomonidan kashf etilgan Sprechgesang, yaʼni “bayonli kuylash” – yarim kuylash, yarim deklamatsiya (birinchi bor bu usul Shyonberg tomonidan “Gurre qoʼshiqlari” da Bayonchi epizodik partiyasida kiritilgan edi) usulida yozilgan. Melodrama uchun matn boʼlib, belьgiyalik shoir Аlьber Jironing Otto Xartlebenning nemis tiliga tarjimasidagi shu nomli sheʼr turkumi xizmat qilgan. Turkum uch qismga boʼlinib, ularning har birida yettitadan nomer bor. “Oydin Pyero” musiqa tarixiga “ekspressionizm injili” sifati kirgandir. Аmmo bu yerda mazkur yoʼnalish uchun xos boʼlgan subʼektivlik omadsiz Pyero niqobi ostida yashiringan: Jiro sheʼrlarining mazmuni ham shundaydir, ulardagi koʼtarinkiemotsional sheʼriy olam nafaqat asabiy patetikali nasihat maʼruzalar va lirik qalb ochishlarlarni qichqiruvchi jadalligi bilan, balki hazil, baʼzida subʼektdan maʼlum chetlanishni nazarda tutgan niqoblar komediyasi ruhidagi qoʼpol mubolagʼa bilan ham ifodalangandir.
“Oydin Pyero”ning cholgʼu matosi gohida zich, gohida tarqoq jadal tovushli oqimni namoyon etib, unda kichikroq ansamblning (uning tarkibi har xil nomerlarda turlichadir) registrli va texnik imkoniyatlari faol qoʼllanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, musiqa tarbiyasi shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma’naviy va axloqiy madaniyatni musiqiy didni shakllantirish, har bir davr musiqasini bilishlari mumtoz musiqa va zamonaviy musiqa namoyondalarini bilishlari, musiqiy tasavvurlarini yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini, tashabbuskorlik qobilyatlarini kamol toptirishdir.
F. Shopen buyuk polyak kompozitori, polyak musiqasi klassikasini asoschisi. Shopen ijodida vatan tuyg’usi keng tasvirlangan. Musiqaning g’oyasini, mazmunini aniqlagan. Shopenning musiqasi birdaniga tan olindi. Chunki uning ijodini asosiy hususiyati, bu uning tushunarliligi va chuqur kuch bilan ta’sirchanligididadir. Shopen o’zining ijodida faqatgina fo-no bn chegaralandi. Fo-no bn adabiyot chegaralarini kengaytirib uning imkoniyatlarini mashxurlik bilan aniqladi. Shopen uchun fo-no bu ijodiy labarotoriya va ichchi kayfiyatlarni ifodalovchi doira bo’lib kelgan. Fo-no musiqasiga novator bo’lib miniature janrini boyitdi. An’anaviy prelyudiyalar etyudlar, valslar, naktyurnlar, yangidan aks ettirilgan. Milliy Polsha raqslari, mazurka, polonets, asosida yangi fo-no janrlarini yaratdi. F. Shopen ijodining asosiy mavzusida bu uning xalqini hayoti, turmushi, milliy adabiyotning obrazlari, ulug’vor o’tmishi sur’atlari birin ketin o’z ifodasini topdi. Vatan mavzusini Shopen turli shakllarda bitmas-tuganmas g’ayrat bn tasavvur etdi va uning ijodini mazmunini o’ziga hos hususiyatliligi va adabiy kuchini namoyon etdi. Shuning uchun biz yosh avlodga Shopenning naqadar buyuk va salohiyatli kompozitor ekanligi to’g’risidagi bilim va malakalarni yetkizimish zarur. Bundan tashqari, uning ulug’vor musiqa boyligi va betakror asarlarini ularning ongiga mustahkam singdirish bosh maqsadimiz bo’lishi zarur. Friderik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo‘lmagan Jelyazova Volya degan joyda dunyoga keladi. Shopenning onasi polyak, otasi fransuz bo‘lgan. Shopenning oilasi graf Skarbekning imeniyesida yashashgan. Otasi bu xonadonda uyo‘qituvchisi vazifasida ishlagan.O‘g‘li tug‘ilganidan keyin Nikolay Shopen Varshava litseyida (o‘rta bilim yurti) o‘qituvchi bo‘ladi va butun oila poytaxtga ko‘chib o‘tadi. Kichkina Friderik musiqa qurshovida ulg‘ayadi. Uning otasi skripka va fleyta chalar, onasi yaxshigina kuylar hamda biroz fortepiano chalardi. Friderik besh yoshga yetganidayoq katta opasi Lyudvika rahbarligida o‘rgangan murakkab bo‘lmagan pyesalami ijro eta olgan.
Tez orada Varshavada mashhur bo‘lgan chex musiqachisi Voysex Jivniy unga ustozlik qila boshlaydi. Sezgir va tajribali tarbiyachi sifatida u o‘z o‘quvchisiga mumtoz musiqaga, ayniqsa, I.S.Bax asarlariga bo’lgan muhabbatni singdirdi. Baxning klavir uchun prelyudiyalari hamda fugalari keyinchalik bastakoming ish stolidagi doimiy asarlarga aylangan edi.
Frederik bolaligidan musiqiy iste'dodni namoyon etgan va bu oilada har tomonlama qo'llab-quvvatlangan. Motsart singari, yosh Shopen ham musiqaga juda qiziqib qolgan va o'zining improvizatsiyalarida cheksiz tasavvurni namoyon etgan. Ta'sirchan va ta'sirchan bola pianino chalayotgan odamning ovoziga qarab yig'lab yuborishi yoki kechasi tushida musiqani chalish uchun to'shagidan sakrab chiqishi mumkin edi. 1818 yilda Shopenni mahalliy gazetada haqiqiy musiqiy daho deb atashdi va u Varshavada Germaniya yoki Frantsiyada unchalik ahamiyat bermaganligi haqida mish-mishlar yuribdi. 7 yoshida Shopen pianinochi Voytsex Jivniy bilan musiqani jiddiy o'rganishni boshladi. 12 yoshida Frederik endi eng yaxshi polshalik pianistlardan kam emas edi va murabbiy unga endi hech narsa o'rgatolmagani uchun o'qishni rad etdi. Shopenning keyingi o'qituvchisi bastakor Jozef Elsner edi. Birinchi chiqishi Varshavada, yetti yoshga to‘lganida sodir bo‘ladi. Konsert juda muvaffaqiyatli o‘tadi va tez orada Shopenning nomini butun Varshava biladi. Xuddi shu davrda uning dastlabki asarlaridan biri fortepiano uchun sol minor polonezi nashr etiladi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez o‘sib boradiki, u o‘n ikki yoshida eng yaxshi polyak pianinochilarining birontasidan ham kam emas edi. Jivniy yosh qobiliyat egasi bilan mashg‘ulotlar olib borishdan bosh tortadi. Bunga sabab qilib esa unga boshqa hech narsa o‘rgata olmasligini ko‘rsatadi.Bola musiqa mashg‘ulotlari bilan birgalikda yaxshigina umumiy ma’lumot ham oladi. Bolaligidayoq Friderik fransuz va nemis tillarida erkin gapira olar, Polsha tarixini katta qiziqish bilan o‘rganar, badiiy adabiyotni ko‘p o‘qirdi. U o‘n uch yoshida litseyga o‘qishga kirib, uch yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. O‘qish davomida boiajak bastakoming ko‘p qirrali iste’dodi namoyon bo‘la boshlaydi.
U yaxshigina rasm chizar, ayniqsa, karrikaturalar chizishga juda mohir edi. U mimika sohasida ham shu darajada yorqin qobiliyat egasi ediki,hatto teatr aktyori bo‘lishga ham munosib edi. Juda yoshligidanoq Shopen o‘tkir aqli, kuzatuvchanligi hamda haddan tashqari qiziquvchanligi bilan ajralib turardi. 1826-yilda Shopen litseyni tugatib, Varshava konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. Bu yerda Lining mashg‘ulotlariga tajribali pedagog va bastakor Iosif Eysner rahbarlik qiladi. Eysner juda tezlikda o‘z o‘quvchisining oddiy iste’dod egasi emas, balki favqulodda qobiliyatli ekanligini anglaydi. Uning qaydlari orasida o‘zi tomonidan yosh musiqachiga berilgan qisqacha tavsif saqlanib qolgan edi, bunda quyidagi ta’riflar keltiriladi: “G‘ayratli, qobiliyatli, Musiqiy daho”. Bu vaqtga kelib, Shopen allaqachon Polshaning eng yaxshi pianinochisi sifatida e’tirof etilgan edi. Uning bastakorlik iste’dodi ham kamolga erishadi.
Bunga 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun yozilgan ikkita konserti guvohlik beradi. Bu konsertlar (f-moll va e-moll) hozirgacha ham o‘zgarmagan holda jaranglab kelmoqda hamda barcha mamlakatlar pianinochilarining eng sevimli asarlaridan hisoblanadi. Mixail Oginskiy, Karol Kurpinskiy singari bastakorlar qiyofasida yaratilgan milliy an’anal'arga tayangan holda Shopen o‘z polonez va mazurkalarini yaratadi. Shuningdek, kompozitoming 1826-1828-yillar mobaynida yaratgan asarlari orasida Rondo va a-moll 68-mazurkasi, hamda Motsartning fantaziyasiga yozgan variatsiyalari musiqadagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi. 1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning konsertlari katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tadi. Kompozitorni birinchi darajali iste’dod egasi sifatida qabul qilishadi va Mosheles, Kalkbrenner, Gers singari o‘sha davming eng mashhur pianinochilari qatoriga qo‘yishadi. Shopen imperator Opera teatrida or. 2 ga variatsiyalar, fransuz bastakori Bualdening “Oppoq ayol” operasidan olingan mavzularga improvizatsiyalari hamda polyak mavzusidagi “Xmel”24 asarlari bilan chiqishlar qiladi. 1831-yilning kuzida Shopen Parijga keladi. Bu yerda u umrining oxirigacha yashaydi. Biroq Fransiya bastakorga ikkinchi vatan bo‘la olmaydi. 0 ‘z turmush tarzi bilan ham, ijodi bilan ham Shopen polyakligicha qoladi.
U hatto o‘limidan key in yuragini Vataniga olib borishni vasiyat qiladi.Shopen Parijni dastlab pianinochi sifatida “ishg‘ol qiladi”. U tinglovchilarini birdaniga o‘ziga xos va noodatiy ijrolari bilan lol qoldiradi. O‘sha paytlarda Parij turli-tuman mamlakatlardan kelgan musiqachilar bilan to‘lib-toshgan edi. Bu yerda opera teatri san’atining yulduzlari jamlangan edi. Jumladan, Ober, Galevi, Rossini, Meyerber, Bellini, Donisettilar juda katta shuhrat qozonishgan edi. Mashhur pianinochilar turkumini favqulodda iste’dod egalari - Kalkbrenner, Gers, Talberg, List boshqarardi. Ularning ijrosi ommani lol qoldiradigan texnik mukammalligi, jozibadorligi bilan ajralib turardi. Shopenning dastlabki konsert dasturlari shunday keskin ziddiyatda yangraganligi bejiz emas. Zamondoshlarining xotiralariga ko‘ra, uning ijrosi hayratli darajada ko‘tarinki va poetik bo‘lardi. Shopenning pianinochi va bastakor sifatida shuhrati oshgan sayin uning tanishlari doirasi ham kengayib boradi. Do‘stlari orasida List, buyuk fransuz bastakori Berlioz, fransuz san’atkori Delakrua, nemis shoiri Geynelar bor edi. Yangi do‘stlar qanchalik afzal bo‘lmasin, Shopen ustunlikni har doim vatandoshlariga berar edi.
U Vatan haqida, qarindosh-urug‘lar va do‘stlaming hayoti haqidagi suhbatlarga soatlab quloq tutardi. Bolalarcha qoniqmaslik bilan u polyak qo‘shiqlaridan huzur olar, ayrim yoqib qolgan she’rlarga esa ko‘pincha musiqa bastalardi. Ko‘p hollarda qo‘shiqqa aylangan bu she’rlar yana qaytib Polshaga borar va xalq mulkiga aylanib ketardi. Agar uning qadrdon do‘sti, polyak shoiri Adam Miskevich kelib qolguday bo‘lsa, Shopen birdaniga fortepianoga o‘tirar va uning uchun soatlab chalishdan tolmasdi. Shopen singari majburiyat yuzasidan xorijda, vatanidan uzoqda yashayotgan Miskevich ham vatan sog‘inchi bilan to‘lib-toshgan edi. Shopen musiqalarigina bu ayriliq og‘riqlarini birozgina yengillashtirar, uni o‘sha yoqqa, olis va jonajon Polsha tomonga yetaklardi. Miskevich sharofati bilan “Konrad Vallenroda” asaridagi keskin dramatizm tufayli uning birinchi balladasi paydo bo‘ladi. Shopenning ikkinchi balladasi ham Miskevich poeziyasidagi obrazlar bilan aloqador.
30 va 40-yillar Shopen ijodida eng samarali bo‘ldi. Bu davrda kompozitor mazmunan eng teran va ahamiyatli asarlarini yaratdi. Jumladan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi balladalari, b-moll va h-moll sonatalari, eng yaxshi polonezlari, shuningdek, polonezfantaziyalari, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi skerso va boshqa ko‘pgina asarlar yaratilgan davr bo‘ldi. Italyan bel cawtolaridagi kantilenalik - operaga xos rechitativ-deklamatsion unsurlar, slavyan qo‘shiqchiligi orqali o‘zgarib, moslashib shopencha individual melodizmni shakllantirdi. Operadagi teatrallik, manzaraviylik,polyak eposidan ruhlanish natijasida mahobatli qahramonona - epik ko‘rinishlarda o‘zining murakkab qayta o‘zgacha aksini topdi.
Uning Londondagi so‘nggi konserti (bu konsert uning hayotida ham so‘nggi konsert bo‘lib qolgan) polshalik muhojirlarga bag‘ishlangan edi. Shifokorlar maslahatiga ko‘ra u shoshilinch tarzda Parijga qaytadi. Bastakoming so‘nggi asari fa minor mazurkasi bo‘lib, uni muallifning o‘zi ijro eta olmas, faqat qog‘ozdagina aks ettirgan edi. Uning iltimosiga ko‘ra, Polshadan katta opasi Lyudvika keladi. Shopen opasining qo‘lida jon beradi.Shopenni dafn etish marosimi tantanali tarzda o‘tadi. Parijning eng mohir artistlari u yaxshi ko‘rgan Motsartning Rekviyemini ijro etishadi. Uning o‘z asarlari ham yangraydi, ular orasida orkestr ijrosidagi si bemol minor fortepiano sonatasidan Motam marshi ham bor edi.
Do‘stlari uning qabriga jonajon polyak tuprog‘i solingan ko‘zachani ham keltirishadi. Shopen Parijda, o‘z do‘sti Bellini qabri yoniga dafn etiladi. Uning yuragi esa, o‘z vasiyatiga ko‘ra, idishga solinib Polshaga, Varshavaga keltiriladi, u hozirgacha ham Ilohiy Xoch kostelida ehtiyotkorona saqlanib kelinmoqda.
Bastakorning otasi Nikolas Shopen (1771-1844). U 1806 yilda (1782-1861) Yustyna Kjijanovskaya bilan turmush qurgan. Omon qolgan dalillarga ko'ra, bastakorning onasi yaxshi ma'lumot oldi. U juda musiqiy, pianino chaldi, yaxshi qo'shiq aytdi, frantsuz tilida gapira boshladi. Frederikning onasi yoshligidanoq vujudga kelgan xalq qo'shiqlariga bo'lgan muhabbatidan qarzdor bo'lib, keyinchalik u o'z asarida va ilk musiqiy taassurotlarida aks ettirilgan. Bola tug'ilgandan bir muncha vaqt o'tgach, 1810 yilning kuzida otasi Varshavaga ko'chib o'tdi.
Jivniy Shopenning yagona pianino o'qituvchisi edi. U bilan birga o'qiganimizdan etti yil o'tgach, 1820 yillarning boshlarida Frederik J. Elsner bilan tadqiq qilishni boshladi. Bu vaqtga kelib uning iste'dodi juda rivojlandi. 1826 yilda Shopenning tarjimai holi yangi dalillar bilan to'ldirildi, iyul oyida Varshava maktabini tamomladi va kuzda o'qishni davom ettirish maqsadida Varshava Oliy musiqa maktabiga o'qishga kirdi. Bu erda Frederik yana uch yil o'qidi. Himoyachilar knyazlar Chetverinskiy va Anton Radzvill uni yuqori jamiyat bilan tanishtirishdi. Shopin tashqi ko'rinishi va tashqi ko'rinishida yoqimli taassurot qoldirdi. Bu haqda uning ko'plab zamondoshlari ta'kidlagan. Masalan, Liszt Frederikning taassurotlari "tinch, uyg'un" ekanligini aytdi.
Chet elda Shopenning badiiy karerasi 1829 yilda boshlangan. Vena, Krakovda o'z asarlarini ijro etadi. Varshavaga qaytib, u 1830 yil 5-noyabrda uni butunlay tark etadi. Uning vatanidan ajralishi uning doimiy yashirin qayg'usi - uyni sog'inishiga sabab bo'ldi. 1830 yilda Polshada mustaqillik uchun qo'zg'olonning boshlanishi haqida yangiliklar keldi. Shopen vataniga qaytib, janglarda qatnashishni orzu qilardi. O'quv-mashg'ulot lageri tugadi, lekin Polshaga ketayotib, uni dahshatli yangiliklar kutib oldi: qo'zg'olon bostirildi, rahbar qamoqqa olindi. Drezden, Vena, Myunxen va Shtutgartdan o'tib, 1831 yilda Parijga keldi. Yo'lda Shopin Shuttgartda bo'lgan paytida uning ruhiy holatini aks ettiradigan kundalik ("Shtutgart kundaligi" deb nomlangan) yozgan va u erda Polsha qo'zg'oloni qulaganidan tushkunlikka tushgan. Shopen musiqasi ona xalqiga g'alaba qozonishga yordam berishiga ishonardi. "Polsha yorqin, qudratli va mustaqil bo'ladi!" - shuning uchun u o'z kundaligida yozgan. Bu davrda Shopen o'zining mashhur "Inqilobiy Etude" asarini yozdi. 22 yoshida Shopen Parijda o'zining birinchi kontsertini o'tkazdi. Muvaffaqiyat tugadi. Shopen kamdan-kam hollarda kontsertlarda qatnashadi, lekin Polsha mustamlakasi va frantsuz aristokratiyasining salonlarida Shopenning shuhrati juda tez o'sdi, Shopen badiiy doiralarda ham, jamiyatda ham ko'plab sodiq muxlislarga ega bo'ldi. Kalkbrenner Shopen pianistligini yuqori baholadi, ammo unga darslarini taklif qildi. Biroq, bu darslar tezda tugadi, lekin ikki buyuk pianinochi o'rtasidagi do'stlik ko'p yillar davom etdi. Parijda Shopen o'zini yosh ijodkorlar bilan qurshab oldi, ular u bilan san'atga sodiq muhabbatni bo'lishishdi. Uning sheriklari orasida pianist Ferdinand Giller, selist Frankomme, oboyist Brodt, flutist Tulon, pianist Stamati, violist Vidal, violaist Urban bor edi. U o'z davrining eng yirik Evropa kompozitorlari bilan tanishishni davom ettirdi, ular orasida Mendelsson, Bellini, Lishts, Berlioz, Shumann bor edi.
Vaqt o'tishi bilan Shopen o'zini o'rgatishni boshladi; fortepianoga dars berish muhabbati, ko'p vaqtini unga bag'ishlagan kam sonli buyuk rassomlardan biri bo'lgan Shopenning o'ziga xos belgisi edi. 1837 yilda Shopen o'pka kasalligining birinchi hujumini sezdi (ehtimol bu sil kasalligi). O'ttizinchi yillarning oxirlarida, Georges Sandga (Aurora Dupinga) bo'lgan muhabbat, keliniga xayrlashishdan tashqari, unga ko'p qayg'u keltirdi. Mallorka (Mallorka) va Jorj Sand bilan birga bo'lish, Shopinning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatdi, u u erda kasallikdan aziyat chekdi. Shunga qaramay, Ispaniyaning ushbu orolida ko'plab buyuk asarlar, shu jumladan 24 ta prepudusiya yaratilgan. Ammo u ko'p vaqtini Frantsiyada, Jorj Sand Nohantda mulki bo'lgan qishloqda o'tkazgan. Ma'naviy sinovlarga to'la Jorj Sand bilan o'n yillik birga yashash, Shopenning sog'lig'iga jiddiy putur etkazdi va 1847 yilda u bilan bo'lgan tanaffus, unga jiddiy stressni keltirib chiqarish bilan birga, uni Nohantda dam olish imkoniyatidan mahrum qildi. Atrofini o'zgartirish va tanishlar doirasini kengaytirish maqsadida Parijdan ketishni istagan Shopen 1848 yil aprel oyida Londonga konsert berish va dars berish uchun bordi. Bu uning so'nggi safari bo'ldi. Frederik Shopenning so'nggi ommaviy kontserti 1848 yil 16 noyabrda Londonda bo'lib o'tdi. Muvaffaqiyat, asabiy, stressli hayot, Britaniya iqlimining namligi, eng muhimi, vaqti-vaqti bilan kuchaygan surunkali o'pka kasalligi - bularning barchasi oxir-oqibat uning kuchini yo'qotdi. Parijga qaytib kelgan Shopen 1849 yil 5 (17) oktyabrda vafot etdi. Butun musiqiy olam Shopindan qattiq qayg'urdi. Uning dafn marosimiga minglab ishqibozlari yig'ildi. Marhumning xohish-istaklariga ko'ra, uning dafn marosimida o'sha davrning eng mashhur san'atkorlari Motsartning "Rekvizem" ni ijro etishgan - bastakor Shopenni boshqalardan ustun qo'ygan (va uning "Rekvizem" va "Yupiter" simfoniyasini u eng sevimli asarlari deb atagan), shuningdek o'zining shaxsiy prezudasi ham bo'lgan. № 4 (E kichik). Pere Lachaise qabristonida, Shopenning kullari Luiji Cherubini va Bellinining qabrlari orasida dam olmoqda.
Bastakor o'limidan keyin uning yuragi Polshaga yetkazilishini vasiyat qildi. Shopenning yuragi, o'z xohishiga ko'ra, Varshavaga yuborilgan va u erda Muqaddas Xoch cherkovining ustuniga o'ralgan edi. Pianino uchun ko'plab asarlar muallifi. U ko'plab janrlarni yangicha talqin qildi: u premyerani romantik asosda jonlantirdi, pianino baladasini yaratdi, she'riyatli va dramatik raqslar - mazurka, polonayz, vals; scherzoni mustaqil asarga aylantirdi. Uyg'unlik va pianino matoni boyitilgan; klassik shakldagi ohangdor boylik va xayolot. Shopen asarlari orasida: 2 ta kontsert (1829, 1830), 3 sonat (1828-1844), xayolot (1842), 4 ballada (1835-1842), 4 skherz (1832-1842), bezak, nokturn, etud, vals, mazurkas. , pianino uchun polonezalar, preludes va boshqa asarlar; shuningdek, qo'shiqlar. Uning pianino chalishida hissiyotlar chuqurligi va samimiyligi inoyat va texnik mukammallik bilan uyg'unlashdi. 1849 yilda Shopen bastakorning tirik qolgan yagona fotosurati. Shopen asaridagi eng samimiy, "avtobiografik" janr bu uning valsidir. Rus musiqologi Izabella Xitrikning so'zlariga ko'ra, Shopenning haqiqiy hayoti va uning valslari o'rtasidagi bog'liqlik juda yaqin va kompozitorning valslar to'plamini Shopenning "lirik kundaligi" ning bir turi sifatida qabul qilish mumkin. Shopin qat'iylik va yakkalik bilan ajralib turar edi, shuning uchun uning shaxsiyati uning musiqasini yaxshi biladiganlarga oshkor bo'ladi. O'sha davrning ko'plab taniqli rassomlari va yozuvchilari Shopenga sajda qilishgan: bastakorlar Frants Litsz, Robert Shumann, Feliks Mendelsson, Jakomo Meyerbeer, Ignaz Moscheles, Gektor Berlioz, qo'shiqchi Adolphe Nurri, shoirlar Xaynrix Xayn va Adam Mikkievich, rassom Evgeniy Delakroix va ko'plab jurnalistlar. boshqalar. Shopen, shuningdek, uning ijodiy kredosiga qarshi bo'lgan professional qarshilikka duch keldi: masalan, uning hayotidagi asosiy raqiblaridan biri Sigismund Talberg, afsonaga ko'ra, Shopenning kontsertidan keyin ko'chaga chiqdi, baland ovoz bilan baqirdi va o'z hamrohi xijolat bo'lishiga javob berdi: butun oqshom faqat pianino edi, shuning uchun endi bizga kerak. kamida bir oz forte. (Uning zamondoshlarining guvohliklariga ko'ra, Shopin umuman forte o'ynay olmas edi; uning dinamik diapazonining yuqori chegarasi taxminan mezzo-forte edi.)
1795 yilda Polsha davlat sifatida qayta tiklanmaganligi sababli, Varshava, Napoleon urushlari natijasida, Rossiya imperiyasining bir qismi bo'lgan Shopen, g'arbga ketishdan oldin, Rossiya imperiyasining bir qismi bo'lgan hududda yashagan. Istisno hayotning birinchi yillari, 1815 yil 3 maygacha. Bu davrda bu hudud Varshava gersogligi, Frantsiya imperiyasining vassali qismi edi.
1830 yilda Polshada mustaqillik uchun qo'zg'olonning boshlanishi haqida yangiliklar keldi. Shopen vataniga qaytib, janglarda qatnashishni orzu qiladi. O'quv-mashg'ulot lageri tugadi, lekin Polshaga ketayotib, uni dahshatli yangiliklar kutib oldi: qo'zg'olon bostirildi, rahbar qamoqqa olindi. Shopen musiqasi ona xalqiga g'alaba qozonishga yordam berishiga ishonardi. "Polsha yorqin, qudratli va mustaqil bo'ladi!" - shuning uchun u o'z kundaligida yozgan. Frederik Shopenning so'nggi ommaviy kontserti 1848 yil 16 noyabrda Londonda bo'lib o'tdi. Bastakor o'limidan keyin uning yuragi Polshaga etkazilishini vasiyat qildi.
Shopen asarida Polshaning milliy raqslari: mazurkalar, polonezalar muhim o'rin egallaydi. Mazurka yoki Mazur - bu sakrash qadamining ustunligi bilan uch martalik kattalikdagi polshalik raqs. Mazurkalar uchun kuchli urishning ritmik parchalanishi, shuningdek, urg'ularning shiddatli o'zgaruvchanligi xarakterlidir: ko'pincha ular o'lchovning zaif tomonlarida joylashgan. Shopen o'zining birinchi mazurkalarini 14-15 yoshlarida yozadi. Qoida tariqasida, bu perky va quvnoq asosiy qismlar. Biroq, juda tez orada, Polsha to'pining atmosferasini qayta tiklaydigan bema'ni spektakllar bilan bir qatorda, toza lirik mazurkalar paydo bo'ladi, ular o'ychan, muloyim yoki ehtirosli ta'sirga ega. Ulardan ba'zilari nozik psixologiya bilan ajralib turadi, masalan, Shopen o'limidan oldin yozgan F-ning eng kichik mazurkasi (op. 68, № 4). Ba'zi mazurkalar - bu qishloq hayotining o'ziga xos rasmlari, tabiatning yorqin eskizlari. Ularning mohirona quvnoq yoki ta'sirchan lirik musiqalari xalq cholg'u ohanglari fonida yangraydi. Qopqog'i va trubkalari, qishloq skripkalari, "semiz Marini" ning hidi - uy qurilishi qo'shni (C majordagi mazurkalar, op.).
Shopen o'zining mazurkalarini yozishda nafaqat xalq mazurining, balki boshqa qishloq raqslarining harakatiga va xarakteriga ham tayangan. Uning mazurkalari ba'zi epizodlarida yumshoq valsga o'xshash ohanglar rustik kuyaviak yoki chaqqon oberek kabi yangraydi. Ko'pincha Shopenning mazurkasida bu uch turli Polsha xalq raqslarining uchtasi mavjud. Hammasi bo'lib, Shopen 60 ga yaqin mazurkalarni yozgan. Mazur ritmlari Shopenning boshqa asarlarida, ikkinchi Rondosida, polonayzalarning o'rta qismlarida, qo'shiqlarda (Desire, Party) mavjud. Shopen bolaligida birinchi polonizalarni yaratgan. Uning yosh polononalari (asarlarning asosiy ro'yxatiga kiritilmagan) o'zlarining ifoda etilgan ohangdorligi va naqshli naqshlari bilan 18-asr oxiri - 19-asr boshlarida Polsha bastakori Mixail Oginskiyning polonizalariga o'xshashdir. Poloniza yoki Polsha 16-asrdan beri Polsha shaharlari hayotida keng tarqalgan. Bu uch martalik kattalikdagi katta yurish, kuchli jangning o'ziga xos ritmik parchalanishi bilan jangchilar-ritsarlarning erkak "oyoq raqsi" edi. 18-asrda polonay Yevropada to'pni ochadigan tantanali marosim sifatida keng tarqaldi. Shopinning ijodiy kamolot davridagi polonizalari - qahramon-epik yoki dramatik tabiatga asoslangan keng she'rlar. F. Liszt shunchaki yozganki: "... Polonayzalarning baquvvat ritmlari eng inert va befarq bo'lganlarni titratadi va elektrlashtiradi. Polonayzalarning aksariyati tabiatan jangovar bo'lib, jasorat va jasoratni ifodalashning soddaligi bilan birlashtiradi. Ular xotirjamlik, ongli kuch, qat'iyatlilik bilan nafas olishadi ... Shopenning ba'zi polonalarini tinglash, inson hayotidagi eng nohaq adolatsizlarga qarshi jasorat bilan harakat qilayotgan odamlarning qattiq va qattiq bosishini ko'rgandek bo'ladi. "Ko'pgina polononlarda Shopen Polsha xalqining milliy mustaqillik uchun shiddatli va dramatik kurashlari, g'alabaga intilishi haqida hikoya qiladi. Ba'zi bir polononlarda o'tgan asrlardagi Polshaning buyukligi haqidagi rasmlar paydo bo'ladi, boshqalarida xalqning qayg'uli azob-uqubatlari, ularning mag'rur va olovli musiqasida, porloq kelajak uchun kurash olib borishga da'vat yorqin namoyon bo'ladi. Bu qattiq yaltiroq lazzat ulkan ichki zo'riqish bilan birlashtirilgan E-yassi-mayda polonayz. Tez dinamik o'sish avjiga chiqadi - otashli g'azabning bir turi. Musiqa endi shikoyat va umidsizlikning ovozi bilan emas, balki kurashishga qat'iy qaror bilan. A tekis tekislikdagi yorqin va jasoratli poloniza Polsha zaminining ulug'vorligi va shon-sharafining monumental rasmini chizadi.
O'rta epizodda, yaqinlashib kelayotgan otliqlarning o'lchanadigan qichqirig'i eshitiladi. Ushbu fonda shov-shuvli muxlislar ovozi eshitiladi. Bir kishi o'z yo'lidagi barcha to'siqlarni o'chirib tashlashga qodir, oldinga intilib bo'lmaydigan va kuchli harakat haqida taassurot qoldiradi. 19-asrning boshqa bastakorlari singari, Shopen ham valsni bastalagan. Ulardan o'n ettitasi bor. Oddiy avstriyalik va nemis xalq raqslaridan kelib chiqqan holda, vals 19-asrda Yevropaning eng sevimli raqsiga aylandi. Uning chayqalgan "uchib ketadigan" harakati darhol romantik bastakorlarning e'tiborini tortdi. Valsni nazarda tutgan holda, Shopin ushbu oddiy kundalik raqsni she'riy tarzda ifodalaydi. Valsning ko'p qismi uch qismli strukturaning keng rivojlangan asarlaridir. Ularning yorqin kontrastlari bor. Ular badiiy dizayni va tasvirlari bilan xilma-xildir. Ular orasida xayoliy lirik ohanglari keng ohangdor ohanglar mavjud, boshqalari tezkor burilish harakati, uchuvchanligi bilan ajralib turadi. Shopen shuningdek, kontsertning valsiga bastalangan. Uning hayoti davomida Shopen sakkiz valsni nashr etdi. O'limidan so'ng, uning yoshligida yaratilgan valslar bosilib chiqdi. Memory Shopen ko'plab pianinochilar repertuaridagi asosiy bastakorlardan biri. Uning asarlari yozuvlari eng yirik rekord kompaniyalarning kataloglarida paydo bo'ladi. 1927 yildan beri Varshavada Xalqaro Shopen fortepiano tanlovi bo'lib o'tdi. Lev Oborin, Yakov Zak, Bella Davidovich, Galina Cerny-Stefanska, Mauritsio Pollini, Marta Argerich taniqli pianistlar orasida g'olib bo'lganlar. 1934 yilda Varshavada Shopin universiteti tashkil etildi, keyinchalik u Jamiyatga aylantirildi. Shopen. Jamiyat bir necha bor Shopenning asarlari va uning faoliyati haqida maqolalarni nashr etgan. 1949-1962 yillarda. Polshalik musiqashunos Lyudvik Bronarski Shopenning "Fr. Shopen, Dzieya wszystkie, PWM, Krakov.
Merkuriydagi kraterga Shopenning nomi berilgan. 1960 yilda Shopenga bag'ishlangan SSSRning pochta markasi chiqdi. 2001 yilda Okecie aeroportiga (Varshava) Frederik Shopenning nomi berilgan. 2010 yil 1 martda, Varshavada qayta qurish va modernizatsiya qilishdan so'ng, Frederik Shopen muzeyi ochildi. Ushbu tadbir Polshaning taniqli bastakori va musiqachisi tavalludining 200 yilligiga to'g'ri keladi. 2010 yil Polsha Respublikasi Seymlari qarori bilan "Shopen yili" deb e'lon qilindi. 2 dekabr 2010 yil Qozoq milliy konservatoriyasida. Shopen yili munosabati bilan Polsha elchixonasi Frederik Shopen nomidagi kontsert zalini ochdi. 2011 yilda Rossiyada Irkutsk musiqa kolleji F. Shopen nomini oldi.
Shopenning bastalash texnikasi juda noan'anaviy va ko'p jihatdan o'z davrida qabul qilingan qoidalar va uslublardan uzoqlashadi. Shopen musiqaning benuqson yaratuvchisi bo'lgan, u G'arb musiqasiga birinchilardan bo'lib noma'lum slavyan modal va intonatsion elementlarini kiritgan va shu tariqa 18-asr oxiriga kelib rivojlangan klassik garmonik tizimning daxlsizligini buzgan. Xuddi shu narsa ritmga taalluqlidir: Polsha raqslarining formulalaridan foydalangan holda, Shopen G'arb musiqasini yangi ritmik naqshlar bilan boyitdi. U o'zining mutlaqo o'ziga xos ohangdor, garmonik va ritmik tilining tabiatiga eng mos keladigan lakonik, o'ziga xos musiqiy shakllarni yaratdi. Kichik fortepiano bo'laklari: Ushbu bo'laklarni deyarli ikki guruhga bo'lish mumkin: asosan "yevropa" ohangdor, uyg'un, ritmli va o'ziga xos lazzatda "polyak". Birinchi guruhga etudlarning ko'p qismi, preludalar, sherzolar, nokturnlar, balladalar, ekspampu, rondolar va valslar kiradi. Xususan, polyaklar mazurkalar va polonayzalardir. Shopen o'ttizga yaqin etyudlardan iborat bo'lib, ularning maqsadi pianinochiga ma'lum badiiy yoki texnik qiyinchiliklarni engib o'tishga yordam berishdan iborat (masalan, parallel oktavalarda yoki uchinchi qismlarda parchalarni ijro etishda). Ushbu mashqlar bastakorning eng katta yutuqlaridan biridir: Bax singari. Shopenning etyudlari yaxshi kayfiyatda ishlaydigan klavierlar uchun, avvalambor bu ajoyib musiqa, bundan tashqari, asbobning imkoniyatlarini juda yaxshi ochib beradi; didaktik vazifalar bu yerda fonga aylanadi, ko'pincha ular hatto eslab qolinmaydi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir davr va har bir oqim o‘ziga yarasha rivojnalish va evolyutsiyani talab qiladi. Insonning musiqiy ehtiyojlariga qarab yangidan yangi oqim va janrlar yuzaga chiqaveradi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, yangi oqim va janrlar vujudga kelgani sayin unga nisbatan talab ham ortadi. Talab ortdi degani bu - badiiy adabiyot va manbalarni qayta tahrirlash kerak deganidir. Ming afsuski, XX asrdan keyin paydo bo‘lgan oqim va janrlar haqida deyarli ma’lumot va badiiy manbalar mavjud emas. Bu esa kelajakda yosh avlodga o‘qitilishi kerak bo‘lgan sistemani izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Balki haliveri bu sohada izlanishlar endi olib borilayotgandir? Balki ushbu aktual mavzu 5-6 yildan so‘nggina yoritila boshlar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ehtiyoj ortgan sari talabgorlar ko‘payadi. Demak musiqa davrlar evolyutsiyasidan to‘xtagani yo‘q va u rivojlanish va o‘zgarishta davom etmoqda.
Impressionizm – XIX – XX asrlarda Frantsiyada paydo bo'lgan rassomchilik yo'nalishi bo'lib, u hayotning bir lahzasini o'zining barcha o'zgaruvchanligi va harakatchanligi bilan tasvirlashga qaratilgan badiiy urinishdir. Impressionistlarning rasmlari yuqori sifatli yuvilgan fotosuratga o'xshab, ko'rilgan voqeaning davomini fantaziyada jonlantiradi. Ushbu maqolada biz dunyodagi eng mashhur 10 ta impressionistni ko'rib chiqamiz. Yaxshiyamki, o'n, yigirma yoki hatto yuzdan ortiq iste'dodli rassomlar bor, shuning uchun siz bilishingiz kerak bo'lgan nomlarga to'xtalib o'tamiz. Impressionizm (frantsuzcha Impression - taassurot) - 19-asrning oxirgi uchdan bir qismi – XX asr boshlaridagi san'at yo'nalishi. Eng to'liq ifoda frantsuz rasmida edi. Syujetni (masalan, akademizmga xos) rad etgan impressionist rassomlar birinchi taassurotning mustahkamligi va yangiligini saqlab qolishga intilishdi, bu sizga rasmda o'ziga xoslikni qo'lga kiritish imkonini beradi. xarakter xususiyatlari. Impressionizm musiqa, adabiyot va haykaltaroshlikda o'z ifodasini topdi.
Impressionistlar inson va tabiat mavjudligining alohida lahzalarini qo'lga kiritishga intiladilar, ular kichik vaqt davrlaridan tashqariga chiqmasdan, hamma narsada hayotni ushlash va ochib berishga intilishadi. Ular haqiqatga shoshilishadi, lekin haqiqatni tushunishning o'zi biroz qashshoqlashtirmoqda. Ular yozayotganlari haqida oldindan hech narsani bilishni xohlamaydilar, ular faqat ko'rishni xohlashadi, faqat kuzatishadi. Agar realistlar uchun haqiqat xalq tajribasi bo'lsa, bu uzoq vaqt davomida olingan bilim bo'lsa, impressionistlar uchun haqiqat - bu rassomning o'zi tajribasi, bu uning atrofidagi tafakkurdan olgan taassurotidir. Ular individual hodisalar va ularning bir-biri bilan aloqasi haqida chuqur bilimga asoslangan murakkab tipik tasvirlardan voz kechishadi, lekin shu bilan birga ular hayotni doimiy harakat, o'zgarish sifatida tushunishadi, suratga olish va tasvirda ko'rsatish uchun go'zal vositalarni topadilar. hayotning eng hayajon.
Faqat to'g'ridan-to'g'ri taassurotlardan iborat bo'lgan impressionistlar o'zlarining ijodini cheklab qo'ygan va qashshoqlashtirgan. Ular bor-yo‘g‘i bir kun yashab, Parij va Fransiyaning qahramonlik o‘tmishini eslashni, uning kelajagi haqida o‘ylashni, atrofdagi barcha kuchayib borayotgan ijtimoiy qarama-qarshiliklarni payqashni xohlamadilar. Ba'zi impressionistlar bu cheklanishni tushunarsiz edilar va kattaroq ijtimoiy va qahramonlik mavzularini orzu qilishdi. Renoir zamonaviy san'atning pasayishi haqida gapirdi va asosiy sabab Bu idealning yo'qligi deb hisoblangan.
1870-yillarning oxiriga kelib, impressionizm o'zini yo'qotdi, umidsiz bo'lib chiqdi va bu ularga ergashgan impressionistlarning ko'plab yosh zamondoshlari san'at maqsadlarini faqat ixtiroda ko'ra boshlaganlarida rol o'ynadi. yangi rangtasvir usullaridan, o'z-o'zidan shakl ustida ishlashda, ya'ni formalizm yo'lidan bordi.
|
| |