|
I BOB. IMPRESSIONIZM TUSHUNCHASI VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI
|
bet | 2/7 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 73,57 Kb. | | #149124 |
Bog'liq Yusufjonova 1I BOB. IMPRESSIONIZM TUSHUNCHASI VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI
Musiqada impressionizmning shakllanish tarixi
Impressionizm G’arbiy Yevropa san’atida XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida paydo bo’lgan oqim bo’lib avval tasviriy san’atda, keyin esa she’riyat va musiqada rivojlandi. «Impressionizm» so’zi fransuzcha bo’lib, «taassurot» degan ma’noni bildiradi.
Borliqdan, atrof muhitdan olingan taasurotni bir lahzali o’tkinchi lavhalarda, bir-birini almashtirib turadigan obrazlarda tasvirlashga intilish – bu ijodiy uslubning asosidir.
Impressionizm uslubi dastlab frantsuz rassomlari Eduard Mane, Klod Mone, Ogyust Renuar, Edgar Dega, Kamil Pisarro asarlarida namoyon bo’ldi. Musiqa san’atida esa impressionizm frantsuz kompozitorlari Klod Debyussi va Moris Ravel ijodida qaror topdi. Bu kompozitorlar butun hayotiy va ijodiy yo’li davomida doimiy izlanish, yangi mavzu va syujetlar, yangi musiqa ifoda vositalarini izlab topish bilan shug’ullandilar.
Impressionist rassomlar va kompozitorlar ijodida umumiy mavzular paydo bo’ldi. Ular o’z asarlarida turli hayotiy sahnalar va epizodlar, kishilarning portretlari va ayniqsa peyzajlarni tasvirlashga katta e’tibor berdilar. Shuningdek badiiy uslubda ham umumiyliklar sezildi. Imperessionist rassomlar ham kompozitorlar ham hodisadan olingan eng birinchi, ilk taasurotni asarlarida ko’rsatib berishga harakat qilganlar. Shuning uchun bu ijodkorlar yirik shaklli asarlar emas, asosan kichik shaklli asarlar -miniatyuralar yaratganlar. Racsomlar yirik kompoziciyalar o’rniga portret va etyudlar chizganlar. Kompozitorlar esa simfoniya va operalar o’rniga fortepiano va orkestr ijrosi uchun kichik xajmdagi asarlar yozdilar. Chunki eng dastlabki taasurotni ifodalab berish uchun yirik asarlar yozish shart emas. Debyussi va Ravel yangi musiqiy obrazlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan yangi musiqa ifoda vositalarini qidirib topdilar. Bunda ular musiqaning rang-barang, go’zal va bejirim bo’lishiga hizmat qiladigan vositalarga alohida e’tibor berdilar. Lad, garmoniya metr va ritm, cholg’ulashtirish kabi ifoda vositalarini o’ziga xos va boshqacha bo’lishiga erishdilar. Kuy (melodiya)ning asosiy ifoda vositasi sifatidagi mavqei pasaydi. Uning o’rniga kompozitorlar turli ladlar – pentatonika, xalq musiqasi ladlaridan doriya, frigiya, miksolidiya va boshqalarni, xususan butun tonli gammani ko’p qo’lladilar. Klassik garmoniya va akkordlar o’rniga ko’proq tovush brikmalaridan foydalanish ham impressionistik musiqaga o’ziga xos xususiyat bag’ishladi.
Impressionist kompozitorlar musiqaning programmalilik xususiyatiga katta e’tibor berdilar. Chunki dastursiz bunday asarlarni tinglovchi tushunishi qiyin.
Debyussi va Ravel o’z ijodida tarixiy, qahramonlik va ijtimoiy mavzularga deyarli e’tibor bermaganlar. Aytib o’tilganidek musiqiy peyzaj, hayotiy manzaralar va musiqiy portret ular ijodidagi asosiy mavzulardir. Ertak va afsonalarga ham kam e’tibor berganlar. Bu kompozitorlar asarlarida insonning tabiiy kechinmalari, ba’zan dramatik va fojiali, ko’proq quvonchli tomonlari aks ettirilgan. Shuningdek ko’p asarlar tinglovchiga tabiatning go’zal obrazlari va dunyosini yangidan ochib beradi. Ifoda vositalarini yangiligi, go’zalligi va o’ziga xosligi buning asosiy sababidir.
Klod Debyussi ijodi.
Klod Debyussi XIX-asr oxiri XX-asr boshida yashab ijod qilgan buyuk frantsuz kompozitori, fortepiano ijrochisi va musiqiy tanqidchisidir.
Debyussi musiqa san’atidagi impressionizm uslubining asoschisidir. U o’z ijodida frantsuz musiqa an’analariga - klavesin uchun asarlar yaratgan F.Kuperen va J.F.Ramo, lirik operalar va romanslar yozgan Sh.Guno va J.Massne erishgan natijalarga tayangan holda o’z faoliyatini olib borgan. Debyussi dunyoqarashiga rus klassik kompozitorlari - M.P.Musorgskiy va N.A.Rimskiy-Korsakovlar ijodi kuchli ta’sir ko’rsatdi. O’z ijodida turli tajribalarni umumlashtirgan K. Debyussi o’z uslubini yaratdi va impressionizmning birinchi namoyondasi sifatida musiqa san’ati tarixida qoldi.
Debyussi ijodiga frantsuz impressionist rassomlari K. Mone, E. Mone, E. Dega, K. Pisarrolar yaratgan asarlar ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. Debyussi ular kabi musiqa asarlarida bir lahzali o’tkinchi tassurotlarni, inson hissiyoti va tabiat hodisalarining eng nozik belgilarini ifodalab berdi. Kayfiyatlarning tez-tez o’zgarib turishi, noziklik va nafosat, kuylar tuzilishidagi erkinlik, go’zal va rang-barang garmoniyalarni ishlatish Debyussi asarlariga xos xususiyatdir.
O’zi ajoyib fortepiano ijrochisi bo’lgan kompozitor tamoman yangi fortepiano ijro uslubini yaratdi. Shuningdek simfonik orkestr uchun yozgan asarlarida
Debyussi orkestr ifoda vositalarini yanada boyitdi, yangi rangdor tembr buyoqlarni qidirib topdi. Debyussi ko’p janrlarda ijod qildi. Uning "Pelleas va Melizanda" operasi, "O’yinlar" nomli baleti, "Daydi o’g’il" va "Franciyaga madhiya" nomli kantatalari mashhur. Simfonik orkestr uchun yozilgan "Favnning kun yarmidagi oromi", "Noktyurnlar", "Dengiz" nomli uch manzara, "Obrazlar" nomli asarlari doim ijro etiladi. Debyussining kamer ansambllari uchun yozilgan asarlari va fortepiano asarlari ham katta e’tiborga loyiq.
Moris Ravel ijodi.
XIX-asr oxiri XX-asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan frantsuz kompozitori Moris Ravel jahon musiqa madaniyatining yirik namoyondasidir. Uning ijodi Fransiya musiqa san’atidagi yorqin va o’ziga xos hodisadir. Yuksak madaniyat sohibi bo’lgan Ravel frantsuz adabiyoti va tasviriy san’atini sinchiklab o’rgandi. Ayniqsa imperessionist rassomlar asarlari unda katta taasurot qoldirdi va ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ravel xalq musiqiy ijodiga, ayniqsa ispan xalq musiqasiga katta qiziqish bilan qaradi. U o’z ijodida ham ispan mavzusiga katta etibor berdi. Onasining ispan millatiga mansubligi va ustozi Sharl Berio ispan musiqasining katta muxlisi bo’lganligi buning sababidir. Ravelning kompozitor sifatida shakillanishida rus klassik kompozitorlari A. P. Borodin, N. A. Rimskiy-Korsakov va ayniqsa M. P. Musorgskiylar ijodining ta’siri juda kuchli bo’ldi.
Ravel Musorgskiyning "Ko’rgazmadan suratlar" nomli asarini orkestr ijrosi uchun mosladi. "Ispan soati" nomli operasini yozishda esa Musorgskiyning ijodiy uslublarini qo’llaganini o’zi ehtirof etdi.
Ravel turli janrlarda ijod qilgan. Uning simfonik orkestr uchun yozgan "Ispan rapsodiyasi", "Bolero", "Vals" kabi asarlari nihoyatda mashhur. "Ispan soati" nomli operasi, "Bolalar va mo’jizalar" nomli opera-baleti doim namoyish qilinadigan asarlardir.
Ravel turli davrlarda mashhur bo’lgan raqs ritmlariga juda qiziqqan Bu ritmlar uning "Dafnis va Xloya" baleti, "Balero", "Olijanob va sentimental valg’slar" kabi asarlarida ko’rsatib berilgan. Ravelning garmoniya, ritm va ladlar borasida ochgan yangiliklari XX-asr musiqa san’atida yangi uslubiy oqimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Yetuk Impressionizm asarlari yorqinligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Impressionizm xususiyatlari neoimpressionizm va postimpressionizmda taraqqiy etdi. Amerikada J. Uistler, Germaniyada M. Liberman, L. Korint, Rossiyada K. A. Korovin, I. E. Grabar va b. ijodi Impressionizm rivojiga hissa boʻlib qoʻshildi. 1880 — 1910-y. larda Impressionizm koʻp rassomlar ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bu vo-qelikni yangi tomonlarini oʻzlashtirishda, plener usullarini egallashda namoyon boʻldi. Impressionizm qoidalari haykaltaroshlikda turli darajada oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlardan fransuz O. Roden, italiyalik M. Rosso, rus P. P. Trubeskiy, A. Golubkina va b. oʻz asarlarida harakatni, harakat paytida shakl oʻzgarishlarini ifoda etdilar.
Impressionist rassomlar ijodi oʻzbek rangtasvir sanʼati rivojida ham oʻz ifodasini topdi. Oʻzbekistonlik rassomlar L. Bure, O. Tatevosyan, P. Benkov, 3. Kovalevskaya, A. Mirsoa-tov va b. ijodida shu taʼsir seziladi.
Musiqada — I. Fransiya kompozitorlari ijodida 1880—90 y. larda paydo boʻlgan (K. Debyussi, keyinchalik M. Ravel, P. Dyuka va b.). 20-a. boshidan Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham tarqalgan (Ispaniyada M. de Falya, Italiyada O. Respigi, A. Kazel-la, Polshada K. Shimanovskiy va b.). Musikiy Impressionizmga tabiat manzaralari, tash-qi dunyo hodisalarini kuzatish jarayo-nida yuzaga kelgan his-tuygʻularni, no-zik ruhiy holatlarni aks ettirish xosdir. Asarlar tembr va garmoniyaning rang-barangligi, shakl rivojining erkinligi, ritmikasining beqarorligi bilan ajralib turadi.
Adabiyotda — I. ning bir necha us – lubiy yoʻnalishlari kuzatiladi. «Psixologik Impressionizm» yoʻnalishida yaratilgan asarlar, ayniqsa, mashhur. Garchi bu yoʻnalishning asoschilari aka-uka Gonkurlar hisoblansada, yangicha shakldagi ruxiy taxlillarga boy asarlarni K. Gamsun, T. Mann, S. Sveyg, ayniq-sa, M. Prust ijodida koʻplab uchratish mumkin.
20-a. oʻrtalariga kelib Impressionizm uslub sifatida oʻz umrini tugatgan boʻlsada, turli mamlakatlar ijodkorlari orasida bu yoʻnalishda asarlar yaratayetgan yoxud ijodiy evolyutsiyasining muayyan bosqichida unga ergashgan yozuvchilar topiladi. Xususan, oʻzbek adiblaridan X. Doʻstmuhammad («Koʻz qorachigʻidagi uy», «Jajman» va b.), N. Eshonqul («Maymun yetaklagan odam» va b.) ijodida shu yoʻnalishning taʼsiri seziladi.
Fransuz san’ati va madaniyatida imprеssiоnizm yo`nalishi adabiyotda, amaliy san’at va musiqada еtakchi o`rin egallay bоshladi.Amaliy san’atda imprеssiоnizm yo`nalishi kirib kеlishi juda qiyin kеchgan, o`rnatilgan ijоd qоnunlariga qarama-qarshi хarakat qilgan imprеssiоnistlar o`z asarlarida rеal хayotni ifоda. Ular Parij ko`cha va хiyobоnlarini, quyosh nuri to`lib turgan хоvuzlar, хvlq sayli va bayramlar, оddiy ishchi va dехqоnning хayotiga оid lavhalar tasvirlangan. Imprеsiоnistlar afsоna, tariхi va adabiy qaхramоn mavzularidan vоz kеchib samimiy rеal hayt va zamоndоshlar hayotini ifоdaladilar. Yangi san’at turini shiоri: “San’at arbоi, yozuvchi va kоmpоzitоrlar ko`rganlarini qanday bo`lsa shunday yozish kеrak”.
Imprеssiоnizm amaliy san’atda yangi nоmlarni kashf etdi. Eduart Manе, Klоd Manе, Pеr Оgyust, Rеnuar, Pоl Sеzann, Kamil Pisarrо va Edgar Dеga. Musiqada imprеssiоnistik оqimining ilk vakillari XIX- asr 90-yillarida shakllandi. Bu Klоd Dеbyussi va Mоris Ravеl edi. Bu davrda Fransuz kоmpоzitоrlaridan Sеn-San, Jyul Masnе va bоshqa kоmpоzitоrlar ham ijоd qilishgan. Fransuz kоmpоzitоrlaridan Vagnеr uslubi ta’sirida ijоd qilgan G. Bеrliоz, Sh. Gunо, J.Bizеlar ham shular jumlasidan.
Anri Barrо “Fransiya va G`arb musiqasi” asarida shunday dеb yozgan: “Bu davrda Vagnеr ta’siriga qarshi chiqish uchun kеng egnida mustahkam bоshga ega bo`lish kеrak. Manе va K. Dеbyussi Bilan оzоdlik kеldi. Tiniq va yorug` bilimli, istе’dоdli buyuk va to`g`ri yo`nalishga ega shaхslar”.
Imprеssiоnizm yo`nalishiga K. Dеbyussining kiritgan yangiligi XX- asr Fransuz musiqasini jahоn musiqa madaniyatida еtakchi o`ringa оlib chiqdi va asоsiy yo`nalishlardan biri bo`ldi. “Imprеssiоnizm” so`zi K.Dеbyussi asarlariga nisbatan 1887-yilda ilk bоr qo`llana bоshlandi. “Bahоr syuitasi”, хоr va оrkеstr uchun yozgan asarini tashdimоtida Fransuz musiqa akadеmiyasi a’zоlaridan birisi shunday dеgan: “Bu asarda bеzak va chirоy haddan tashqari. Shakl va sur’at ikkinchi darajada. K.Dеbyussi bu chirоydan ya’ni imprеssiоnizmdan uzоqrоq bo`lib yurishi kеrak, chunki imprеssiоnizm san’at asarining dushmanidir”. Kеyingi yillarda imprеssiоnizm so`zi g`оyaviy kurash bilan bоg`liq badiiy fikr va san’at turlaridan kеlib chiqqan.
1906-yilda Fransiya K.Dеbyussini imprеssiоnistik musiqaning asоschisi dеb tan оlgan. Fransuz tanqidchilari taqiqlashicha bu yo`nalish o`z davrida klassik va rоmantik musiqasini garmоnik akkоrdlaridan vоz kеchib, o`ziga хоs uslub bo`lganligini yozishgan. Imprеssiоnistlar - yangi ifоda vоsitalarini qo`llashda хalq ladlari pеntatоnika, nоnakkоrd va undan оrtiq tоvushlardan ibоrat akkоrdlarni qo`llashgan. Chоlg`u musiqada va оrkеstrlashda ko`p o`zgarishlar kiritilgan. K. Dеbyussi o`zi imprеssiоnizm so`zini juda yomоn ko`rgan va albatta tariхda imprеssiоnist sifatida nоm qоlidirishni hayoliga ham kеltirmagan. Imprеssiоnist оqimida bo`lish dеgan bu rеallikni sh9aхsiy tuyg`ular, ichki оvоz оrqali har bir buyumni jоnlantirish dеmakdir. K. Dеbyussining “Оltin baliqchalar”, “Yoprоqlar оrasidagi qo`ng`irоqlar” asarida tехnik ifоda etud uslubida yozilgan. K. Dеbyussi va uning izdоshi M. Ravеl bu yo`nalishda kеng ijоd qilgan kоmpоzitоrlardan biri. M. Ravеl K. Dеbyussi ijоdini o`rgandi, o`zlashtirdji va o`zi izlanishlar qilib ijоd qildi, Fransuz musiqa jamiyati оldida ustоzi ijоdini estеtik qarashlarni himоya qildi.
|
| |