JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–27_Issue-2_April_2023
4
Hozirda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda
qurilmalar va ularning turlari sonining kattaligi va buzg'unchilar salohiyatini ortishi
natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. Bunda mazkur qurilmalar va
ularning vazifalari himoyasi uchun koʻp sathli xavfsizlik choralari amalga oshirilgan.
Milliy xavfsizlikni ta'minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va texnologik
murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo boʻlishiga sabab boʻlgan.
Kiberhujumlar, kiberjinoyat, xakerliklarning zararli ta’siri
raqamli dunyoda
shaxsiy hayot xavfsizligini, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi haqidagi qarashlarni
tubdan o‘zgartirib yubordi. Hozirda biz tomonimizdan “yangi sanoat inqilobi” deb
nomlanayotgan jarayon yangi jamiyatni, yangi muhitni taqdim etganligi bilan
bir tomondan
ijobiy ahamiyat kasb etsa, ikkinchi tomondan real xavfni ham
keltirib chiqarmoqda. Misli ko‘rilmagan rivojlanishga qaramay, internet bizga
qo‘rquvning yangicha ko‘rinishlarini, xavfning yangicha shakllarini olib keldi.
Majir Yar va Kevin F.Steinmetzlarning
fikriga ko‘ra, “Kibermakon,
kompyuterlashtirilgan o‘zaro aloqalar va almashinuvlar sohasi jinoyatchilar va
deviant faoliyat uchun juda ko‘p yangi imkoniyatlarni taqdim etadi (Yar,
Majid, and Kevin F. Steinmetz, 2019).
Shuningdek, aksariyat manbalarda
“kiberjinoyat” tushunchasi “kiberhujumlar”, “kompyuterda sodir etilgan jinoyatlar”
yoki “kompyuter jinoyatlari” kabi nomlar bilan atalishi, Gudmen va Benner tomonidan
XXI asrning boshidayoq ilgari surilgan edi (Goodman, Brenner, 2002). Biroq
mazkur tushunchalar bir xil ma’no-mazmun anglatmasligini aytib o‘tish joiz. Misol
uchun, “kiberjinoyatchilik” atamasi kompyuter bilan bog‘liq
jinoyatlarga
qaraganda torroq tushunchani ifodalashi bilan ajralib turadi. Kompyuterlar
bilan bog‘liq jinoyatlar esa hatto tarmoq bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan,
faqat shaxsiy kompyuter tizimlariga ta’sir qiladigan jinoyatlarni ham qamrab oladi
(Gercke, 2012). Kiberjinoyatchilik transmilliy jinoyatchilikning rivojlanayotgan
shaklidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatchilikning oldini olish va
huquqbuzarlarni profilaktika qilish bo‘yicha 10Kongressida tegishli seminar
doirasida raqamli texnologiyalar orqali sodir etiladigan
jinoyatlar uchun ikkita
asosiy ta’rif ishlab chiqilgan edi. Tor ma’noda, kiberjinoyatchilik (kompyuter
jinoyati) bu kompyuter tizimlari xavfsizligining buzib kirilishi va aynan
kompyuterlar tomonidan ma’lumotlarning g‘arazli maqsadlarda qayta ishlanib
foydalanilishi tushuniladi. Kiberjinoyatchilik, keng ma’noda esa, (kompyuter bilan
bog‘liq jinoyatlar) kompyuter tizimi yoki tarmog‘i orqali yoki aynan kompyuterga va
raqamli tizimlarga nisbatan sodir etilgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni,
shu
jumladan, kompyuter tizimi yoki tarmog‘i orqali noqonuniy egalik qilish va
ma’lumotlarni taqdim etish yoki tarqatish kabi jinoyatlarni qamrab oladi (Patri, 2009).