• 3-LABORATORIYA ISHI Umumiy emitterli va umumiy bazaliulanish sxemasidagi tranzistorning VAX larini tadqiq etish. Ishni bajarishdan maqsad
  • Sxemaning tavsifi
  • 1-rasm. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema
  • Ishni bajarish tartibi
  • 3-laboratoriya ishi




    Download 345,77 Kb.
    bet1/2
    Sana14.05.2024
    Hajmi345,77 Kb.
    #232595
      1   2
    Bog'liq
    ЭваС 3-Лабаратория А.Атаханов


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG’ONA FILIALI
    “KOMPYUTER INJINIRING” FAKULTETI
    "TELEKOMUNIKATSIYA INJINIRINGI" KAFEDRASI
    ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN
    3-labaratoriya ishi
    Bajardi: 711-19 Guruh talabasi
    A.Ataxanov
    Qabul qildi: L.Dalibekov
    3-LABORATORIYA ISHI
     
    Umumiy emitterli va umumiy bazaliulanish sxemasidagi tranzistorning VAX larini tadqiq etish.
     
    Ishni bajarishdan maqsad: umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurishni hamda baza-emitter kuchlanishi va baza toki orasidagi bog‘lanishni o‘rganish.
    Sxemaning tavsifi
    Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema 1-rasmda keltirilgan. Tranzistorning kirish xarakteristikasi kolektor-emitter kuchlanishining ma’lum qiymatlarida baza-emitter kuchlanishi va baza toki orasidagi bog‘lanish sifatida olinadi, ya’ni
    IB= f(UBE), UKE=const.
    1-rasm. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema
    Sxemada funksional generator GEN, qarshiligi 10 kOm bo‘lgan rezistor, ampermetr, voltmetr,tranzistor, probel klavishasi bilan boshqariluvchi kalit SS va ikkita o‘zgarmas kuchlanish manbasi mavjud.
    SS kalit yordamida tranzistorning kolektor-emitter kuchlanishi 0V dan 12V ga yoki aksincha o‘zgartiriladi. Tranzistorning bazasiga rezistor orqali beriladigan kuchlanish GEN generatorning Offset parametrini o‘zgartirish yo‘li bilan 0V dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartiriladi. Ampermetr baza tokini, voltmetr esa baza-emitter kuchlanishini o‘lchash uchun xizmat qiladi.
    Ishni bajarish tartibi
    1. Tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha olish uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing.
    2. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial nol bo‘ladigan (UKE=0) holatga o‘tkazing.
    3. Ekranning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosib sxemani ishga tushiring.
    4. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling. Olingan natijalarni 1-jadvalga yozing.


    Download 345,77 Kb.
      1   2




    Download 345,77 Kb.