• Barometr-aneroid.
  • Ishni bajarish tartibi.
  • V=V-PDK, mg/m3 7. Xona havosining ifloslanganlik darajasini PDK ga nisbatan foizdagi miqdori aniqlanadi, Hisobot tarkibi
  • -rasm. Changlanish darajasini aniqlash qurilmasining sxemasi




    Download 180 Kb.
    bet3/4
    Sana17.11.2023
    Hajmi180 Kb.
    #100298
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-laborotoriya ishi

    7.5-rasm. Changlanish darajasini aniqlash qurilmasining sxemasi.
    1-aspirator; 2-chang kamerasi; 3-allonj; 4-filtr; 5-birlashtiruvchi rezina quvur; 6-shtutser; 7-rostlash klapani; 8-rotametr.


    Aerozol filtrlar – AFA-V-10, AFA-V-18. Ushbu filtrlar materiali elektrostatik xususiyatga ega bo`lib, 99,5 foizgacha changni ushlab qolish qobiliyatiga egadir. Filtr markasidagi V harfi filtrni tortib ko`rish uslubi asosida ishlashini, 10 va 18 sonlari esa filtrning sm2da ifodalangan yuzasini bildiradi. Filtrdan foydalanish qulay bo`lishi uchun u maxsus qog`oz qobiqqa joylashtiriladi.
    Barometr-aneroid. Atmosfera bosimi filtr orqali o`tadigan havo hajmiga ta’sir etganligi sababli atmosfera bosimini aniqlash uchun barometr-aneroiddan foydalaniladi.
    Simobli termometr ish joyi havosi haroratini aniqlash uchun ishlatiladi.
    Analitik tarozi filtrning toza holdagi va tadqiqotdan keyingi chang bilan birgalikdagi massasini aniqlash uchun foydalaniladi. Massani aniqlashda filtr qobig`i bilan birgalikda tortiladi. Agar filtr yuqori namlikdagi ishlab chiqarish sharoitida namlangan bo`lsa u xona haroratida 10-15 minut qurutilishi lozim.
    Ishni bajarish tartibi.
    Qurilma yordamida ish joyi havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    1. Aspiratorning havo qabul qilish kamerasiga(1) dastlabki massasi (m1)aniq bo`lgan AFA-V-18 markali filtr o`rnatiladi.
    2. Aspiratorning rezina quvuri (2) qabul qilish kamerasi (1) orqali havo so`ruvchi shtutserga (3) ulanadi.
    3. Aspiratordagi ventilyator (6) qo`shiladi va ma’lum miqdordagi havo aniq vaqt davomida aspirator orqali so`riladi.
    4. Aspiratordan filtr yechib olinib chang bilan birgalikdagi massasi( m²) aniqlanadi.
    5. Xonaning harorati, bosimi va nisbiy namligi termometr, barometr va psixrometrlar yordamida aniqlaniladi
    Xonaning zararli changlar bilan ifloslanganlik darajasi quyidagi formula yordamida aniqlaniladi:
    Вn=273. 105 ,
    bu yerda W - aspiratorning ish unumdorligi, m3/min; t -aspiratorning ish vaqti, min;
    m1 -filtrning toza holdagi massasi, mg;
    Рҳ -xona havosining bosimi, Pa;
    Раr -me’yoriy atmosfera bosimi, Pa;
    tҳ -xona harorati, 0С.
    6. Xona havosining zararli changlar bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan miqdor (PDK) bilan taqqoslanadi va ularning farqi quyidagicha aniqlanadi: V=V-PDK, mg/m3
    7. Xona havosining ifloslanganlik darajasini PDK ga nisbatan foizdagi miqdori aniqlanadi,



    Hisobot tarkibi
    8. O`lchash natijalari asosida quyidagi 13.5-jadval to`ldiriladi va ruxsat etilgan miqdor bilan solishtirilib xulosalanadi. Ish joyi havosi tarkibini me’yorlashtirishga oid tadbirlar tavsiya etiladi.

    Download 180 Kb.
    1   2   3   4




    Download 180 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Changlanish darajasini aniqlash qurilmasining sxemasi

    Download 180 Kb.