|
Favqulodda xavfli moddalar (PDK≤ 0,1 mg/m3)
|
bet | 2/4 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 180 Kb. | | #100298 |
Bog'liq 3-laborotoriya ishiFavqulodda xavfli moddalar (PDK≤ 0,1 mg/m3).
Yuqori xavflilikdagi moddalar (PDK≤0,1…1,0 mg/m3).
O`rta xavflilikdagi moddalar (PDK≤1,1 …10,0 mg/m3).
Kam xavflilikdagi moddalar (PDK≥ 10 mg/m3).
1-jadval
Ayrim zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori
№
|
Moddalarning
nomi
|
PDK,
Mg/m3
|
Xavflilik sinfi
|
Agregat holati
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10
|
Ammiak
Atseton
Benzin
Geksaxloron
Simob
Qo`rg`oshin va uning noorganik birikmalari
Tamaki
Xlor
Don changlari
O`simlik yoki hayvon changlari
|
20
200
100
0,1
0,01
0,01
3,0
1,0
4,0
4,0
|
4
4
4
1
1
1
3
2
4
4
|
B
B
B
B-A
B
A
A
B
A
A
|
Izoh: B-bug` yoki gaz, A-aerozol, B-A-bug` (gaz) va aerozol aralashmasi.
Chang miqdorini aniqlash asbobi qurilmasining tuzilishi
Ish joylari havosi tarkibidagi zararli changlar miqdorini aniqlashda aspiratordan foydalaniladi. Ushbu moslamaning ishlash tartibi tortib ko`rish uslubiga asoslangan bo`lib, unga o`rnatilgan AFA-V filtrlari nafaqat mexanik usulda, balki filtrdagi materiallarning elektrostatik xususiyatlari asosida ham changlarni tutib qoladi.
Aspirator changlangan havoni maxsus filtr (4) orqali so`rib olish uchun xizmat qiladi va u 220V kuchlanishdagi elektr tarmog`i yordamida ishlaydi. Asbob so`ruvchi nasos va ish unumdorlikni ( so`rish qobiliyatini) rostlovchi 4ta rotametrdan tashkil topgan bo`lib, uning so`ruvchi shtutseri rezina quvur yordamida allonj bilan birlashtirilgan. Allonj filtrni o`rnatish uchun xizmat qiladi va u aspirator rotametrining so`ruvchi shtutseriga rezina quvur yordamida birlashtiriladi, ikkinchi tomoni esa chang kamerasiga ulanadi.
|
| |