• 2. ISHNING MAZMUNI
  • 3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarida tiklash ishning maqsadi




    Download 11.14 Kb.
    bet1/2
    Sana07.11.2023
    Hajmi11.14 Kb.
    #95153
      1   2
    Bog'liq
    3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch b-fayllar.org
    2 5228695771720719753, 2 5199592240099366981, sifat menejmenti

    3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarida tiklash ishning maqsadi

    3-laboratoriya mashg‘uloti
    Tirsakli vallarni shatun va tayanch bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarida tiklash
    1. ISHNING MAQSADI:
    Talabalarga tirsakli valni ishlagan paytida statik yeyilishini aniqlash va qayta tiklash usullarini o‘rgatish.
    2. ISHNING MAZMUNI:
    Tirsakli vallarni saralashda ularda biror o‘zak va shatun bo‘yinlarida darz uchrasa, yaroqsiz deb topiladi (bunda val bo‘yinlarida uchraydigan, ta’mirlash o‘lchamlari bo‘yicha jilvirlanganda yo‘qoladigan darzlar mustasno)
    Tirsakli vallarning o‘zak va shatun bo‘yinlarining yeyilishi notekis bo‘ladi. Yeyilish qiymati podshipnik va bo‘yinlar o‘qlarining o‘zaro mos kelishiga, ular bilan birlashtirilgan detalning muvozanatlanganligiga, moyning sifatiga va boshqa sabablarga bog‘liq. Tirsakli vallarlar bo‘yinlarining uzunligi bo‘yicha yeyilishi uning aylanasi bo‘yicha eyilishdan farq qiladi. Shatun bo‘yinlari uzunlik bo‘yicha konussimon, diametr bo‘yicha esa aval simon umuman, ellips shaklini oladi. Buning ustiga, shatun bo‘yinlarining krivoship tekisligiga qaragan tomoni ko‘proq yeyiladi. Agar bo‘yinlarning yeyilish miqdori ta’mir chegarasidan chiqib ketgan bo‘lsa, ularga metall, flyus qatlami ostida avtomatik suyuqlantirib qonlanadi va nominal o‘lcham bo‘yicha mexanik ishlov beriladi.
    Tirsakli vallarni ta’mirlash o‘lchamlari bo‘yicha tiklash imkoniyati bo‘lgan bo‘yinlarini yeyilishi; yeyilish miqdori ta’mirlash o‘lchamlari bo‘yicha tiklash imkoniyati bo‘lgan bo‘yinlarning yeyilishi; yeyilish miqdori ta’mirlash o‘lchami chegarasidan chiqqan val bo‘yinlarining yeyilishi; val bo‘yinlarining sirtqi qatlamlari (yeyilish va qayta jilvirlash natijasida qattiqlikning pasayishi).
    Birinchi yo‘nalishda Tirsakli vallarlar ta’mirlash o‘lchamlari usulida tiklanib keyin jilvirlangan bo‘yinlar mustaxkamlanadi. Ikkinchi yo‘nalishda, birinchi yo‘nalishdan farqli o‘laroq bo‘yinlar qattiqligi joiz qiymatdan pastroq bo‘ladi.
    Bunday vallar ta’mirlash o‘lchamlari bo‘yicha ishlov berilgandan sung tobalash operatsiyasidan o‘tadi. So‘ngra jilvirlanadi va yakuniy mustaxkamlanadi. Bu yo‘nalishda ta’mirlangan val, ishlatish jarayonida jadal yeyilmaydi.
    Uchinchi yo‘nalish bo‘yinlarining yeyilish miqdori ta’mirlash o‘lchamlari chegarasida chetga chiqqan, tirsakli vallarlar uchun qo‘llaniladi. Bunday Tirsakli vallarning bo‘yinlarini suyuqlantirib qoplashdan oldin galtelli qismlardagi ichki (qoldiq) kuchlanishlari yo‘qotish maqsadida bo‘shatiladi. So‘ngra bo‘yin fazalariga suyultirilgan metall qoplanadi, jilolanadi va mustaxkamlanadi.
    Shuni xam ta’kidlash joizki, barcha tirsakli vallar ta’mirlangandan so‘ng maxsus qurilmalarda dinamik muvozanatlanishi (balansirovka qilinishi) lozim.






    Download 11.14 Kb.
      1   2




    Download 11.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarida tiklash ishning maqsadi

    Download 11.14 Kb.