• Aqliy mehnat
  • Jismoniy mehnat
  • Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va inson organizmiga tasiri




    Download 31.28 Kb.
    bet2/10
    Sana22.03.2024
    Hajmi31.28 Kb.
    #175201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Ma`ruza
    Mavzu Lokal tarmoqlarda ulanishlarni tashkil qilish xususiyatla, 13mavzu, Materiallar qarsнiligi-fayllar.org, Article 41 0, 202153117-55244JavaScriptForDevelopers, Course Descriptions Fall 2022, Elementar matematika. Arifmetika, Algebra (T.To\'laganov), informatika, Dasturlash C 5-maruza (1), sharipov 1111a, sharipov 2222, sharipov 3333s (2), Mavzu Signal protsessorlari turlari, konveyer va superskalyar a (1)
    2. Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va inson organizmiga tasiri. Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib uning sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Mehnat va faoliyat davomida inson har qanday ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
    Mehnat – insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati kishining asosiy faoliyatidir. Faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va ayni chog‘da faoliyat uning shaxsini shakllantiradi.
    Biz mehnatni aqliy va jismoniy turlarga bo‘lib o‘rganamiz.
    Aqliy mehnat – bu o‘zida axborot qabul qilish, e’tibor va diqqatni ongda jamlashdir. Aqliy mehnat – operatorlik, ijodiy boshqarish, tibbiyot xodimlarining mehnati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar mehnatidir. Aqliy faoliyat bu har xil axborotni tahlil qilish, xotirani va e’tiborni kuchaytirishdir. O‘quvchi va talabalar mehnati – bu asosiy imtixonlarni tashkil etadi, bunda asosiy xotira va e’tibor ko‘proq ishlaydi. Ijodiy faoliyat bu eng qiyin mehnat bo‘lib unda yaxshi xotira va e’tiborni talab qiladi. Ijodiy faoliyat yozuvchi, kompozitor, rassom va arxitektorlarga xosdir. Ularda asab tolalari charchaydi, taxikordiyaga (yurakning tez urishi) qon bosimi oshishiga, harorat ko‘tarilishiga olib keladi.
    Aqliy mehnat vaqtida (o‘qish, yozish fikrlash, masala echish, dars tinglash va hokazo) asosan ko‘rish, eshitish, nutq organlari va ularning bosh miya po‘stlog‘idagi markazlarning nerv xujayralari ish bajaradi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlashadi, e’tibori kamayadi, o‘zlashtirish pasaya boshlaydi, u bo‘shashadi, mudraydi.
    Bu esa miya xujayralarning charchaganidan dalolat beradi. Miya nerv xujayralarini charchashini oldini olish uchun 5-10 daqiqa tanaffus beriladi.
    Jismoniy mehnat – bu bizning harakat a’zolarimiz tomonidan bajarilib, inson organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning mehnatini ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida bajariladi. Bajariladigan ishning turiga va sarflanadigan energiya miqdoriga ko‘ra barcha ishlovchi odamlar 4 guruhga bo‘linadi.

    1. Aqliy mehnat.

    2. Mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat.

    3. Mexanizatsiyalashmagan jismoniy mehnat.

    4. Mexanizatsiyalashmagan og‘ir jismoniy mehnat.




    Download 31.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 31.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va inson organizmiga tasiri

    Download 31.28 Kb.