|
3-ma’ruza. Lms moodle tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish
|
bet | 2/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 130,53 Kb. | | #155707 |
Bog'liq 4-Mavzu LMS«Mening profilim (Мой профил)» bo‘limida foydalanuvchi o‘z profili haqida ma’lumotlarni, forum xabarlarini, shaxsan o‘ziga yuborilgan xabarlarni, yozishmalar tarixini va boshqa xil ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin.
“Mening kurslarim (Мои курсы)” bo‘limi foydalanuvchi a’zo bo‘lgan kursni tez topib olishga imkon beradi. Buning uchun “Мои курсы” ko‘rsatkichiga sichqoncha tugmasi bilan bosilsa, tizim foydalanuvchi a’zo bo‘lgan barcha kurslar ro‘yxatini chiqarib beradi.
«Xabarlar (Сообщения)» blogida foydalanuvchi kelib tushgan xabarlarni ko‘rishi yoki o‘zi boshqa foydalanuvchilarga elektron xabarlar yuborishi mumkin. Moodlening boshqa foydalanuvchilari bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalanuvchi “Mening hamsuhbatlarim (Мои с обеседники)” nomli ro‘yxat shakllantirib olishi mumkin. Bunday ro‘yxatni yaratish uchun «Foydalanuvchilar va xabarlarni qidirish (Поиск ползователей и сообщений)» oynachasi orqali foydalanuvchi o‘ziga kerakli ism va/yoki familiyani yoki biron bir jumlani yozadi. Shundan so‘ng tizim kiritilgan ismu familiyali foydalanuvchilar yoki tarkibida kiritilgan jumla uchraydigan xabarlar ro‘yxatini chiqaradi. Topilgan foydalanuvchini foydalanuvchini ro‘yxatga kiritish uchun uning nomi yozuvi ustiga sichqoncha tugmasini bir bosib, paydo bo‘lgan “Hamsuhbat kiritish (Добавит собеседника)” oynasidagi ko‘rsatkichga bosish kerak. “Kengaytirilgan (Расширенный)” nomli band bilan kerakli parametrlarni (opsiyalar) o‘zgartirish mumkin.
Foydalanuvchi profilini tahrirlash (Редактирование профиля ползователя). Foydalanuvchi o‘z qayd etish yozuvini muvafaqiyatli ravishda tashkillashtirib tizimga kirgandan so‘ng, sayt bosh sahifasining yuqori o‘ng qismida uning nomi гиперссылка sifatida yozilgan bo‘ladi. Ushbu giperssыlka faollashtirilsa, foydalanuvchining profili va qayd etish yozuvi aks ettirilgan oyna paydo bo‘ladi. Yozuvlarni tahrirlash uchun «Ma’lumotlarni tahrirlash(Редактироват информатсию)» nomli bandda «Настройки->Настройки моего профиля» blokni siqoncha tugmasi bilan bosish kerak. Qayd etish yozuvining maydonlarining bir qismi majburiy va bir qismi majburiy emas turda bo‘ladi. Yozuv yaratilayotganda foydalanuvchidan majburiy maydonlarni albatta to‘ldirish so‘raladi. Har ikki xil maydonlarni qayd etish yozuvini tahrirlash paytida o‘zgartirish mumkin. Foydalanuvchiga qayd etish yozuvining qo‘shimcha parametrlarini ham o‘zgartirish imkoniyatlari berilgan. Profil parametrlarini tahrirlashning kengaytirilgan rejimiga o‘tish uchun “Qo‘shimchalarni ko‘rsating (Показат дополнителные)” tugmasiga bosiladi.
Qayd etish yozuvinig majburiy maydonlari va asosiy parametrlarini ko‘rib chiqamiz.
3.4-rasm. Qayd etish yozuvinig majburiy maydonlari va asosiy parametrlari
|
| |