|
Kursga foydalanuvchining o‘zi yozilishi mumkin. (Курс доступен для самозаписи
|
bet | 7/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 130,53 Kb. | | #155707 |
Bog'liq 4-Mavzu LMSKursga foydalanuvchining o‘zi yozilishi mumkin. (Курс доступен для самозаписи.) Saytda qayd etilgan ixtiyoriy foydalanuvchi xohlagan paytda mustaqil ravishda o‘zi kursga yozilishi mumkin. O‘qituvchi yozilishga ruxsat berilgan muddatni belgilab qo‘yishi ham mumkin. Bunday holda, tinglovchilar faqatgina belgilangan muddat ichida mustaqil ravishda o‘zlari yozilishi mumkin.
“Foydalanuvchi kursga o‘zi yozila olmaydi” («Курс недоступен для самозаписи.») Bunday holda kursga tinglovchilarni o‘qituvchining o‘zi yozib qo‘yadi.
Kod-so‘z. O‘qituvchi o‘z kursi uchun kod-so‘z o‘rnatib qo‘yishi mumkin. Bu begonalarning kursga kirishini chegaralash uchun xizmat qiladi. Odatda, o‘qituvchi o‘z tinglovchilariga kod-so‘zni darsda e’lon qiladi yoki elektron pochta orqali yuboradi. Tinglovchi kursga birinchi bor kirayotganida kod-so‘zni kiritishi zarur.
O‘qishni tugatish (Завершение обучения)
Kursni o‘qish davri uni sozlayotganda beriladi. Kurs bo‘yicha o‘qishni tugatish sanasini o‘qituvchi belgilab qo‘yadi. Bu sanadan so‘ng kursga kirish mumkin bo‘lmaydi. Tizimda tinglovchilarga kurs bo‘yicha o‘qish muddati tugaganligi haqida elektron xabar yuborish imkoniyati bor. O‘qituvchi zaruriy hollarda tinglovchini kursdan chetlashtirish huquqiga ega. Bundan tashqari, adminstrtor tomonidan belgilangan muddatda tinglovchi kursga aqali bir marta kirmasa, u avtomatik tarzda kursdan chetlatiladi.
Savollar:
MOODLE tizimida qanday qilib talabalarni registratsiyadan o‘tkazish mumkin?
Moodle tizimida foydalanuvchilarning qanday rollari mavjud?
MOODLE tizimida Qayd etish jarayoni qancha bosqichdan iborat?
MOODLE tizimida «Mening profilim (Мой профил)» bo‘limida foydalanuvchi qaysi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin?
MOODLE tizimida “Mening kurslarim (Moi kursы)” bo‘limi foydalanuvchi uchun qanday imkoniyat beradi?
MOODLE tizimida «Xabarlar (Soobщeniya)» blogi foydalanuvchi uchun qanday imkoniyat beradi?
|
| |