• Qayd etish Moodle
  • Qayd etish yozuvini yaratish
  • Tizimga kirish
  • 3-ma’ruza. Lms moodle tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish




    Download 130,53 Kb.
    bet1/7
    Sana13.02.2024
    Hajmi130,53 Kb.
    #155707
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-Mavzu LMS


    3-ma’ruza. LMS Moodle tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish.
    Reja:
    3.1. LMS Moodle tizimida talabalarni registratsiya kilish.
    3.2. LMS Moodle tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish.
    Tayanch iboralar: LMS Moodle, foydalanuvchi, registratsiya jarayoni.
    3.1. LMS Moodle tizimida talabalarni registratsiya kilish.
    LMS Moodle da Foydalanuvchining qayd etish tarkibi qo‘yidagicha bo‘ladi:

    • Qayd etish;

    • Qayd etish yozuvini yaratish;

    • Tizimga kirish;

    • Foydalanuvchi profilini tahrirlash;

    • Parolni almashtirish va qayta tiklash.

    Qayd etish
    Moodle tizimiga birinchi bor kirishda qayd etish protseduralarini bajarish tavsiya etiladi, chunki qayd qilinmagan foydalanuvchilarning tizimda ishlash imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Ularga bosh sahifada berilgan ma’lumotlarni ko‘rish va mehmon foydalanuvchilarga ruxsat etilgan resurslardan foydalanish huquqi berilgan. Mehmonlarga ochiq kurslarni belgilash uchun ularning nomini yozishda maxsus belgi qo‘yiladi. Saytga kirish va undan foydalanishda keng imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun foydalanuvchi o‘zini tizimda qayd etishi zarur.
    Qayd etish yozuvini yaratish
    Qayd etish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchisi – qayd etishning o‘zi bo‘lsa, ikkinchisi - qayd etilganlikni tasdiqlashdir. Foydalanuvchi qayd etilganini tizim tasdiqlagandan keyingina u o‘z nomi va paroli bilan tizimga kirishi mumkin.

    3.1-rasm. Tizimga kirish oynasi
    Qayd etish jarayonida foydalanuvchining qayd etish yozuvi yaratiladi. Bu – foydalanuvchi tomonidan kompyuter tizimiga o‘zi haqida beriladigan ma’lumotlardan iborat yozuvdir. Saytda qayd etish uchun bosh sahifaning o‘ng qismida joylashgan Kirish oynasidagi Qayd etish yozuvini yaratish sichqoncha orqali bosiladi. Natijada so‘rovnomadan iborat sahifa paydo bo‘ladi. So‘rovnomaning to‘ldirilishi shart bo‘lgan maydonlariga ma’lumot kiritilgach Saqlash tugmasi bosiladi. Login va parol lotin simvollari va/yoki raqamlardan iborat bo‘lishi kerak. Login sifatida talabaning reying daftarchasi nomerini kiritish va ism, familiya va shahar nomlarini krill simvollari bilan yozish tavsiya etiladi. Elektron pochta manzili yagona bo‘lishi va takrorlanmasligi kerak. Bir elektron manzilni bir necha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi mumkin emas.

    3.2-rasm. Registratsiyadan o‘tish oynasi
    To‘g‘ri to‘ldirilgan so‘rovnoma saqlanganidan so‘ng tizim qayd etiishni tasdiqlovchi xat ko‘rsatilgan elektron manzilga yuborilganligini xabar beradi. Foydalanuvchi elektron pochtasini ochib, manzil o‘zi anketani to‘ldirishda ko‘rsatgan elektron pochta manzili bilan mos ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Qayd etishni tasdiqlovchi xat biroz kechikib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur. Agar elektron manzil to‘g‘ri ko‘rsatilgan va xat kelib tushishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, 5-10 minut ichida Moodle adminstratoridan “подтверждение аккаунта ” mavzu bilan yuborilgan xat kelib tushishi kerak. Xatni ochib, unda ko‘rsatilgan manzilga o‘tish zarur. Qayd etish tasdiqlanishi bilan «Registratsiya podtverjdena» sahifa paydo bo‘ladi.
    Tizimga kirish
    Qayd etish bajarilgandan keyin foydalanuvchi saytga har safar kirganida “Kirish (Вход)” oynasida o‘z login va parolini terib identifikatsiyadan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng saytning bosh sahifasining “Navigatsiya” blogida foydalanuvchi yangi imkoniyatlar ochiladi.


    3.3-rasm. Navigatsiya oynasi

    Download 130,53 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 130,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza. Lms moodle tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish

    Download 130,53 Kb.