To`yinmagan, to`yingan va o`ta to`yingan eritmalar




Download 2,23 Mb.
bet7/57
Sana18.05.2024
Hajmi2,23 Mb.
#243160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
3-MA’RUZA

To`yinmagan, to`yingan va o`ta to`yingan eritmalar.

Moddalar eritilganida erigan modda erituvchi orasida tarqaladi. Agar biror erituvchiga qattiq modda solinsa qattiq moddaning sirtqi qavatidagi zarrachalari sekin-asta sirtdan uziladi va erituvchining butun hajmi bo’ylab tarqaladi. Eriyotgan modda mo’l bo’lsa, qattiq modda zarrachalarining eritmaga o’tishi bilan birga qaytar protsess-kristallizasiya protsessi ham sodir bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan cho’kma va eritmadagi modda orasida siljuvchan muvozanat qaror topadi, bunda ma’lum vaqt ichida eritmadan qancha modda ajralib chiqsa, shuncha modda eriydi. Bu qaytar protsessni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: cho’kma ↔ erigan modda
Muvozanat qaror topishi bilan eritmaning ayni temperaturadagi konsentratsiyasi o’zgarmay qoladi. Bunday eritma to’yingan eritma deyiladi, chunki unda ayni temperaturada eng miqdor erigan modda bo’ladi. To’yingan eritmaning konsentratsiyasi moddaning ayni sharoitda eruvchanligining o’lchov belgisidir. Agar muayyan temperaturada eritma tarkibidagi erigan modda miqdori eritmaning to’yinishi uchun kerakli miqdoridan kam bo’lsa, bunday eritma to’yinmagan eritma deyiladi.
Erishning issiqlik effekti. Modda eriganda hamma vaqt issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Bir mol modda eriganda yutiladigan yoki chiqadigan issiqlik miqdori erish issiqligi deb ataladi hamda Q harfi bilan belgilanadi. Agar modda eriganda issiqlik yutilsa, Q harfi minus ishora bilan, issiqlik chiqsa plyus ishora bilan ko’rsatiladi. Masalan, NH4NO3 ning erish issiqligi –6,32 kkal (–26,5 kj)ga, KOH ning erish issiqligi esa + 13,3 kkal (+55,7 kj) ga teng.
Qattiq moddaning erish protsessi ketma-ket ikkib osqichdan iborat bo’lib, bularning har birida issiqlik effekti sodir bo’ladi:
1) Kristall panjara yemiriladi, ya’ni u ayrim zarrachalarga ajralib ketadi: bu protsessda Q1 energiya sarf qilinadi.
2) Erigan modda zarrachalarining suv molekulalari bilan o’zaro ta’siri (gidratatsiya) bu protsessda Q2 ssiqlik chiqadi.
Demak, erish issiqligi Q yuqorida aytib o’tilgan issiqlik effektlarining yig’indisidan iborat, ya’ni Q = – Q1 + Q2
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, gidratlanish paytida kristall panjarani buzishga sarflanganidan ko’ra ko’proq issiqlik chiqsa, qattiq moddaning erishi ekzotermik protsess bo’ladi. Aksincha, agar gidratatsiya natijasida chiqqan issiqlik kristall panjarani buzishga sarflangan issiqlikdan kam bo’lsa, bunday protsess endotermik protsess deyiladi. (egri chiziq).


    1. Download 2,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Download 2,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To`yinmagan, to`yingan va o`ta to`yingan eritmalar

Download 2,23 Mb.