|
Bob. Kristall panjaralar
|
bet | 1/12 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #134208 |
KIRISH
BOB. KRISTALL PANJARALAR.
Kristall panjara to’g’risida umumiy tushuncha.
Kristall panjara turlari.
IDEAL KRISTALLDA ELEKTRONNING ENERGIYA SPEKTORI.
Kristall uchun shredinger tenlamasi. Adyabatik taqrib.
Ideal kristallda elektronning energiya spektori to’g’risida ummuiy xolosalar.
XULOSA
KIRISH
Qattiq jismlar fizikasi — fizikaning qattiq jismlarning tuzilishi va asosiy xossalarini hamda ularda yuz beruvchi xodisalarni oʻrganuvchi sohasi. Mustaqil soha sifatida 20-asr boshlarida shakllanib, kvant mexanika yaratilgandan soʻng tez rivojlana boshladi. Qattiq jismlar fizikasi kristallografiya, metallar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mustahkamlik va plastiklik fizikasi, qattiq jismlar magnetizmi, oʻta oʻtkazuvchanlik, radiatsion fizika va boshqalar sohalarni, optika, akustika, past tralar fizikasi, tutash muhit mexanikasi, kinetik fizika, polimerlar fizikasi, tartibsiz va amorf muhitlar fizikasi va boshqalar sohalarning ayrim boʻlimlarini birlashtiradi. Bu yoʻnalishlarning nazariy asoslari qattiq jismlar nazariyasining tushunchalari va qonunlariga asoslanadi.Qattiq jismlar fizikasif.da fizik hodisalar (kristall panjaralarning tebranishi, fazaviy oʻtishlar, elektromagnit toʻlqinlar, xususan, yorugʻlikning nurlanishi hamda yutilishi va boshqalar) ni eksperimental va nazariy oʻrganishga katta ahamiyat beriladi. Kristallarda nuqsonlarning hosil boʻlishi, ularning qattiq jismning fizik xossalariga taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Qattiq jismdagi atomlar orasidagi taʼsir kuchlari turlituman boʻlishiga qaramay, elektrostatik tortishish va itarishish ularning manbai boʻlib xizmat qiladi. Atom va molekulalardan turgʻun Qattiq jismning hosil boʻlishi tortishish kuchlari ~108sm masofalarda itarishish kuchlari bilan muvozanatlashishini koʻrsatadi. Baʼzi hollarda atomlarni qattiq sharchalar deb qarash va ularni atom radiuslari bilan ifodalash mumkin. Qattiq jismdagi atomlar va ionlar harakatining tebranish xarakteriga ega boʻlishi erish temperaturasi T3gacha saqlanadi. Hatto T=Teda ham atomlarning tebranish amplitudasi atomlararo masofalardan ancha kichik boʻladi, erish esa T>Tzaa suyuqlikning termodinamik potensiali Qattiq jism nikidan kichik boʻlishi tufaylidir. Kristall panjara dinamikasining nazariyasi 20-asr boshida ishlab chiqildi. U kvant nazariyasini hisobga oladi. Kristall panjara atomlari tebranma harakatining kvantlanishi fonon tushunchasiga olib keldi (I.Ye. Tamm, 1929) va Qattiq jism issiqlik xossalarini kvazizarralar — fononlar — gazi xossalari sifatida tavsiflash imkonini berdi.
1931-yilda ingliz fizigi A. Vilson turli elektr xossalarga ega boʻlgan Qattiq jismlarning mavjud boʻlishi energetik zonalarning T=0 da elektronlar bilan toʻlish xarakteriga bogʻliq boʻlishini koʻrsatdi. Agar hamma zonalar elektronlar bilan toʻlgan yoki boʻsh boʻlsa, bunday jismlar elektr tokini oʻtkazmaydi, yaʼni dielektrik, elektronlarga qisman toʻlgan zonalarga ega Qattiq jism metall boʻladi. Yarimoʻtkazgichlar dielektriklardan shu bilan farq qiladiki, ularning oxirgi toʻlgan (valent) zonasi bilan birinchi boʻsh zonasi (oʻtkazuvchanlik zonasi) orasidagi taqiqlangan zonaning kengligi kichik boʻladi. Kristallarda defekt yoki aralashmaning boʻlishi taqiqlangan zonada qoʻshimcha energetik sathlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Valent zonasi va oʻtkazuvchanlik zonasi juda kam tutashgan Qattiq jism yarimmetallar deb ataladi.
|
| |