|
Panjaralarning simmetriya tasnifi
|
bet | 6/12 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #134208 |
Metall kristall panjara qattiq holdagi metallar uchun xos bo‘lib, panjara tugunlarida musbat zaryadlangan metall ionlari joylashgan va ular orasida «daydi» elektronlar tartibsiz harakat vaziyatida bo‘ladi. Bu elektronlar kristall tugunidagi metall ionlarini bog‘lovchi vosita bo‘ladi, bu elektronlar bir ion maydonida bo‘lgan holatiga qaraganda, mumkin qadar ko‘p markaz maydonida bo’lishi, sistemani energetik afzalroq holatiga keltiradi.
Har bir ion maydonida bo‘lgan elektronning individual bog’lanish energiyasi oddiy kimyoviy bog’lanish energiyasidan zaif bo’lishiga qaramasdan, ular soni ko‘p bo’lishi evaziga ahamiyatga ega bo’lgan jamg‘armaga aylanadi. Bunday elektronlaming tartibsiz harakati gaz molekulalari holatini aks ettirganligi sababli ularni «elektron gazi» deb ham yuritiladi. Metallarga xos bo’lgan elektr tokini yaxshi o’tkazuvchanlik shu «elektron gaz» harakati natijasi, issiqlik o’tkazuvchanlik esa, bunga qo‘shimcha bo’lgan panjara tugunlaridagi ionlarning tebranma harakati tufayli yuzaga keladi.
Metallarning muhim xususiyati — bolg‘alanuvchanlik va cho’ziluvchanlikni «elektron gaz» modeli asosida quyidagicha tushuntirish mumkin: metallarning shunday xususiyatga ega bo’lishiga kristallning atomlar qatlamlari bir-biriga nisbatan siljishi natijasida, ionlar bir-biridan farq qilmaydigan bir turdagi zaryadli qurshovdan shunday atom ionlarining boshqa qurshoviga ko‘chadi va metall kristall struktura shikastlanmaydi.
Bunday holat ionli kristallarda batamom boshqacha tus oladi — qatlamdagi bir kation o ‘z o’rnidan qo‘zg‘alganda teskari zaryadli anionga tortilishi o‘rniga, unga ta’sir yo‘nalishi teskari bo’lgan itarishuv kuchlariga duchor bo’ladi, bu holat ketma-ket takrorlanadi va natijada kristall panjara noturg‘unligi paydo bo’ladi. Ion kristall panjaralar bog’lanishga, kuch ostida ezilishga yoki boshqa ta ’sirlarga chidamsiz xususiyatga ega bo’lishiga olib keladi.
Metall strukturalarini uch xil holat orqali ifodalash mumkin:
— hajmi markazlashgan kub panjarada 9 ta atom bo’lib, ularning 8 tasi kubning cho‘qqilarida, 1 tasi esa kub markazida joylashgan zich taxlangan strukturani hosil qiladi. Bunday metallarga misollar tariqasida xrom, vanadiy, volfram, molibden, litiy (a-rasmda), qalay va boshqalarni keltirish mumkin. Bunday strukturada har bir atomning 8 ta (kordinatsiyalangan atomlar soni) yaqin qo‘shni atomlari bo’ladi;
— yoqlari markazlashgan kub panjarada 14 ta atom bo’lib, ularning 8 tasi kub cho’qqilarida, 6 tasi esa kubning yon tomonlarining markazida joylashgan [masalan, Al, Cu, Ni, Co, Pb, Au va Ag larni keltirish mumkin(b-rasimda);
— geksagonal panjarada 17 ta atomlardan 12 tasi 6 qirrali prizmaning cho’qqilarida, 2 tasi prizmaning ustki va ostki tekisliklari markazida, uchasi prizmaning o ‘rta qismidagi tekisliklarda joylashgan bo’ladi . Bunday kristall panjara Zn, Mg, Ti, Be, Co va boshqa metallar uchun xosdir. Shuni aytish kerakki, temperatura, bosim yoki boshqa ta’sir natijasida Fe, Co, Ti, Mg va boshqa metallarning kristall panjaralari bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, ya’ni ularning allotropik shakl ko’rinishi yuzaga kelishi yoki polimorf holati o’zgarishi mumkin.
|
| |