|
Bob. Kristall panjaralar
|
bet | 4/12 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #134208 |
Fononlar
Yuqorida ko'rdikki, kristall jismlarning atomlari o'zaro mustahkam bog’langan holda fazoviy aniq qonuniyatlar bo'yicha joylashib kristall panjarani hosil qilar ekan. Undagi biron atom muvozanat holatdan chiqarilsa, uning ta'siri holgan barcha atomlarga ham uzatiladi. Ya'ni, panjaradagi biron atomning tebranishi barcha yo'nalishlar bo'yicha tarqaladi. Shuning uchun kristallning alohida atomining harakatini kuzatish o'rniga (kristall tarkibida atomlar sonining juda ko'pligi tufayli bu o'ta murakkab masala) ularning birgalikdagi kollektiv harakatini kuzatish qulay. Atomlarning birgalikda tebranma harakati kristall bo'ylab tarqalayotgan elastik
to’lqinlarni hosil qiladi. Mazkur to’lqinlarning kristall chegarasidan qaytishi va interferentsiyalanishi esa turg’un to’lqinlarni hosil qiladi. Ularning soni kristallning erkinlik darajasi 3N ga teng.
Bir xil atomlardan tuzilgan bir o'lchovli atomlar zanjirida turg’un to’lqinlarning hosil bo'lishi 2.9- rasmlarda ko'rsatilgan.
Ma'lumki, to’lqin jarayonlar to’lqin vektori (soni) , tsiklik chastotasi , fazaviy vf= /k va gurux tezliklar g = d/dк bilan xarkaterlanadi. Rasmdan ko'rinib turibdiki, zanjir bo'ylab sodir bo'ladigan to’lqinlar chastotasi minimal min va maksimal max qiymatlar orasida bo'ladi: max=2L bo'lgani uchun,
bu erda L - zanjirning uzunligi,
min=2d bo'lgani uchun,
max = Kmax Ф = 2 ,
bu erda d - atomlar orasidagi masofa.
Bir turdagi atomlardan tashkil topgan atom zanjirida sodir bo'lgan tebranishlarni normal tebranishlar deyiladi va ular kristall bo'ylab tovush tezligida tarqaladi.
Turli massali ikki turdagi atomlardan tashkil topgan atom zanjrining tebranishlarini ko'rib chiqaylik.
2.10 - rasmda: a) - atom zanjirining muvozanat holati; b) va v) lar katta va kichik massali atomlarning qisqa to’lqinli normal tebranishlari; g) - uzun to’lqinli normal tebranishlar; e) - optik tebranishlar.
Turli massali atomlardan tashkil topgan kristallarning elementar uyachasida 2 atom bo'ladi, shuning uchun ularda ham akustik, ya'ni atom zanjiri bo'yicha normal tebranishlar, ham uyacha ichida bir birlariga qarama-qarshi yo'nalishda turli massali atomlar, molekulalarning atomlari kabi tebranib, infraqizil to’qinlarni hosil qilishadi.
Demak, bunday kristallar ichida ham akustik, ham optik sohadagi to’lqinlar hosil bo'ladi.
Uch o'lchovli kristall panjara bo'lganda vektorning berilgan har bir qiymati va yo'nalishi uchun turlicha qutblangan uchta tebranishlar to’qri keladi: ikkita ko'ngdalang va bitta bo'ylama.
Elementar uyachasida m atomi bo'lgan murakkab kristallarda uchta akustik tebranishlardan tashhari 3(m-1) optik soxadagi tebranishlar ham sodir bo'ladi.
Kvant mexanikasi amalga oshirgan hisoblarga binoan kristallda sodir bo'ladigan 3N tebranishlarning har birining energiyasi kvantlangan va ruxsat etilgan energiyalarining qiymati quyidagi
(2.2)
ifoda bilan aniqlanadi. Mazkur ifoda kvant ostsillyatorining energiyasiga teng.
Demak, kristallning to'la energiyasini taqriban bir-biriga bog’liq bo'lmagan 3N kvant ostsillyatorlari energiyasining yig’indisiga teng va energiyaning minimal kvanti Ye= tartibida bo'ladi deb hisoblash mumkin. Bizga ma'lumki, yorug’lik kvantini foton deb ataladi. Xuddi shunga o'xshash kristalldagi tebranma harakat energiyasining kvantini fonon deb ataladi.
Fonon Ye= energiyaga va = impulsga ega. Fonnolar faqat kristall ichida paydo bo'ladi va ularning soni saqlanmaydi. Shuning uchun fononlarni kvazizarrachalar deyiladi.
|
| |