• Kriptotizim
  • Kerkgoff prinsipi
  • Shifrlash (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish jarayoni. Rasshifrovkalash




    Download 0.53 Mb.
    bet2/5
    Sana20.01.2024
    Hajmi0.53 Mb.
    #141894
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
    4 mavzu, toyingan-uglevodorodlar-v2, geografiya (2), 3. Mavzu Payvandlash elektrodlari va qoplamalari Reja Payvandl, 9 sinf Informatika javobli @talimiy hujjatlar (2), Keyingi konvergent 4
    Shifrlash (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish jarayoni.
    Rasshifrovkalash (decryption, deciphering)-shifrmatnni ochiq matnga o‘zgartiruvchi teskari jarayoni.
    Deshifrlash (breaking)-kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq matnni tiklash jarayoni.
    Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor qarataylik: agar rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli muolaja hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. “Shifrlash” umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi.
    Kriptotizimlarni buzish usullari kriptotahlil (cryptanalysis)ni o‘rganish predmeti hisoblanadi. Kriptografiya va kriptotahlil uzviy bog‘langanliklari sababli, ularni ko‘pincha birgalikda yagona fan - kriptologiya (cryptology) (kryptos - mahfiy, logos- ilm) sifatida qabul qilinadi.
    Kriptotizim (cryptosystem) - ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi.
    Kalit (key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) - o‘zgartirishlar oilasidan birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining muayyan qiymati.
    Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 1 - rasmda keltirilgan.

    1-rasm. Kriptotizimning “qora quti”sifatidagi ko‘rinishi
    Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat ekanligiga asoslangan holda Kerkgoff prinsipini eslatib o‘tish lozim. Ushbu prinsipga binoan faqat kalit sir saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim. Bu degani, agar niyati buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi. Kalitni esa almashtirish mumkin. Klod Shennon ushbu prinsipni “Dushman tizimni biladi” deb ta’riflagan.
    Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
    Kodlash - ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga o‘zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalanadi.
    Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi. Biroq, uni faqat ma’lum shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lgan shaxslar) qayta o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo‘lib, uni qayta o‘zgartirish ba’zi shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lmagan shaxslar) uchun cheklangan bo‘ladi.
    Kriptografiya va steganografiya fan sohalari o‘xshashlikga ega bo‘lganligi sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi.
    Steganografiya - bu maxfiy xabarni sohta xabar ichiga berkitish orqali aloqani yashirish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, steganografiyaning asosiy g‘oyasi - maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish.
    Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‘zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar asosida - farqi yo‘q) - ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish.

    Download 0.53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shifrlash (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish jarayoni. Rasshifrovkalash

    Download 0.53 Mb.