• Kriptografiya
  • 3-Ma’ruza. Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi Reja




    Download 0,78 Mb.
    bet1/6
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #146637
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3. Kriptografiyaning asosiy tushunchalari


    3-Ma’ruza.
    Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi
    Reja:

    1. Kriptografiyaning tarixi

    2. Kriptografiyaning rivojlanishi

    3. Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari

    4. Klassik shifrlar

    5. Bir martalik bloknot

    6. Steganografiya tushunchasi

    7. Simmetrik va assimmetrik kriptografiya

    8. Shifrlarga xujumlarning turkumlanishi



    Tayanch iboralar: Kriptografiya, shifr, matn, kalit, maxfiy axborot, buzg‘unchi, simmetrik va assimetrik tizim, steganografiya


    Kriptografiyaning tarixi
    Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan.
    Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o‘z-o‘zicha kriptografiktizimhisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo‘la oladi.
    Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. Sezar o‘z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
    Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so‘ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
    Ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi
    Kriptografiya nima?
    Kriptografiya (yunoncha κρυπτός (kryptós) - "mahfiy," γράφω (gráfo) - "yozish" so‘zlaridan tashkil topgan) ochiq ma’lumotlarni shifrlashni, mahfiylashtirish usullarini o‘rganadi.
    Maxfiy matnni begona, bexabar kishilar tushunmasligi uchun yozuvni o‘zgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan — belgilardan foydalaniladi.
    Kriptografiya diplomatik, harbiy, savdo-sotiq va moliyaga oid hamda diniy va boshqa matnlarni shifrlash uchun ishlatiladi.

    Download 0,78 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza. Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi Reja

    Download 0,78 Mb.