|
3-Ma’ruza. Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #146637 |
Bog'liq 3. Kriptografiyaning asosiy tushunchalariKriptografiya va steganografiya
Stenanografiya – bu maxfiy xabarni soxta xabar ichiga berkitish orqali aloqani yashirish hisoblanadi.
Boshqa so‘z bilan aytganda steganografiyaning asosiy g‘oyasi – bu maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish hisoblanadi.
Kriptografiyada esa jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi mumkin, bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‘zgartiradi.
Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga kelganida esa yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi.
Umumiy holda ma’lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar asosida farqi yo‘q) – ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutishdir.
2.3.rasm. Steganografiyalash sxemasi
Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari
Simmetrik kalitli kriptografiya.
– Ma’lumotni shifrlashda va deshifrlashda yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) foydalaniladi.
– Shuning uchun ham simmetrik kalitli kriptotizimlarni
bir kalitli kriptotizimlar ham deb yuritiladi.
– Bundan kelib chiqadiki, simmetrik kalitli
shifrlash algoritmlaridan foydalanish uchun
har ikkala tomonda bir xil kalit mavjud bo‘lishi zarur.
Assimetrik kriptografiya
ma’lumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti bilan amalga oshirilsa, uni deshifrlash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi.
– Shuning uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni
– ikki kalitli kriptotizimlar deb ham yuritiladi.
Xesh funksiyalar
– Ma’lumotni xeshlash uning butunligini kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilish davomida o‘zgarishga uchrasa, u holda uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi.
– Xesh-funksiyalarda odatda kiruvchi ma’lumotning uzunligi o‘zgaruvchan bo‘lib, chiqishda o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi.
– Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, O‘z DSt 1106:2009 larni misol keltirish mumkin.
|
| |