• Tayanch so’zlar.
  • Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bо‘layotganiga qarab quyidagi xillarga bо‘linadi
  • Nazorat savollari
  • 3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar




    Download 15,79 Kb.
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,79 Kb.
    #110950
    Bog'liq
    3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar-fayllar.org


    3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar

    3-Ma’ruza 
    Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar 
    Reja:
    1. Payvand yoyining turlari va yoyining statik volt-amper xarakteristikasi.
    2. Payvand yoyining asosiy qismlari.
    3. О‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari.
    4. Magnitaviy maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri.
    Tayanch so’zlar. Yorug‘lik effekti, katod, elektrod, musbat qutbi, anod, volt-
    amper, suyuq kо‘prikcha.
    Elektrodlar orasida yoki elektrod va buyum orasidagi gaz muhitida hosil bо‘lgan
    quvvatli turg‘un elektr zaryadsizlanishi payvandlash yoyi deb ataladi. Payvandalash
    yoyi katta miqdorda issiqlik energiya ajralib chiqishi va kuchli yorug‘lik effekti
    bilan xarakterlanadi. Payvandlash yoyi issiqlik konsentrlangan manba bо‘lib, bu
    issiqlik asosiy materialning ham, payvandlovchi qо‘shimcha materialning ham
    suyuqlanishi uchun qо‘llaniladi.
    Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bо‘layotganiga qarab quyidagi xillarga 
    bо‘linadi: havoda yonayotgan ochiq yoy, bunda yoy zonasini gazli muhiti
    payvandlanayetgan metall, elektrodlar materiali va elektrodlar qoplamalari materiali
    bug‘larining havo bilan aralashmasi tarkibidan iborat bо‘ladi;
    flyus ostida yonayotgan berk yoy, bunda yoy zonasidagi gazli muhit asosiy
    metall, sim va himoya flyusining bug‘lari aralashmasidan iborat bо‘ladi;
    himoya gazlari muhitida yonayotgan yoy, bunda yoy zonasi gaz muhiti
    tarkibiga himoya gazining atmosferasi, simning va asosiy metall bug‘larining
    aralashmasi kiradi. Payvandlash yoyi ishlatiladigan tokning xiliga qarab (о‘zgarmas,
    о‘zgaruvchan, uch fazali) va yonish muddatiga qarab (statsionar impulsi)
    klassifikatsiyalanadi. О‘zgarmas tok ishlatilayotganda tо‘g‘ri va tezkari qutbli yoy
    bо‘lishi mumkin. Tо‘g‘ri qutblilikda kuch zanjirining manfiy qutbi – katod –
    elektrodda, musbat qutbi – anod – asosiy metallda bо‘ladi. Teskari qutblilikda
    musbat elektrodda, manfiy esa buyumda bо‘ladi. Ishlatilayotgan elektrodning turiga
    qarab yoy eriydigan (metall) yoki erimaydigan (kо‘mir, volfram va boshqalar)
    elektrodlar orasida yondirilishi mumkin. Ishlash prinsipi jihatidan yoylar bevosita,
    bilvosita va kombinatsiyalangan ta’sirli bо‘lishi mumkin (1.-rasm). Elektrod va
    buyum orasida bо‘ladigan yoy razryad bevosita yoy deyiladi. bevosita yoy ikki
    elektrod
    orasidagi
    yoy
    zaryadsizlanishidir
    (atomvodorodli
    payvand).
    Kombinatsiyalangan yoy bevosita va bilvosita yoylarning qо‘shilishidir.
    Kombmnatsiyalangan yoyga misol qilib, ikki yoyi elektrodlarni buyum bilan
    bog‘laydigan, uchinchi yeyi esa bir-biridan izolyatsiyalangan ikki elektrodlar
    orasida yonayotgan yoyni keltirish mumkin.

    1 - rasm. Elektr yoy:


    a - bevosita ta’sir qiluvchi, b - bilvosita ta’sir qiluvchi, v - kombinatsion ta’sir
    qiluvchi.
    Yoyni yoqish uchun bevosita elektrodlar tekkiziladi yoki gugurt chaqqandagi singari
    surtib olinadi, yoylarning yoqilishi 2-rasmda kо‘rsatilgan.
    2 – rasm. Yoy zaryadsizlanishini yoqish chizmasi:
    a — bevosita tegizib yoqish, b — chaqnatib yoqish
    Payvandlash yoyida yoy oralig‘i uch asosiy sohaga bо‘linadi: anod sohasi, katod
    sohasi va yoy ustuni. Yoyning yonish jarayonida elektrod va asosiy metallda faol
    dog‘lar hosil bо‘ladi, ular elektrod va asosiy metallning eng qizigan uchastkalari
    bо‘lib, yoyning hamma toki ana shu uchastkalar orqali о‘tadi. Katodda bо‘ladigan
    faol dog‘lar katod dog‘lari, anoddagilar esa anod dog‘lari deb ataladi.
    Payvandlash yoyning umumiy uzunligi (2.3 - rasm) har uchala sohaning yig‘indisiga
    teng: L
    yoy
    = L
    k
    +L
    u
    +L
    a
    ,
    bu yerda L
    yoy
    – payvandlash yoyining umumiy uzunligi, sm;
    L
    k
    – katod sohasi (taxminan 10
    -5
    sm ga teng);
    L
    u
    – yoy ustunining uzunligi, sm;
    L
    a
    – anod sohasi uzunligi (taxminan 10
    -3
    -10
    -4
    sm ga teng)
    .

    3 - rasm. Elektr yoyida kuchlanish tushishining taqsimlanish chizmasi:


    1 — buyum, 2 — yoy ustuni, 3 — elektrod.
    Payvandlash yoyining umumiy uchlanishi yoyning har bir sohasidagi kuchlanish
    tushishlarini yig‘indisiga teng:
    U
    yoy
    = U
    k
    +U
    u
    +U
    a
    ,
    bu yerda U
    yoy
    – yoyda kuchlanishning umumiy tushishi, V;
    U
    k
    – kuchlanishning katod sohasida tushishi, V;
    U
    u
    – kuchlanishning yoy ustunida tushishi, V;
    U
    a
    – kuchlanishning anod sohasida tushishi, V.
    Payvandlash yoyining ustunida harorat 5000 dan 12000
    o
    K gacha bо‘ladi va yoyning
    gaz muhiti tarkibiga, materialga, elektrod diametriga va tokning zichligiga bog‘liq
    bо‘ladi. Haroratni Ukraina Fanlar akademiyasining akademigi K.K. Xrenov tavsiya
    qilgan formula yordamida taxminan aniqlash mumkin:
    T
    us
    = 810∙U
    ef
    ,
    bu yerda T
    us
    – yoy ustunining temperaturasi,
    o
    K;
    U
    ef
    - ionlash effektiv potensiali.
    Nazorat savollari: 
    1.Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bо‘layotganiga qarab qanday xillarga
    bо‘linadi:
    2.О‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyini tushintirib bering.
    3.Payvandlash yoyida yoy oralig‘i necha turga bulinadi. 
     

    http://fayllar.org
    Download 15,79 Kb.




    Download 15,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar

    Download 15,79 Kb.