• Favqulodda vaziyatlarni tasnifi
  • Lokal favqulodda vaziyat
  • Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat
  • Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat
  • 3-mashg’ulot. Favqulodda vaziyatlarning tasnifi, tavsifi va ularning xususiyatlari ishdan maqsad




    Download 21.75 Kb.
    bet2/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi21.75 Kb.
    #107685
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-AMALIY MASHG
    Ҳаракатли ўйинлар 1 курс учун мажмуа, 9-maruza, 4 kurs hfx, ББФ қонун
    FV ni bartaraf etish–FV ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek FV ro’y bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya- qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
    Favqulodda vaziyatlarni tasnifi:
    1.1. Favqulodda vaziyatlar xavfini tarqalish tezligiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
    -tasodifiy;
    -shiddatli;
    -mo’tadil;
    -ravon.
    1.2. Favqulodda vaziyatlarning tarqalish miqyosiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
    - lokal;
    - mahalliy;
    - respublika (milliy);
    - transchegaraviy (global).
    Lokal favqulodda vaziyat - biror obyektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha obyekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu obyekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
    Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat -aholi yashaydigan xudud (aholi punkti, shaxar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.


    Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda - favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan hamda FV viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.

    Download 21.75 Kb.
    1   2   3   4




    Download 21.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mashg’ulot. Favqulodda vaziyatlarning tasnifi, tavsifi va ularning xususiyatlari ishdan maqsad

    Download 21.75 Kb.