Avtobuslarning ishga chiqishini tashkil etish




Download 46,89 Kb.
bet7/12
Sana16.11.2023
Hajmi46,89 Kb.
#100053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish-fayllar.org

Avtobuslarning ishga chiqishini tashkil etish
Yo‘lovchilar oqimini kunning soatlari va yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlanishi, yo‘l va boshqa sharoitlarini o‘zgarib turishi yo‘nalishlarda ishlayotgan avtobuslarning ish soatlarini bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Bu esa korxonadgi haydovchilaring oylik ish kunlari va soatlarini ham bir-biridan keskin farq qilishiga olib keladi. Avtobuslarni ishga chiqishini har bir haydovchining mehnati va dam olishini hisobga olib tashkil etish kerak bo‘ladi. Avtobuslarni ishga chiqarishni tashkil qilish uchun avtobus saroyining tasarruf xizmati bo‘limi dastlab barcha yo‘nalishlarda va buyurtma bo‘yicha safarga chiqarilishi rejalashtirilgan avtobuslarning bir kunlik talabnomasi bilan tanishib chiqadi. Nozim nazorat chiqarish punkti navbatchi mexanigi bilan birgalikda safarga chiqishi kerak bo‘lgan va rezervdagi avtobuslarning texnik tayyorgarlik holatini aniqlaydi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha avtobuslarga konduktorlar va rezerv haydovchilarining taqsimlanishini, avtobuslarni safarga chiqarishga bog‘liq farmoyishlarni o‘rganadi. Nozimlik xizmatida yo‘l varaqasi va boshqa xujjatlar bilan tanishadi. Nozim oldingi kungi nozimlik hisobotini, avtobuslar harakat muntazamligini, har yo‘nalish bo‘yicha tashish hajmining bajarilishini o‘rganib chiqadi. SHuningdek, avtobus yo‘nalishlari va avtosaroy bo‘yicha oylik rejaning bajarilishining ahvoli bilan tanishadi. Avtosaroy texnik xizmat navbatchisi avtobusning haqiqiy saroydan chiqish vaqtini yo‘l varaqasiga belgilaydi.
Qabul qilingan nozimlik xizmati nizomiga muvofiq avtosaroy navbatchi nozimi muntazam ravishda markaziy nozimlik bosh bekatining bosh yoki katta nav­batchi nozimiga avtobuslarning safarga chiqarilish haqidagi ma’lumotni beradi.
Saroy nozimi avtobuslarning yo‘nalishdagi harakatini va ishini nazorat qiladi. Shaharlarda avtobus bosh bekati bo‘yicha navbatchi nozim avtobusning bosh bekatga kelish vaqti haqidagi ma’lumotni saroy no­zimiga etkazadi.
  1. Avtobuslarning safardan vaqtdan oldin qaytib kelgan holatlarida yo‘l varaqasiga haqiqiy qaytib ke­lish vaqti belgilanadi. Bu haqda nozimlik kun hisobotida ma’lumot beriladi. Nozim safardan qaytib kelgan avtobuslar o‘rniga rezervdan avtobus jo‘natadi.


Avtobuslarni safarga stansion harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtda chiqariladi.


Nozim ish kunining oxirida yo‘l varaqasiga va nozimlik kun jurnaliga avtobuslarning saroyga haqiqiy qaytib kelish vaqtini qayd qiladi. Avtosaroy nozimlik xizmati xonasida avtobuslarning safarda, saroyda va texnik xizmat ko‘rsatishda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus nozimlik ko‘zgusida aks ettiriladi.



  1. Download 46,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 46,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtobuslarning ishga chiqishini tashkil etish

Download 46,89 Kb.