• Nazorat savollari
  • Yo‘nalishlarda yo’lovchilarni tashish uchun ochiq tenderlar tashkil etish




    Download 46,89 Kb.
    bet12/12
    Sana16.11.2023
    Hajmi46,89 Kb.
    #100053
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish-fayllar.org

    Yo‘nalishlarda yo’lovchilarni tashish uchun ochiq tenderlar tashkil etish
    Shahar atrofida, Shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalkaro yo’lovchilar tashish joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Rspublikasi Vazirlar Mahkamasining «Shahar atrofi, Shaharlararo va xalqaro yo’lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish masalalari to‘g‘risida» 1999 yil 29 iyuldagi 368-sonli qarorini bajarish uchun ishlab chiqildi.
    Tender o‘tkazishgacha kamida 30 kun avval Komissiya ommaviy axborot vositalari orqali tenderning mazmuni, asosiy shartlari, tartibi, vaqti, uni o‘tkazish joyini e’lon qiladi. Shahar atrofida (Shaharlararo, xalqaro) yo’lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazish to‘g‘risida e’lonning namunasi 1-ilovaga muvofiq.
    Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar yozma buyurtma bo‘yicha, oldindan ularning kiymatini to‘lab, tender hujjatlari paketini Komissiyadan oladilar. Tender hujjatlari tarkibiga kuyidagilar kiradi:
    Shahar atrofida, Shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalkaro yo’lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida Nizom;
    • tender katnashchisi uchun yo‘riqnoma;


    • tender katnashchisi to‘g‘risida ma’lumotlar shakli;


    • tender takliflarining namunaviy shakli;


    • harakatlanuvchi tarkibning rusumi (turi), uning yoshi, shuningdek, yo’lovchilar joylashishi uchun tabaqalashtirilgan ballar belgilash namunalari;


    • tender takliflarini to‘ldirish namunalari;


    Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo’lovchilar tashish transportida xizmat ko‘rsatish uchun tuziladigan bitimning namunaviy shakli.


    Tender hujjatlari paketi bilan birga da’vogarga, Komissiyaga tender takliflari va ishtirokchi to‘g‘risida ma’lumotlar berish uchun, konvert beriladi. Konvert ustiga tenderga qo‘yiladigan yo‘nalish (yoki yo‘nalishlar paketi)ning nomi yoziladi. Agar tenderga birdan ortiq yo‘nalish (yo‘nalishlar paketi) qo‘yilgan bo‘lsa, u holda xar bir yo‘nalish (yo‘nalishlar paketiga) alohida konvert bo‘lishi lozim. Konvertda hech qanday chiziqlar yoki ajratib turadigan belgilar bo‘lishi mumkin emas.
    Da’vogar yo‘nalishda ishlash huquqi uchun tender taklifini taqdim etsa, bu uning tender shartlari bilan sinchiklab tanishgani va bu shartlarga rozi ekanini bildiradi. U tender takliflarini baholash tartibini bilib olgach, o‘z takliflari bo‘yicha taxminiy ballarni oldindan hisoblab chiqishi, ularni Komissiya talab etadigan parametrlar bilan solishtirishi va bu bilan tenderning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida o‘zining potensial reytingini aniqlashi mumkin.
    Transport vositalarining rusumi (klassi), ularda yo’lovchilarning umumiy sig‘imini va ular bo‘yicha tabaqalangan ballarni Komissiya mustaqil ravishda belgilaydi.
    Yo‘nalishlarning tenglik tavsifini hisobga olib, ishtirokchilarning tender takliflarida harakatlanuvchi tarkibning qayd etilgan soni - parkdan foydalanish koeffitsienti 0,6 dan ko‘p yoki oz bo‘lmasligini hisobga olib, jadvallar soni bo‘yicha e’tiborga olinadi.
    Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda yo’lovchilarning umumiy sig‘imi bo‘yicha ballar joylar sonining yig‘indisi (o‘rindiqlar yoki o‘tiradigan joylarni hisobga olingani) bo‘yicha belgilanadi, bunga 50 va undan ortiq km-lik Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda yo’lovchilarning sig‘imi faqat Komissiyaning tender takliflarida yo‘nalishning uzunligiga bog‘liq holda ko‘rsatadigan o‘tirish joyilari hisobga olinadi. Masalan, o‘tirish joyiga 180 kishi joylashishi (4 ta «Ikarus» avtobusning xar birida 45 tadan o‘rin) baza hisoblanadi. Tashuvchi har birining o‘tirish joyi 55 tadan bo‘lgan 4 ta «Mersedes» avtobusni taklif etadi, shunda umumiy sig‘imi 220 o‘rin bo‘ladi, sig‘imi oshirish koeffitsienti 220 : 180 = 1.22, ball = 6,1 (5 x 1,22).
    Yo‘nalishga tender talablarida yumshok, yoki qattiq o‘rindiqli avtobuslar ishi uchun zarur bo‘lgan klass albatta ko‘rsatiladi.
    Yo’lovchilarni tashish havfsizligini ta’minlash va yo‘nalishda haydovchilar ishining davomiyligiga bog‘liq holda haydovchilarning ishi va dam olishi to‘g‘risida qoidalar shartlarining talablariga amal qilish uchun yo‘nalishga tender talablarida bir kunda ishlayotgan haydovchilar soni ko‘rsatiladi.
    Ishtirokchi tender takliflari shaklini to‘ldirish bilan o‘zining baxo o‘lchovlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotli takliflarini qo‘shmasdan, faqat so‘ralayotgan baho mezonlari bo‘yicha to‘la va mukammal axborot berishga majbur.
    Yong‘in xavfsizligi tadbirlari bo‘yicha bajarilayoggan ishlar to‘g‘risida qisqacha axborot berish lozim.
    Yo‘nalishda ishlash huquqi uchun da’vogar konvertga tender takliflarini o‘zi to‘g‘risida ma’lumotlari bilan joylashtiradi va e’londa ko‘rsatilgan sana va vaqtdan kechikmasdan Komissiyaga topshiradi.
    Konvertga solinadigan tender takliflari nushalarining miqdori tender sanoq komissiyasi a’zolari soniga to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
    Da’vogar taqdim etadigan tender takliflarini u imzolagan bo‘lishi, muhr bo‘lgan holatda u bilan tasdiqlanishi kerak.
    Ishtirokchining tender takliflari noto‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, yoki boshqa holatlarda, da’vogar yuk tashishning ko‘rinib turgan noma’qul shartlari (masalan, avtobuslar ish tartibining talab etilgan nushasi bilan solishtirilganida yomon, Shahar atrofi, Shaharlararo va xalqaro tashish uchun qulay bo‘lmagan avtobus rusumlari va sh.k.)ni taklif etsa komissiya buni rad qilishi mumkin.
    Komissiya har bir a’zo tomonidan tasdiqlangan shaklasosida natijalarni jamlaydi va xar bir ishtirokchibo‘yicha tender takliflari bahxosining yakuniy ballarini aniqlaydi.Yo‘nalish (yo‘nalishlar paketiga) faqat bir da’vogar bo‘lganida, Komissiya oldindan belgilanganidek, uning tendertakliflari bo‘yicha ballari yo‘nalish uchun kutilayotgan minimalballdan kam bo‘lmasligi sharti bilanushbuyo‘nalishdaishlash huquqini bu tashuvchiga berish huquqiga ega, kutilayotgan minimalball yo‘nalish (yo‘nalishlar paketiga) tender talablarida ko‘rsatiladi.
    Tender g‘olibiga yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomani topshirish va ular bilan bitim imzolashni bir vaqtda, Komissiya a’zolarining ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.


    Nazorat savollari
    1. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqarish tizimi
    2. Avtobuslar harakatini boshqarida o‘zgartirishlar kiritish, yo‘l varqalari va ularning mazmuni.
    3. Avtobuslarning ishga chiqishini tashkil etish.
    4. Yo'nalish koeffitsienti
    5. Ochiq tenderlarni tashkil etish
    6. Yo‘nalish tarmog‘ini tanlash va asoslash
    7. Shahar transport tarmog‘iga qo‘yilgan talablar
    8. Avtobus yo‘nalishlarini belgilash
    9. Avtobus yo‘nalishi va ishlash vaqtiga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari
    http://fayllar.org
    Download 46,89 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 46,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘nalishlarda yo’lovchilarni tashish uchun ochiq tenderlar tashkil etish

    Download 46,89 Kb.