• Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari. Nozimlik boshqarish texnologiyasining tarkibiy qismlari
  • Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari




    Download 46,89 Kb.
    bet4/12
    Sana16.11.2023
    Hajmi46,89 Kb.
    #100053
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish-fayllar.org

    2. Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari
    Hozirgi vaqtda Toshkent Shaharining barcha yo‘nalishlarida qatnovni boshqarish «Transport xizmatlarining sifatini nazorat qilish boshqarmasi» tomonidan amalga oshiriladi. Unga yo‘nalish pirovard punktlarining barcha tarmoq dispetcherlari, qatnovlar bo‘limi mutaxassislari, Markaziy dispetcherlik xizmati dispetcherlari kiradi.
    Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari va tarkibiy qismlari rasmlarda keltiilgan.

    Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari.

    Nozimlik boshqarish texnologiyasining tarkibiy qismlari
    Markaziy nozimlik xizmatining asosiy vazifalari ikki qismdan iborat bo‘ladi:

    1. Harakatni tashkil etish.


    2. Harakatni boshqarish.
    Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, markaziy nozimlik xizmati tashkil etilganda, harakat muntazamligi muqobillashadi, avtomobillarning ish unumdorligi ortar ekan.
    Markaziy nozimlik xizmati bugungi kunda faqat eng yirik Shaharlardan biri bo‘lgan Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uni keng qo‘llanilayotganining ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog‘liqdir.
    Ob’ektiv sabablarga kichik Shaharlarda avtobus yo‘nalish tarmog‘ini rivojlanmaganligi, bugungi kunda umumfoydalanishdagi transport vositalarini xususiy tashuvchilar siqib chiqarayotganligi (erkin raqobat natijasi) bo‘lsa, sub’ektiv sabablarga mahalliy hokimiyatlarda transport uyushmalari markaziy nozimlik xizmatini vaziyatdan kelib chiqqan holda tashkil eta olmayotganligidir.
    Markaziy nozimlik boshqaruvi tizimini tashkil qilish, uni ishchi-xizmatchilar, aloqa vositalari bilan ta’minlash anchagina kapital mablag‘larni sarf etishni taqoza etadi. SHuning uchun ko‘pgina viloyatlarda avtosaroylar yo‘nalishlarida nozimlik punktlarini tashkil qilib, avtobuslar harakatini markashlashmagan usulda boshqaryaptilar. Bu esa avtobuslar harakatini nazorat qilish sifatini pasaytiradi.
    Markaziy nozimlik tizimining tarkibi Shahardagi avtobus saroylari va undagi harakatlanuvchi tarkibning soniga, aholi va tashilayotgan yo‘lovchilar hamda yo‘nalishlar soniga, harakat chastotasidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
    Markaziy nozimlik xizmati o‘z faoliyati davrida avtobuslar harakatini muntazamligini, avtobuslarni saroydan o‘z vaqtida ishga chiqishini, butun ish vaqti davomida avtobus sig‘imini bir tekis to‘lishini ta’minlash kerak bo‘ladi.
    Yo‘nalishda harakatni tashkil etish va boshqarish uchun MNX ma’lum bir texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
    Bugungi kunda “ToshShahartransxizmat” Uyushmasi MNX eng zamonaviy kompyuterlar, aloqa vositalari va xizmat avtomabillari bilan ta’minlanganlar.
    MNX har bir yo‘nalish uchun qanday sig‘imli avtobusni qo‘llash, ularni soni va harakat jadvalini kompyuter yordamida maxsus mashina dasturlari asosida ishlab chiqib har bir avtokorxonaga tarqatadilar.
    MNXga bir guruh muxandislar va texniklar yo‘nalish nozimlaridan aloqa vositalari yordamida ma’lumotlarni oladilar va harakatni boshqarish uchun uzluksiz ravishda farmoyishlar ishlab chiqadilar va uni amalga oshiradilar.
    Bulardan ko‘rinib turibdiki, faqat texnik aloqa vositalari mavjud bo‘lganidagina nozimlik xizmati yuqori darajada faoliyat ko‘rsatishi mumkin ekan.
    Aloqaning texnik vositalariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
    - simli Shahar telefon tarmog‘i;
    - ichki telefon tarmog‘i;
    - induktiv aloqa vositalari (yo‘nalishlardagi nazorat punktlari bilan aloqa qilish);
    - radio telefon aloqasi;
    - uyali telefon aloqasi;
    - GPRS-modem orqali;
    - kompyuter orqali;
    - sanoat televizon qurilmalar.
    Nozimlik ximatini kompyuterlar bilan ta’minlanganligi yo‘lovchilarni tashishda “Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarni”, xususan “Vaziyatga ko‘ra boshqaruv texnologiyasini” qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu esa ko‘p vaqt sarflanishini taqozo etadigan hisob ishlarini kompyuterlarda bajarish, qabul qilingan echimlarni samaradorligini oshirishga, shaxsiy tarkibning sonini kamayishga olib keladi.
    Nozimlik xizmati oz faoliyatida bir qancha hujjatlarni to‘ldirishi va tahlil qilishi, olingan natijalar asosida avtobuslarni harakatini boshqarish bo‘yicha echimlar qabul qiladi.
    Bunday xujjatlar va ularni to‘g‘ri to‘ldirish uchun yo‘riknomalar ishlab chiqilgan bo‘lib har bir nozimlikka nomzod uni bilishi va attestasiyadan o‘tishi kerak. “Toshshaxartransxizmat” Uyushmasining xo‘jalik hisobidagi markaziy nozimlik xizmati yo‘nalish nozimlari uchun boshqaruv hujjatlarini 1997 yilda, o‘quv qo‘llanmasini esa uyushmalarining transport xizmatini bajarilishini sifatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi 2002 yilda ishlab chiqqan va hozirda ularga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib amaliy dastur sifatida qo‘llanilib kelinyapti.
    Boshqaruv xujjatlari beshta qisimdan iborat bo‘lib, ularda quyidagilar bayon etilgan:
    1-qism. Yo‘nalish nozimlarining lavozim vazifalari. Bu qismda umumiy holatlar, nozimlarning majburiyatlari, javobgarligi va huquqlari bayon etilgan.
    2-qism. Bu qismda Shahar yo‘lovchi transportini harakatini muntazamligini hisobni olib borish va nozimlik vedomostini rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma bayon etilgan.
    3-qism. Yo‘nalish nozimlari uchun chipta-hisob varaqasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha yo‘riknoma bayon etilgan.
    4-qism. Yo‘nalishlardagi harakatlanuvchi tarkibni kunning soatlari bo‘yicha miqdorini aniqlash tartibi bo‘yicha yo‘riknomalar berilgan.
    5-qism. Yo‘nalish nozimligi lavozimiga ishga olish va MNX bilan mehnat shartnomasini tuzish tartib bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga qaratilgan.



    Download 46,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 46,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari

    Download 46,89 Kb.