Avtobuslar harakatini nozimlik boshqarish tizimi
Avtobuslar harakatini muvofiqlashtirish vakolatlari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi unging bo‘limlariga hamda Toshkent Shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga yuklatilgan. Ular hokimiyat ijro etuvchi organi hisoblanib transport tarmog‘i va yo‘nalish tizimining rivojlanish istiqbollarini rejalashtiradi.
Yo‘lovchi avtomobil trasportida harakatni nozimlik boshqarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat etish va butun avtobus tarmog‘i buyicha harakatni tezkor boshqarish imkonini beradi.
Avtobus transportida nozimlik boshqaruvi tizimi avtobus saroyining va yo‘lovchilarni tashish quvvatiga, shuningdek, boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmay bir hil asosda amalga oshiriladi. Bunda faqat nozimlik tizimining tashkiliy-tarkibiy qismi o‘zgarishi mumkin xolos.
Yo‘lovchi avtomobil transportida nozimlik boshqaruvi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi.
1. Faqat markazlashgan boshqaruvni tashkil etish.
2. Rahbarlik tizimi avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan harakat rejasi asosida amalga oshiriladi va harakatni nazorat qilish, sozlash va boshqarishni o‘z ichiga oladi.
3.Nozimlik boshqaruvi yuqori tashkilot tamonidan amalga oshiriladi.
4.Nozimlik xizmati xodimlari oraliq bekatlardan o‘z vaqtida axborotlarni olib turishi, boshqacha qilib aytganda avtobusdan ilgariroq harakat qilishlari kerak.
Nozimlik boshqaruv murakkab tizim bo‘lib u quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Nozimlik boshqaruv tiziminig asosiy tarkiblari.
Nozimlik boshqaruvi tizimining qismlari bir-biri bilan uzviy bogliq bo‘lib tizim o‘zining funksional vazifalarini bajarayotganida tezkorlikni, aniqlikni, boshqaruvning eng yangi va zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashni ta’minlashligi kerak.
Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik markaziy nozimlik xizmatining bo‘limi boshlig‘i tamonidan amalga oshiriladi.Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi Shahardagi avtobus saroylari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchilarni tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va harakat chastotasiga qarab 5 ta guruhga ajraladi:
Guruh
|
Shahar aholisi soni
|
1
|
50 ming kishigacha
|
2
|
50-100 ming kishigacha
|
3
|
100-250 ming kishigacha
|
4
|
250-500 ming kishigacha
|
5
|
500 ming kishidan ko‘p
|
Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U o‘z smenasida yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, harakatni muntazamligiga va avtobuslardan samarali foydalanishga javobgardir.
Nozimlik tizimi avtobuslarni safarga chiqarishga tayyorlash va chiqarishni tashkil qilish, yo‘nalishlarda harakatni boshqarish va o‘z vaqtida saroyga kelishini ta’minlash bilan bog‘liq barcha faoliyatlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi saroy ichi va yo‘nalish nozimligiga ajratiladi.
|