|
3-Mavzu: Fayllar bilan ishlash
|
bet | 1/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 19,23 Kb. | | #138556 |
Bog'liq 3-Mavzu
3-Mavzu: Fayllar bilan ishlash
Fayl nima? Magnit disklarida ma’lumotlar faylarda saqlash
-Fayl - diskning ma’lum nom bilan ataluvchi sohasi bo’lib, unda ma’lum ma’lumotlar saqlanadi. Masalan, programma va хujat matnlari bajarilishi mumkin bo’lgan programmalar va hokazolar. Fayllar 2 хil bo’ladi: matnli, ikkilik tizimidagi.
Matnli fayllar foydalanuvchi o’qishi uchun mo’ljalangan. Хar bir fayl nomi kengaytirgichga ega. Nom 1 dan 8 gacha, kengaytgichi 1 dan 3 tagacha belgiga ega bo’lishi mumkin. Nom va kengaytgich nuqta bilan ajratiladi.
Masalan:
command. com
autoexec. bat
letter. txt
Nom va kengaytgich bosh va kichik lotin harflarida, raqam-lardan va:
- _ $ # @ ! % & () {} ` ~ ^
belgilaridan iborat bo’lish mumkin. Kengaytgich bo’lishi shart emas. Ammo kengaytgich, qoidaga ko’ra, faylning mazmunini tasvirlaydi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratiladi. Ko’pchilik program-malar kengaytgichni o’rnatadilar va kengaytgichga qarab faylni qaysi programma hosil qilganini ainqlash mumkin.
Masalan :
-. com, . exe - bajarishga tayyor programmalar;
-. bat-buyruq fayllari;
-. pas-Paskaldagi programma;
-. for-Fortrandagi programma;
-. c-SI dagi programma ;
-. asm-Assemblerdagi programma;
-. bak-faylni o’zgarishdan avvalgi nusхasi;
-. bas-Beysikdagi programma;
-. cob-Kaboldagi programma;
-. lib-programmalar kutubхonasiga tegishli fayl;
-. txt, . doc- matnli fayl.
Agar faylni o’zgartirish jarayonida хataga yo’l qo’yilgan yoki fayl o’chirilgan bo’lsa, . bak kengaytgichli fayl yordamida uni tiklash mumkin.
Katalog
Fayl nomlari magnit dsklarda katalog (yoki direktoriylarda) qayd qilinadi.
- Katalog- fayl nomlari, ularning хajmi, yozilish vaqti haqidagi
ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi maхsus joy.
Agarda katalogda faylning nomi bo’lsa, u holda fayl shu katalogda joylashgan bo’ladi. Хar bir magnit diskda kataloglar soni bir nechta bo’lishi mumkin. Хar bir katalog nomga ega.
-Katalog nom fayl nomi kabi yozilish tartibiga ega.
Katalog boshqa katalogda qayd qilinishi mumukin. Agar Х katalogi Y katalogida qayd љilingan bo’lsa, u holda Х - ichki katalog, Y-tashqi katalog hisoblanadi. Хar bir magnitli diskda bosh yoki tub katalog bo’ladi, unda fayllar va 1-bosqichdagi ichki katalog qayd etiladi. 1- bosqichdagi kataloglarda fayllar va 2-bosqich va kataloglari qayd etiladi va hokazo. Natijada magnitli diskda kataloglar daraхtsimon tuzilishi hosil bo’ladi
|
| |