|
3-Mavzu: Fayllar bilan ishlash
|
bet | 2/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 19,23 Kb. | | #138556 |
Bog'liq 3-MavzuJoriy disk va katalog
-Joriy disk bu Siz hu daqiqada ishlayotgan disdir. MS DOS foydalanuvchi so’rayotgan fayllarni joriy diskda qidiradi. MS DOS ning maхsus komandalarri joriy diskni o’zgartiradi.
-Foydalanuvchi ishlayotgan lahzadan katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MS DOS komandasida faylning nomi ko’rsatilsa, u holda joriy katalogda qidiriladi yoki tashkil qilinadi.
Faylga yo’l
Agarda Sizga zarur bo’lagan fayl joriy katalogda bo’lmasa, u holda faylning qaysi katalogda joylashganini ko’rsatishingiz lozim. Buning uchun faylgacha bo’lgan yo’l ko’rsatiladi.
-Yo’l - "g’"belgi bilan ajratilgan kataloglar yoki ". . "belgilar
ketma-ketligidir. Bu yo’l tub yoki joriy katalogdan kerakli fayl
joylashgan katalogacha bo’lgan marshrutni ko’rsatadi.
Agar yo’l «g’»bilan boshlansa, mashrut tub katalogdan, ". . "bilan boshlansa, oldingi bosqichdagi katalogdan, aks holda joriy katalogda hisoblanadi.
Masalan :
DOC joriy katalog bo’lsin. U holda
g’ChI - tub katalogda ChI ga yo’l:
. . g’ChI - 1-bosqichdagi ChI katalogiga yo’l,
LETTERS - DOC ning LETTERS katalogiga yo’l bo’ladi.
Diskninig nomlanishi
Shaхsiy kompyuter turli magnit disklar bilan ishlaydigan maхsus qurilmalrga egaligb yuqorida ta’kidlangan edi. Disketalar bilan ishlashni ta’minlaydigan qurilmalar A: va V: bilan nomlanadi. Qattiq disk C: bilan nomlanadi.
Masalan:
Shaхsiy kompyuterlar 2 ta disketalar bilan ishlovchi A:, B: qu-rilmalarga va qattiq disk C: ga ega bo’lishi mumkin.
Qulaylik uchun odatda S diski qismlarga bo’linadi. Ular D, E, F va hokazolar bilan nomlanadi.
Faylning to’liq nomi
Faylning to’liq nomi quyidagi ko’rinishga ega:
[Disk:] [Yo’lg’] Faylning nomi
-Faylning to’liq nomi- disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha
bo’lgan yo’l va fayl nomidan tashkil topadi.
|
| |