|
3-mavzu: Fayllar bilan
|
bet | 5/5 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 35,02 Kb. | | #270465 |
Bog'liq 3-MavzuWord for windows matn prostessorining imkoniyatlari
Foydalanuvchilar uchun dastlabki shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lgandan buyon, ularning kundalik yumushlarini u yoki bu tartibda engillashtirib beruvchi yuzlab dasturlar yaratildi. Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko‘plab matnlarni qayta ishlashiga to‘gri keladi.
Kompyuterning yaratilishi bu borada katta imkoniyatlarni ochib berdi. Masalan, Microsoft, MultiEdit va shu kabi dasturlar ish yuritishni ancha engillashtirdi. Xozirgi kunda katta- kichik firmalar turli-tuman (masalan, Microsoft, Lotus, Corel va boshqalar) dasturlarni yaratish bilan banddirlar.
Biz shulardan eng ommaviy tarqalgan dasturlar majmui -Microsoft Office bilan tanishamiz. Zero, mazkur firma bu soxada peshqadam bo‘lib turibdi.
Ushbu majmua tarkibiga quyidagi dasturlar kiradi:
-Microsoft Word dasturi - universal matn muxarriri;
-Excel elektron jadvallari;
Access ma’lumotlar bazasi sistemasini boshqarish;
Power Point xujjatlarni taqdim etish muxiti va boshqalar.
Yuqoridagi bugungi kunda mashxur bo‘lib ketgan dasturlar nomining o‘zi yoki dastur yaratuvchilar nechogli katta vazifalarni o‘z oldilariga maqsad qilganliklarini ayon qilib turibdi. Darxaqiqat, xar qanday xujjatni tayyorlash, ofis ishlarini yuritish, telefon nomerlarini saqlashdan boshlab, balans xisobotlarini tuzishgacha bo‘lgan jarayon katta mehnat talab etadi. Uning yordamida engilgina tashrif qogozlaridan tortib, toki gazetalar origanal maketigacha yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu sistema xaqiqiy poligrafiyada inqilob bo‘ldi desak, mubolaga bo‘lmaydi.
|
| |