|
3-mavzu: Fayllar bilan
|
bet | 4/5 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 35,02 Kb. | | #270465 |
Bog'liq 3-Mavzu5. WORDPAD matn muxarriri. Ish stolining ta’rifi. Uskunalar paneli
1.
WORDPAD muxarririning vazifasi- matnni rasmiylashtirishning turli usullari qo‘llaniladigan etarli murakkab xujjatlarni taxrir qilish.
2.
Muxarrir oynasi elementlarida sarlavxa, menyu, uskuna paneli, taxrir qilish qismi, xolat satri. Bunda ushbularga e’tibor bering:
o‘qituvchi aytib turgan bir necha satr matnni yozish. Kiritilgan matn bilan ishlashining keyingi xolatida kuzating;
menyu buyruqlariga batafsil ta’rif bering;
saqlash buyruqlarini tasvirlashda turli xil xujjatlarni (WORD xujjati turi, RTF-RIC. Text Format turi, faqat matnlar turlaridek) saqlash imkoniyatlarini ta’kidlash.
Nusxalash, kesish, qo‘yish va x.k. buyruqlarini tasvirlashda bu buyruqlarni tez chaqirish uchun tugmalarni birgalikda foydalanish imkoniyatlarini ta’kidlash (masalan, CTRL+C, CTRL+X, CTRL+V) format (xajm) menyusini ta’riflashda TRUE TYPE day shrift- masshtablashgan shrift, ularning xajmini o‘zgartirish xarflar shakli o‘zgarmaydigan shriftlar
tushunchasini kiritish.Shunday shriftlar borki, ularda “kirillcha” belgilar, ya’ni “ruslashtirilmagan” shriftlar yo‘qligini aytish. “Ruscha” va “o‘zbekcha shriftlarning nomlarini sanab o‘tish, masalan, Arial Sug, Courier new Cyr, Times Uz, PandaUz va x.k. Berilgan xil shriftlarni ishlatishiga o‘kuvchilarni tayyorlamoq.
3. Matn muxarrirning asosiy uslublari:
matn fragmentida ajratish (“sichkoncha” yoki klaviatura- Shift dan kursorni boshqarish tutmasi yordamida);
ajratilgan matn fragmentini nusxalash;
matn fragmentini ko‘chirish;
mant fragmentini yo‘q qilish;
ishlatilayotgan shriftni o‘zgartirish, ajratilgan matn fragmentida xarfning xajmini va shaklini (kichraytirish, kursiv, ajratish).
|
| |