-jadval №____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)




Download 127,45 Kb.
bet16/19
Sana26.01.2024
Hajmi127,45 Kb.
#146199
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hiso-fayllar.org

23-jadval
____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)
«Bosh kitob» Jurnali _________oy 20___ yil

M/O bo‘yicha summa



schyot №


schyot №


schyot №


schyot №


Oborot jami




Dt

Kt

Dt

Kt

Dt

Kt

Dt

Kt

Dt

Kt

__kun __oy 20_ y


boshiga qoldiq




















1





















2





















Oborot Jami






















__kun __oy 20_y


ga qoldiq




















Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli


Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga asoslangan.
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.
Hisob ishlarida EHM laridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni yaratiladi:
  1. Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.


  2. Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.


  3. Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.


  4. Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi.


  5. Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.


  6. Korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.


  7. Hisob ishlari bilan bog’liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.


Buxgalteriya hisobining jadval-avtomatlashtirilgan shakli asosida buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.


Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda.
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.
EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ tashkil etishning tegishli chora-tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham BAT tizimi yordamida ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli kompyuter dasturlaridan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy bosqich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir.
Ma’lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida xujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi bosqichlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.

Download 127,45 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 127,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval №____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)

Download 127,45 Kb.