|
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja
|
bet | 17/19 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 127,45 Kb. | | #146199 |
Bog'liq 3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hiso-fayllar.orgSoddalashtirilgan shakl
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:
Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:
a) yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 kishidan;
b) mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan;
c) fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa, ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi asosida mablag’lar va ularning manbalari hisobini asosiy schyotlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi schyotlarining qisqartirilgan ishchi rejasini tuzish huquqiga egadirlar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil ravishda moslashtirib olishlari mumkin:
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga;
- tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog’liqligiga;
- barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga;
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga.
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi.
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarini qayd etish;
- moliyaviy hisobotlarni tuzish;
- buxgalteriya registrlari ma’lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur sub’ekt mohiyatini aks ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin:
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari;
- Tegishli hisobga olish ob’ektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan C-11-songacha ilovalarga binoan).
Sub’ektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda boshlang‘ich hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va satrlarni kiritish huquqiga egadirlar.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag’larning mavjudligi va ularning ma’lum bir sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni aniqlash mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama hisob registri bo‘lib hisoblanadi.
Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning yakuniy ma’lumotlari asosida to‘ldirish mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida, uni operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda daftar birma-bir tiqilishi va raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning muhr izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag’lar va ular mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng «Operatsiyalar mazmuni» ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda «Nazorat summasi» ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag’lar va ularning manbalari muvofiq turlarini hisobga olish schyotlarining «Debet» va «Kredit» ustunlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida aks ettiriladi.
Barcha schyotlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari umumiy yakuni va «Nazorat summasi» yakuniga teng bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha zarur schyotlar keltirilishi mumkin.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi 1-son shakl, Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadilar.
|
| |