3-mavzu: Kimyo darslarida Edraw Max dasturidan, Crocodile Physics,
Crocodile Technology, Yenka Electricity and Magnetism, Phun physics,
Beginnings of Electronics dastur imkoniyatlaridan foydalanish
EdrawSoft Edraw Max – diagramma, grafik,
biznes rejalar va boshqa
sxemalarni yaratishga mo’ljallangan ko’p funksiyali dasturiy vosita hisoblanadi.
Dasturiy vosita nafaqat professional shakldagi bloksxemalar, tashkiliy sxemalar,
tarmoq diagrammalari yoki biznes xaritalarini
yaratish,
shu bilan birga xaritalar,
UML –diagramma, ish jarayoni, yaratiladigan dastur strukturasi, tarmoq
diagrammasi,
grafiklar, yo’naltiruvchi xaritalar hamda ma’lumotlar bazasining
xaritalarini yaratish imkoniyatlariga ham ega dastur hisoblanadi.
5000 dan ortiq yaratilgan vektorli simvollari ham mavjudki, ular yordamida
diagramma, grafiklarni chiziq juda ham oson va yengil amalga oshiriladi.
Dasturdagi mavjud tayyor shablon va misollar asosida
turli tipdagi taqdimotlarni
va biznes rejalar yaratish imkoniyatlari ham mavjud. Shuningdek, dasturiy vosita
bilan ishlashda bir vaqtning o’zida bir oynada bir nechta loyihalar bilan ham
ishlash imkoniyatlari mavjud.
Ushbu dasturiy vositaning mualliflari haqida: «EdrawSoft» - EdrawSoft
kompaniyasi diagramma va chizma sxemalar uchun asosiy provayder hisoblanadi.
2004 yilda asos solingan ushbu kompaniya webdasturlari uchun turli tipdagi grafik
komponentlar hamda diagrammalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
EdrawSoft dasturiy ta’minoti yangi
texnologiyadagi grafiklar, tashkiliy
strukturalar, blok-sxemalar, HR-diagrammalar,
ish jarayoni sxemalari va
ma’lumotlar oqimi, fizik va mantiqiy tarmoq sxemalar va boshqa shakllarni ishlab
chiqarish uchun xizmat qiladi.
1.
Dasturiy ta’minotni yaratilish davri 2004-2011 yillarni o’z ichiga
oladi.
2.
Ko’rinishi dastur va instrumentlar
3.
Dasturiy ta’minot vaqtincha tekin, aslida pullik
4.
Dastur interfeysi uchun rus va o’zbek tillari mavjud emas.
5.
Dasturni ishlatish uchun alohida registrasiya talab qilinmaydi.
Dasturni to’g’ridan-to’g’ri internet tarmog’idan ko’chirib olish mumkin.
Shuningdek, dasturni sotib olish ham mumkin.
6.
Dasturni funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat: «Edraw
Max» — bu dasturiy ta’minot Edraw funksiyalari va bibliotekasini o’zida
mujassamlashtirgan
bo’lib, u talabalar, o’qituvchilar hamda xususiy
strukturadadagilar uchun barcha turdagi diagrammalarni yaratish, vizuallashtirish
va namoyish qilish uchun o’zining g’oyalarini ifodalashga mo’lajallangan.