• Virus nima
  • 3. Mavzu. Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari




    Download 287.02 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana28.08.2023
    Hajmi287.02 Kb.
    #79747
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-mavzu
    2-Amaliy va tajriba mashg’ulot. Mavzu Internet xizmatlari bilan ishlash. I, 4-mavzu, 7-mavzu, 6-mavzu, KANADANING SUGURTA BOZORI VA UNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI, Matematik raqamlarni yozma shakli uchun ko‘rgazma tayyorlash-fayllar.org, 3-Topshiriq (1)


    - 32 - 
    3.Mavzu.Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari.
    Bu nima va unga qarshi qanday kurashish kerak? Bu mavzuga o’nlab kitoblar va 
    yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional 
    mutaxassislar ko’plab kompaniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu o’ta qiyin va 
    muhimki ko’p e`tiborni talab qilmoqda. Kompyuter virusi ma`lumotni yo’qotish 
    sabablaridan biri va asosiysi bo’lib qolmoqda. Viruslar ko’plab tashkilot va 
    kompaniyalarni ishlarini buzishga olib kelganligi ma`lum. Shunday ma`lumotlar 
    mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan birida bemorga kompyuter qo’ygan tashxis 
    bo’yicha iste`mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan o’tgan. Bu kompyuter 
    virusining ishi bo’lgan. 
    E`tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson 
    kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o’zgarishi, vazni o’zgarishi, xolsizlanish va 
    og’riqning paydo bo’lishi ko’zda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan 
    kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, 
    fayllarni hajmi o’zgaradi, g’ayritabiiy va ba`zi bir noma`lum xatoliklar, ma`lumotlar va 
    sistema fayllari yo’qotilishi. Ba`zi viruslar zararsiz ko’payadi, lekin qo’rqinchli emas. 
    Bu viruslar ekranga xato ma`lumot chiqaradi. Ammo, bir turdagi viruslar hujum 
    qiluvchi, ya`ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. Masalan, viruslar qattik 
    diskdagi ma`lumotlarni o’chirib tashlaydi.
    Virus nima? 
    Virus(Virus) inglizcha ―yuqumli boshlanish‖, ―yomon boshlanish – buzuvchi 
    boshlanish‖, ―yuqumli kasal‖ degan ma`nolarni anglatadi. 
    Mashxur «doktor» lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga o’xshatadi. Tartibli 
    kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bo’lgan ishlarni 
    - qog’ozlar qatlamini ko’radi. U bir varog’ni ko’paytirib bir nusxasini o’ziga 
    ikkinchisini keyingi qo’shni stolga qo’yadi. Keyingi stoldagi kotiba ham kamida ikki 
    nusxada ko’paytirib, yana bir kotibaga o’tkazadi. Natijada kontoradagi birinchi nusxa 
    bir necha nusxalarga aylanadi. Ba`zi nusxalar yana ko’payib boshqa stollarga ham 
    o’tishi mumkin. 
    Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, Faqat qog’ozlar o’rnida endi dasturlar, 
    kotiba bu - kompyuter. Birinchi buyruq «ko’chirish-nusxa olish» bo’lsa, kompyuter 
    buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o’tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan 
    dasturni ishga tushirsa virus boshqa dasturlarga tarqalib borib butun kompyuterni 
    egallashi mumkin. 
    Agar bir dona virusning ko’payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu 
    1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog’i kompyuter xotirasidagi bo’sh joylarni 
    band qilishi mumkin. 


    - 33 - 
    Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bo’lgan. Global tarmoq orqali 
    uzatilayotgan ma`lumot orqali virus bir kompyuterdan boshqasiga o’tib yurgan. Bu 
    virus Morris virusi deb atalgan. 
    Ma`lumotlarni virus qanday yo’q qilishi mumkin degan savolga shunday javob berish 
    mumkin: 
    Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko’payib o’tib oladi; 
    Kalendar bo’yicha 13-sana juma kunga to’g’ri kelsa hamma xujjatlarni yo’q qiladi. 
    Buni hammaga ma`lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi) virusi juda 
    «yaxshi» amalga oshiradi. 
    Ko’p xollarda bilib bo’lmaydi, virus qayerdan paydo bo’ldi. 
    Virusni aniqlanishi shundaki, u kompyuter sistemasida joylashib va ko’payib borishiga 
    bog’lik. Misol uchun, nazariy jihatdan operatsion sistemada virus davolab bo’lmaydi. 
    Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o’zgartirish ta`qiqlangan sistema misol bo’lishi 
    mumkin. 
    Virus hosil bo’lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma`lum bir sharoitda 
    shakllanishi kerak. Kompyuter virusining xossalaridan biri o’z nusxalarini kompyuter 
    tarmoqlari orqali bajariluvchi obyektlarga ko’chiradi. Bu nusxalar ham o’z-o’zidan 
    ko’payish imkoniyatiga ega. 

    Download 287.02 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 287.02 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3. Mavzu. Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari

    Download 287.02 Kb.
    Pdf ko'rish