• Kompyuter virusi
  • Masalan
  • Kompyuter virusi




    Download 20.85 Kb.
    bet1/9
    Sana16.10.2022
    Hajmi20.85 Kb.
    #27330
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Windows tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirla-hozir.org
    Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov), NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 2 kurslarga, Fransuz tili 10-sinf testlari-2, O`simliklardan polimer olish, Axbarot almashinuvini tashkil qilish., Mir Alisher Navoiy

    Windows tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirlash. Microsoft Word dasturi

    Kompyuter xavfsizligini ta’minlash.
    Kompyuter viruslari va ulardan himoyalash.

    KOMPYUTER VIRUSI

    Kompyuter virusi – bu o’lchami jihatidan katta bo’lmagan va maxsus yozilgan dastur (ya’ni bajariluvchi kodning ma’lum bir ketma-ketligi) bo’lib, o’zini boshqa dasturlarga «yozib» qo’yishi (ularni «kasallantiradi»), nusxalarini yaratishi va ularni fayllarga, kompyuterning tizim sohalariga tadbiq qilishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuterda nazarda tutilmagan turli amallarni bajarishi mumkin.

    Ichida virus bo’lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avval virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va ularni «zararlaydi» hamda qandaydir zararli amallarni (masalan, fayllarni yoki diskda fayllarning joylashish tartibini buzadi, tezkor xotirani «ifloslantiradi» va h.k) bajaradi.

    Kompyuter virusi - internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yo'q qilib, ishlamay qolishiga sabab bo'ladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki ma’lumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida so’z boradi. Virus ham tuzilishiga ko’ra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil ma’lumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris (kichik) tomonidan Internet tarmog’iga joylashtirilgan. Bu virus o’z faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta ko’lamli zarar keltirdi. Robert Moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.


    Download 20.85 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 20.85 Kb.