massivi;
2.
Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq
muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir
tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami.
Axborotning ikkala turi ham o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega.
Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson,
shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O’zbekiston sharoitida, aniqrog’i uning
axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu
jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli
ko’rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan
marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar
oddiga qo’yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko’ra to’planadigan, har doim
eng yangi va ishonchli bo’lgan birlamchi marketing axborotlariga ko’proq
tayanishga to’g’ri keladi.
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda
kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi
tarmoqlar kanallari mavjud.
Internet - 45 mingdan ko’proq kichik lokal
tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U butun er kurrasi
bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi. Hozirgi
vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq kishilar
foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari,
tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.
Tijorat kanallari - ta'sischi
kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida ishlaydigan axborot va marketing
xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va
boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar,
o’yinlar, forumlar), elektron pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.