3-Mavzu:Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga
oshirish.Hisobli eksperiment.
Reja:
1.Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish.
Hisobli eksperiment.
2.Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD dasturlari misolida statik va dinamik
modellarni amalga oshirish.Tizim tarkibida dasturlash.
Tayanch so'zlar va iboralar:
CAE, EDA, ECAD, ALT, Kompak,Catia,
Solid Works, AutoDesk Inventor, Matlab, MathCad.Tarmoq,telekonferensiya,
web-texnologiya,web-sayt, e-mail, dinamik sayt, Joomla, 1C-Bitrix, Drupal, Java,
JavaScript, hosting, domen, shina, kabel.
1.Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga
oshirish. Hisobli eksperiment.
Ilmiy texnika taraqqiyoti hisoblash texnikasini keng qo’llanishi asosida
jarayonlar va tizimlarni avtomatik hamda avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlaridan foydalanib, mamlakatimiz halq xo’jaligiga fan texnikaning eng yangi
yutuqlarini keng-ko’lamda qo’llab borishni taqazo etadi.
Xalq xo’jaligini muvaffaqiyatli boshqarish uchun
ularning alohida sifat
ko’rsatkichlarini hisobga olish etarli emas. Murakkab tizimlarni va jarayonlarni
to’la tahlil qilish uchun texnik kibernetikaning usullarini keng qo’llash zarur
bo’ladi. Ishlab chiqarishda tobora keng yoyilib borayotgan texnik–kibernetika
tadbiqiy fan bo’lib, bu fan nazariy kibernetika ishlab chiqqan vositalar bo’yicha
murakkab jarayonlar
va tizimlarni EHM yordamida, kompyuterlar yordamida
boshqarish usullarini o’rganadi.
Hozirgi davrda modellashtirishning regression,korrelyatsion, o’xshash,
taqlidiy, argumentlarni guruhlab hisobga olish usullari keng tarqalgan.
Matematik modellar ob’yektni nazariy va amaliy
tahlil qilish natijasida
yaratiladi.Tajribalarni matematik rejalashtirish usullari qaralayotgan jarayon yoki
tizimning matematik modelini chiquvchi ko’rsatkichga ta’sir etuvchi faktorlarning
o’zgarish miqyosida optimal usulda qurish imkonini beradi.Jarayon va tizimlar
asosan murakkab operatsiyalarni bajarishni talab etadigan
kategoriyani tashkil
etadi.Bunday ob’yektlar odatda ko’p sonli o’zaro bog’langan faktorlar, nazorat
qilish mumkin bo’lgan ta’sirlar, ba’zi faktorlarni o’lchash
xatoliklari va vaqt
mobaynida tasodifiy o’zgarishlar bilan baholanadi.
Shuning uchun jarayon va tizimlarni ilmiy tadqiqot qilish quyidagi
maqsadlarni ko’zlaydi:
1) jarayon yoki tizimning mohiyati va qonuniyatlarini ochish;
2) ob’yektning optimal ishlashi yo’lini aniqlash;
3) ob’yektning statik va dinamik xususiyatlarini aniqlash va shunga o’xshashlar.
Tadqiqot natijalari jadval, grafik va tenglamalar ko’rinishlarida bo’lishi
mumkin.Hozirgi
davrda
jarayonlar
va
tizimlarni
keng
miqyosda
avtomatlashtirilayotganligi tufayli ularning matematik yozuvlarini ishlab chiqishga
katta ahamiyat berilmoqda.Jarayon yoki ob’yektning
matematik yozuvi- bu
kiruvchi va chiquvchi faktorlar orasida bog’lanishni o’rganuvchi matematik
modeldir, ya’ni
(5.1.)
{
Yi = f{Xi}
Yi = {y1. y2, … yn}, Xi = {X1, X2, … Xn}
bunda Y-jarayon va tizimning chiquvchi ko’rsatkichlari.Ko’pincha bu
ko’rsatkichlarni optimallashtirish mezoni (kriteriyasi), maqsad funktsiya, «qora
yashik»ning chiqish ko’rsatkichlari yoki dinamik tizimning reaksiyasi deb ataladi;
X-kiruvchi ko’rsatkichlar (faktorlar) to’plami.Kiruvchi faktorlar argumentlar
kirish ko’rsatkichlari, «qora yashik» ning kirish ko’rsatkichlari yoki ob’yektga
tashqi ta’sir
etuvchilar deb ham ataladi; f{}- simvol jarayon tizimning
matematik modelidir.