Agarda kompyuter internet tarmog’iga ulangan bo’lsa,Matlab tizimi varag’iga
chiqish mumkin.
Amaliy dasturlar paketi
Matlab tizimida amaliy dasturlar paketi mavjud:
•
Notebook
•
Symbolic Mathematics Toolbox
•
Control Systems Toolbox
•
Signal Processing Toolbox
Matlab tizimining dastur ta’minoti tarkibiga “tirik” kitob (MS Word
tahrirlovchisi muhitidan) yaratish uchun yangi vosita qo’shilgan. Amaliy dasturlar
paketi Notebook shunday vositadir.Amaliy dasturlar paketi Notebook muhitida
yaratilgan hujjat M-kitob deb ataladi.M-kitobda matnlar, Matlab tizimi buyruqlari
va ularning bajarilish natijalari joylashgan. M-kitobni
yaratish yoki tahrirlashda
Word tahrirlovchisi M-book maxsus shablonidan foydalanadi. Bu shablon Word
tahrirlovchisi hujjatidan Matlab tizimiga kirish va uni formatlashni boshqarish
imkonini beradi.Amaliy dasturlar paketi Notebook
bilan ishlash uchun Word
tahrirlovchisini yuklash kerak va yangi M-kitob ochish yoki mavjud M-kitobni
tahrirlash kerak.Word tahrirlovchisi hujjatini M-kitobga aylantirish mumkin. M-
kitobga matn kiritish Word tahrirlovchisida matn kiritishdan farq qilmaydi. Matlab
tizimi buyruqlari va operatorlarini yozish uchun maxsus kataklardan foydalaniladi.
Bu buyruq va operatorlarni matn ichida ham joylashtirish mumkin. M-kitob bilan
ishlashda amaliy dasturlar paketi Notebookning quyidagi buyruqlaridan
foydalanish mumkin:
•
Define Input Cell (kiritish yacheykasini yaratish)
•
Define AutoInit Cell (avtostart yacheykasini yaratish)
•
Define Calc Zone (hisoblash zonasini yaratish)
•
Undefine Cells (yacheykani matnga akslantirish)
•
Purge Output Cells (chiqarish yacheykasini o’chirish)
•
Group Cells (ko’p satrli kiritish yacheykasini yaratish)
•
Ungroup Cells (yacheykalar guruhini kiritish yacheykasiga akslantirish)
•
Hide/Show Cell Markers (yacheyka markerlarini yashirish/ko’rsatish)
•
Toggle Graph Output for Cell (grafika chiqarishni ta’qiqlash/ruxsat berish)
•
Evaluate Cell (yacheykani hisoblash)
•
Evaluate Calc Zone (zonani hisoblash)
•
Evaluate M-book (M-kitobni hisoblash)
•
Evaluate Loop (kiritish yacheykasini takrorlashda hisoblash)
•
Bring MATLAB to Front (Matlab buyruqlar darchasini 1-bo’lib ko’rinadigan
holga keltirish)
•
Notebook Options (M-kitobdagi hisoblash natijalarini
terminalga chiqarishni
boshqarish)
Matlabni yuklash uchun PC yoki Mac da Matlab belgisi ustida sichqoncha
ko’rsatkichini ikki marta bosish kerak. Uni Unix tizimida yuklash uchun amaliyot
tizim satrida Matlab buyrug’ini berish kerak. Matlabdan chiqish uchun Matlab
satrida quit buyrug’ini berish kerak.