• Matlab tizimi operatorlari
  • 3-Mavzu: Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment. Reja




    Download 284,38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana11.10.2024
    Hajmi284,38 Kb.
    #274455
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Boshqariluvhi grafika 
    Matlab sirtlar, chiziqlar va boshqa grafik ob’ektlarni o’zlashtirish va yaratish 
    imkonini beruvchi past darajadagi funktsiyalar majmuasini taqdim qiladi. Bu tizim 
    boshqariluvchi grafika (Handle Graphics) deyiladi. Grafik ob’ektlar - bu 
    Matlabdagi boshqariluvchi grafika tizimining bazis elementlaridir. Ular ierarxik 
    daraxt tuzilishli ko’rinishda bo’ladi. U orqali grafik ob’ektlar bog’lanishini ko’rish 
    mumkin. Boshqariluvchi grafika ob’ektlarining 10 ta ko’rinishi mavjud: 
    *
    Root 
    *
    Figure 
    *
    Uicontrol 
    *
    Axes 
    *
    Uimenu 
    *
    Image 
    *
    Line 
    *
    Surface 
    *
    Text 
    *
    Light 
    Har bir grafik ob’ekt o’zining handle(manipulyator) deb ataluvchi 
    identifikatoriga ega. Bu identifikatorni Matlab ob’ekt yaratilganda qo’shib qo’yadi. 
    Ayrim grafiklar, masalan, bir nechta egri chiziqlar grafiklari, har biri o’z 
    identifikatoriga ega bo’lgan ob’ektlardan tashkil topadi. Barcha ob’ektlar 
    xossalarga ega. Bu xossalar uni ekranga qanday chiqishini aniqlab beradi. 
    Matlab tizimi operatorlari 
    Matlab tizimining operatorlari uchta kategoriyaga bo’linadi: 

    arifmetik operatorlar - hisoblashlarni bajaradi va arifmetik ifodalarni 
    tuzish imkonini beradi. 

    munosabat operatorlari - sonli operandlarni solishtirish imkonini beradi. 

    mantiqiy operatorlar - mantiqiy ifodalarni tuzish imkonini beradi. 
    Arifmetik operatorlarning bajarilish tartibi:
    (.’) (.^) (‘) (^) 
    (+) (-) 
    (.*) (./) (.\) (*) (/) (\) 
    (+) (-) 
    (:) 


    Matlab tizimining arifmetik operatorlari bir xil o’lchovli massivlar bilan 
    ishlaydi. Vektorlar va to’g’ri to’rtburchakli massivlar uchun ikkala operand ham 
    bir xil o’lchovga ega bo’lishi kerak (skalyarlar bundan mustasno).
    Munosabat operatorlari: <><= >= == ~=
     
    Munosabat operatorlari teng o’lchovli ikkita massivni elementlari bo’yicha 
    solishtirishni bajaradi. Vektorlar va to’g’ri to’rtburchakli massivlar uchun ikkala 
    operand ham bir xil o’lchovga ega bo’lishi kerak (skalyarlar bundan mustasno). 
    Mantiqiy operatorlar: & | ~ 
    Mantiqiy operatorlar teng o’lchovli massivlarni elementlari bo’yicha 
    solishtirishni amalga oshiradi. Vektorlar va to’g’ri to’rtburchakli massivlar uchun 
    ikkala operand ham bir xil o’lchovga ega bo’lishi kerak (skalyarlar bundan 
    mustasno). 

    Download 284,38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 284,38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment. Reja

    Download 284,38 Kb.
    Pdf ko'rish